Quyoşim enam

(asardan parça)

Myehrning qudrati

Otam maʼrifatli inson edi. U qişloğimizdagi maktabda direktor bölib işlagan paytlari har bayramda adabiy-badiiy keçalar uyuştirilardi. Hatto maktabda otamning taşabbusi bilan qurilgan klubda öqituvçi, öquvçilar özlari rol ijro etişib, Hamza, Komil Yaşin, Uyğun asarlaridan, otamning talabi bilan, spektakllar sahnalaştirişgan.

Otam farzandlari içida Neʼmatilla akamni özgaça yaxşi körişining oğriqli sababi bor edi. Enamning aytişiça, otamning eng suyimli, tuğişgan ukasi Xolboy amakim öttiz beş yoşida oğir xastalikdan vafot etadi. Amakimning janozasi kuni esa Neʼmatilla akam tuğilgan. Otam keçki payt janozadan qaytib:

— Kuygan juragimga kulça bölding, bolam, — deb yiğlagan ekan.

Maktab öqituvçilari otamning nozik joyini juda yaxşi bilişgan. Şundanmi, maktabda bayram tadbiri ötadigan bölsa, öqituvçilar uyimizga kelib Neʼmatilla akamni olib ketişarkan. Endigina beş yoşga tölgan akam sahnada “Oşpaz qöşiği”ni ijro etarkan.

Oşpazlik kasbi korim,

Mehnatim iftixorim.

Kuymasin deb tagini, tagini,

Pasaytirdim olovni.

Tezroq pişib çiqsin deb,

çiqsin deb,

Damlab qöydim polovni…

Qöşiqni tamomlab, taʼzim qilganda, yiğilganlar uni qiyqirib olqişlaşganini eşitganman. Şundan söng öqituvçilar akamni yana uyga olib kelib qö­yişgan.

Keyinçalik ham otam iş, majlislardan dilgir bölib kelsa, Neʼmatilla akamdan boş­­qa heç kim uning yoniga yölolmasdi. Akam soçlari jingalak, qöy közli, maktabda aʼloga öqirdi. U asabiy, vajohatla uyga kelgan otamga qanday muomalada bölişni bilardi.

— Ota, sizdi yaxşi köraman-da, — derdi u.

Otam esa kap-katta akamni bağriga bosardi.

— Ulimdan, menam silardi yaxşi köraman, — derdi.

— Bugun matematikadan beş oldim. Obbosova meni juda maqtadi. Otangning ulisan-da, dedi.

Otam harçand kayfiyatsiz ötirgan bölsa-da, bu eʼtirofdan yayrab ketardi.

— Ha, ulimdan, ono şunday poqot beşga öqi. Mening bolam bösangnar, şu qişloqlardan jorib çiqingnar, — derdi otam…

Sovuq qiş kunlarining birida Neʼmatilla akam qattiq şamollab qoldi. Otam darhol yangi suyilgan qöyning dumbasi bilan qizil şolğom qaynatişni buyurdi. Enam pişgan taomni suzib kelib, majburlab akamga içirdi. Söng qoraboğlik Pirmat döxtir çaqirtirildi. Bir közi aqiy (ğilay) bu döxtir oilamizning qadr­doni edi. Kulganda ana şu közi qörqinç­­li bölib ketsa ham biz bolalar uni hurmat qilardik. U kişi akamni tekşirib dori-darmon yozib berdi. Otam Erkin akamga otni tayyorlaşni buyurdi. Köp ötmay qizil kaştali “digdika” (otam otini şunday deb atardi) lari egarlandi. Otam otga bir sakraşda mindi-da, hovlidanoq qamçi bosdi.

Köp ötmay otam bir xalta dori-darmon kötarib kirib keldi. Pirmat döxtir yana kelib akamga ukol qildi. Ammo akamning isitmasi hadeganda tuşa qolmadi. Şundanmi, otam uyda akamga qarab turiş uçun nav­batçilik tayin­lab qöydilar. Katta aka-opa­larim uzoq şaharlarda öqiyotganligi uçun Gulsora opam bilan men navbati bilan qarardik. Bir kuni mening navbatim edi. Keçki payt, hamma uxlaganda Neʼmatilla akam astagina:

— Guli, şör anor yegim kel­yapti, — dedi.

Akamning tovuşi xastaligidan böğiq bazör eşitilardi. U meni bezovta qilayotganidan xijolat böldimi, közlari andak namlanganini sezdim. Puşkinning ertaklarini öqiyotgan edim, kitobni asta yopdim. Uyda anor qolmaganini bilardim. Hasan toğamning esa hovlisida katta anorzor bor. Ortganini ğamlab qöyişadi.

— Aka, fonusni olsam maylimi? Qörqmaysizmi? — deb söradim.

— Qörqmayman, olaver, — dedi akam mening nima qilmoqçiligimga tuşunmay.

Yelkamga enamning qizil şol römolini taşladim, fonusni qölimga olib hovliga çiqdim. Yarimta oy osmonda xira nur soçar edi. Atrofga nazar taşlab közimni örgatib oldim. Vahimali tuyulgan narsalar — daraxtlar, oşxona oldida qorayib turgan narsa — sökiçak ekanini, uning ustidagi ulkan savat, savatning ustida göştni yovvoyi muşukdan himoyalaş uçun qöyilgan katta bolta, sim dorda osilib turgan — opam yuvgan ki­yimlar, anavi uzala tuşib yotgan narsa esa dov-daraxt soyasi, qorayib turgan tandir-öçoq, ustunga osilib turganni tuzliq, isiriq xalta, har zamonda eşitilayotgan pişqirgan tovuş otamning oti ekanligini yaxşilab bilib, ang­lab oldim.

— Qörqmayman, hammasini kunduz kuni körganman, — dedim öz-özimga şivirlab.

Söng oşxona oldidagi balandligi yarim metr keladigan devorning ustiga çiqib narigi tarafga — Hasan toğamning boğiga sakrab tuşdim. Qölimdagi fonus likillar, uning yoruği uzoqni yoritolmas edi. Kuzakning izğirini etlarimni çimçilar edi. Men özimni ovutiş, qörquvni bosiş uçun xirgoyi qilmoqçi böldim. Ammo epini qilolmadim. Qoronğida toğamning boğidagi teraklar, mevali daraxtlar, yönğiçqazorlar, kuzda ağdarib taşlangan poliz örni, çap tomonimdagi molxona, otxonalarning tuynuklari qörqinçli körinar, şundanmi, heç qayoqqa qaramay tez-tez yurib borardim.

Baribir qörquv meni ortga qaytarolmasdi. Akamga anor olib kelişim kerak edi. “Qörqqanga qöşa körinadi”, deyişgani rost. Xuddi ortimdan bir nima quvib kelayotganday, şol römolimni mahkam uşlab, bir borib, bir kelayotgan fonusni likillatgança toğamning hovlisi tomon intilardim.

Yo tavba, kunduz kunlari bu boğdan ermakka neça borib, neça qaytamiz. Pastqam devorlar ustida sakrab öynaymiz. Akalarim, toğalarim neça marta bu yönğiçqazordan, polizdan ilon tutib olganiga, uni bel yoki panşaxa bilan öldirganiga, kamiga olovga taşlab kuydirganlariga guvoh bölganman. Momom ilonni öldirsanglar olovda kuydiring­lar, bölmasa avlodlari qidirib keladi, degan gaplarini heç bir qörquvsiz eşitganman. Begali toğamning oyoğiga ilon çirmaşganini, jasur, qörqmas toğam ilonning boşini şartta uşlab oyoğidan ajratib olganini, özini ziriqtirib otganini körganman. Hozir, aynan bitta özim bu boğdan ötayotganimda ana şu körganlarim battar etimni junjiktirar, qörquv bosib kelardi.

Xayolimda toğamning taşqariga fonus ilingan hovlisiga yetişim qiyindek, manzil judayam uzoqdek edi. Nihoyat, xilvat boğ ortda qoldi. Boğ bilan toğamning hovlisi oraliğiga örnatilgan omonatgina dariçani bor kuçim bilan oçdim-da hovliga otilib kirdim. Momom uxlaydigan xona derazasidan lampa çiroqning yoruği pirpirab turardi. Töğri şu tomonga yurdim.

— Momo, momo menman, — tit­rabgina tovuş berdim momomga va eşikni oçdim.

Közlari uyquga ilingan momom talmovsiradi. Va tez örnidan turdi. Momom uxlaydigan xonada toğamning qizlari Xosiyat, Gulnora xolam qotib uxlab yotardi.

— Hay Gulimisan? Bolam yarim keçasi nima qip jöribsan? — qotmadan kelgan momom otilib örnidan turdi-da, meni bağriga qattiq bosdi.

— Akam anor jeyman, deyapti. Bugun men qarab turuvdim, — dedim titrab va yiğlab yubordim.

— Voy, otangga aytsang bömaydimi, bitta özing qoronğida jurmay, — dedi momom xavotirli tovuş bilan. — Onor silardan aylansin, hozir bolam.

Men xira çiroq yoruğida momomning xatti-harakatini kuzatib turdim. Böyçan, qotma, kök satin köylagining yenglari hilvillagan momom örtaga gardi römol yozdi. Tokçadagi katta tovoqqa solib qöyilgan anorlardan tanlab-tanlab oldi. Anorlarni römolga tugib, egniga yöl-yöl qizil kandir peşmatini kiydi, qora şol römolini yopinib, jelagini boşiga taşladi.

— Jör, bolam, men sen bilan boraman. Bitta özing qörqasan, — yelkalarimni siypalab qöydi momom.

Menga jon kirdi. Momomning qöllaridan mahkam uşlab oldim. Yana öşa xilvat boğdan ötdik. Ammo bu safar qörqmadim. Çunki momom yonimda meni alqab kelardi:

— Aka-ukalar, opa-singillar bir-biriga mehribon bölişi kerak. Sening mehribonligingni qara. Boşqa jomon singil bölganda akasiga anor qidirib, yarim keçasi bu boğdan ötmayidi, — dedi momom.

Uyga kirganimizda hamma uxlab qolgan, birgina Neʼmatilla akam uxlamay bizni kutib yotgan ekan. Fonusni deraza tokçasiga qöydim. Momom atrofga alanglab darrov piçoqni topib anorni kesdi. Donalarini piyo­laga sitdi. Men akamning oğziga qip-qizil anor donalaridan ehtiyotlab sola boşladim. Akam mazza qilib bitta anorni yedi. Keyin menga qarab şunday çiroyli kulib qöydiki, közlari nurlanib ketdi. Men akamning körpasini töğrilab qöyib, peçga yana ötin solib qöydim. Köp ötmay akam uxlab qoldi. Şundan söng­gina özimga solingan öringa momom bilan çözildik.

Ertasi Neʼmat akam keçagidan köra ança durust bölib uyğondi. Çoy içayotganimizda momom keçasi bölgan anor voqeasini otamga aytib berdi. Otam, hamma narsadan ham xursand bölavermaydigan otam yaşnab ketdi. Mening soçlarimni silab alqadi.

— Ha, enamdan, — dedi otam. — Bugun rayonga tuşaman. Aytgan ertak kitoblaringdi apkelaman.

Bu voqeadan keyin juda köp yillar ötgan bölsa-da, hali ham anor yeb, mazza qilgan akamning közidagi çöğlanişni unuta olmayman. Endi öylasam akaginam­ni öşa anordan taşqari, bizning mehrimiz ham davolagan bölsa kerak. Akamning közlarida yaltillagan çöğlaniş esa har xotirlaganimda hayajonga soladi. Yuragimga ğalayon olib kiradi.

Bu ğalayon akaginamning biz jigarlariga beqiyos mehri-muhabbati, eʼtibori bilan, qolaversa, taqdiri, umr çiziği Xolboy amakimnikiga öxşab yakun topgani bilan boğliq, deb öylayman. Neʼmatilla akam Moskvadagi Avtomobil yöllari institutini imtiyozli diplom bilan tamomlab, töğri Samarqandga işga yöllanma olgan. Viloyat avtomobil yöllari boşqarmasida ön bir yil işlagan akam:

— Ota-onam keksayib qoldi. Endi Qamaşiga qaytaman. Ularga xizmat qilişim kerak, — deb Qamaşidan uy-joy qildi.

Viloyatda yaxşi lavozimda işlay boşladi. Ota-onam bağri tölganidan xursand edi. Ammo kunlardan bir kuni akamni öz sinfdoş döstlari mehmonga çaqirişib, orqasidan piçoq sançib öldirişadi. Nima sababdan ekanligi bizga haligaça qoronği bölib qoldi.

Menga akamni oxirgi marta köriş nasib etmadi. Faqat ölimidan bir kun oldin uyimga qönğiroq qilib:

— Gulijon, bayramda bolalaring bilan albatta kelinglar. Poyezddan tuşişingga egning­­ga zar köylak kiydiraman, singiljonim. Sizlarni soğindim, — degan gapi quloğimda bir umr sirğa bölib qoldi.

Fojiadan xabar topgaç Qamaşiga uçdim. Akamni sönggi makoniga olib ketişgan ekan. Menga akajonimdan ana şu mehrli gap meros bölib qoldi…

 

Guljahon Mardonova

Guljahon Mardonova — 1961 yil Qamaşi tumanidagi Badaxşon qişloğida tuğilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi,

pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori.

Uning “Nur töla uy”, “Alla aytay, jonim bolam”, “Xuşröylik sirlari”, “Ori qöşiq bölgan yurt”, “Farzandingizga öyinlar”, “Oilada bolalarni alla vositasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalaş”, “Istiqloldan yaşnayotgan yurt”, “Onam aytgan allalar”, “Özbek xalq qöşiqlari” kabi qator kitoblari naşr etilgan.

Quyida muallifning “Quyoşim enam” asaridan parça eʼlon qilindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan