Men anglagan haqiqatlar

Hayot — darsxona, unda barçamiz öquvçilarmiz. Inson bosib ötgan hayot yölini tahlil qilib, yaxşi-yomon kunlarini taroziga solişga, ortiga ögirilib, bilib-bilmay qilgan işlarini sarhisob etib turişi kerak.
Bu kiçik hikoyalar ana şunday hayot saboqlaridan çiqarilgan xulosalardir.

Yaxşilikning halovati

Işdan çiqib, metroga tuşayotganimda sobiq hamkasbimni uçratib qoldim. U mendan işxonadagi özgarişlar, kimlar işlayotgani, kimlar qayerga ketgani haqida sörab qoldi.
— Yaxşi işlab yurgandingiz, bekor ketib qoldingiz-da, — dedim.
— Öşa paytdagi vaziyatni kördingiz-ku, men şoirtabiat odamman. Faktlar, raqamlarga eʼtiborsizroqman. Haydab yuborişgandan köra, özim ketaqolay dedim-da. Bilasiz, ne-ne qobiliyatli bolalarni böşatişdi. Hozirgi işim tinç, mazza qilib yuribman.
Uning gap-sözlaridan sohadan ketib qolganidan puşaymonlikni sezib qoldim.
— Ariza yozmasligingiz kerak edi. Qölingizdan yoziş kelardi. Hozir rahbariyatimizda ijobiy özgarişlar bölgan. Xöp, desangiz, men sizni rahbarga aytaman. Qaytib kelasiz.
Hamkasbimning közlarida nur porladi.
— Qanday bölarkin?.. Oradan yillar ötib ketdi. Eplay olarmikinman?
U endi özini ustoz oldidagi uquvsiz şogirdday tutardi.
Oradan kunlar ötdi. Iş bilan bölib, vaʼdam xayolimda turgan bölsa-da, hafsala qilmadim.
Bir kuni köp yillar oldin birga işlagan döstim telefon qilib qoldi.
— Yangi naşr taşkil qilayapmiz. Qölidan iş keladigan kadrlar kerak. Tanişlardan bölsa, ayting.
— Xöp, bir öylab köray-çi? — dedim-u darrov sobiq hamkasbim esimga tuşdi. Aksiga olib, işxonada heç kim uning telefonini bilmas ekan. Undan-bundan suriştirib, axiri topdim.
— Ö, zör-ku! Olişarmikin? — U suyunganini yaşirolmadi.
— Ularning şaroiti biznikidan köra ham yaxşiroq, — dalda berdim. — Nasib bölsa, olişadi.
Mening tavsiyam bilan u yangi joyda iş boşladi. Biron oylardan söng biroz xavotir bilan döstimga telefon qilib, “kadr”ni söradim.
— E, e, gap yöq. Eng yaxşi xodimlarimizdan biri. Sizga rahmat!
Şunda könglimda bir özgaça halovat, xursandçilik sezdim. Bu tuyğu şunday orombaxş ediki, osmonlarga uçgim kelardi.

Professorning rahmati

Institutni bitirib, özim öqigan maktabda öqituvçi bölib iş boşlaganman. Yoş, qattiqqöl edim. Kimki, fanimni bilmasa, jurnalga “2”ni bosardim. Kimning qöli notoza, tirnoqlari olinmagan bölsa, dazmollangan daströmoli bölmasa, jazolardim. Darsimda paşşa uçsa bilinardi.
Bir kuni maktabdan çiqayotganimda 9-sinfda öqiydigan olifta kiyingan, mahmadona bir ösmir yölimni tösdi.
— Domla, dadam sizni menga bir uçraşsin, dedilar.
— E, Erkinboy, dadang kim? Nima işi bor ekan menda?
— Dadam sovxozda ğalla omborining mudiri. Akam boş buxgalter. Siz menga jurnalga nuqul “2” baho qöyayapsiz. Boşqa domlalar qalam bilan belgilab, keyin çoraklikda töğrilab qöyardi.
— Dadangga ayt, menda işi bölsa, özi kelsin?
— Bu “ikki”larni qöyaversangiz, nima böladi, domla?
— Nima bölardi, sinfda qolasan. Keyingi yilda ukalaring bilan öqiysan.
— Dadamning puli köp. Maktab direktorimiz biznikida tez-tez çoy içib turadi. Kuçingiz yetadimi?
Yoş bolaning bu gaplari jahlimni çiqardi.
— Qani köramiz, kim kuçli ekan. Bu gaplarimni dadangga borib ayt.
— Şundan söng Erkinni alohida nazoratga olib, har kuni undan uyga vazifani söray boşladim.
Bir kuni “Ötgan darsni kim öqib keldi?” deya sörasam, qörqa-pisa Erkin qöl kötardi.
— Qani, doskaga çiq-çi? — dedim iç-içimdan suyunib. U tutilib-tutilib, qaltiray-qaltiray darslikdagi matnni yoddan aytib berdi.
— Yaxşi. Mana, öqisa bölarkan-ku? — dedim.
Erkin şundan keyin har kuni mening darsimni öqib keladigan, qöl kötaradigan böldi.
Taqdir taqozosi bilan jurnalistika sohasiga ötib, tuman, viloyat naşrlarida, matbuot va axborot boşqarmasida işladim. Yoşim ellikdan oşganda poytaxtga işga keldim.
Toşkentdagi nahorgi oşlardan birida soçlariga oq oralagan, sip-silliq kiyingan, böyinboğli bir örta yoşli odam issiq körişdi.
— Meni tanimadingiz-a, domla? — dedi qölimni qöyib yubormay.
Közlari, çehrasi tanişday, ammo eslolmadim.
— Men Erkinman, sizning beboş, mahmadona öquvçingiz. Siz bizga bir yil dars bergansiz.
Esladim.
— E-e, Erkinboy, bunday körkam, savlatli odam bölib ketibsiz. Uzr.
Quçoqlaşib körişdik.
— Institutni bitirib, Toşkentda qoldim. Hozir kafedra mudiri, professorman. Domla, bu yutuqlarga siz tufayli erişdim. Bizning maktabimizga öqituvçi bölib bormaganingizda, qatorlaştirib “ikki” baholarni qöymaganingizda, qattiq urişib, tanbeh bermaganingizda, bilmadim, bugun qayerlarda bölardim. Meni kitob öqişga örgatganingiz, ilm-fanga qiziqtirganingiz uçun sizga mingdan-ming rahmat, domla. Talabalarimga siz haqingizda köp gapiraman. Işonsangiz, öşanda sizning darslaringizni, bergan uy vazifalaringizni tuni bilan uxlamay yodlab çiqardim…
Uning gaplaridan könglim toğdek ösdi. Demak, qişloqda işlagan yillarim ham izsiz ketmagan ekan.

Qörqaman…

Bir döstim şunday hikoya qiladi:
— Yoş, olov edik. Kiçik bir korxonaga rahbar böldim. Qadamimdan öt çaqnar, sözim keskir edi. Butun idora mening kayfiyatim bilan hisoblaşar, hayot gözal, turmuş farovon edi.
Qöl ostimda işlaydigan “ojiza”lardan biriga könglim sust ketdi. Yangi yil munosabati bilan uyuştirilgan bayram bazmidan söng, qizni xilvatga tortib, qölidan uşladim, uçraşib turişga rozilik söradim. U qölini tortib olmadi.
— Siz çiroyli yigitsiz, istiqbolingiz bor, ammo oilalisiz. Şuning uçun qörqaman… — dedi muloyim ovozda.
— Nimadan qörqasiz? Men borman-ku, axir. Sizga keladigan balo-qazolarga özim köndalang! — Içimlik meni şer qilgandi.
— Yöq, — dedi u bu safar qatʼiy ohangda qöli bilan osmonga işora qilib. — U hammasini körib turibdi!
Öyladim: “Nahotki, şu kiçik jussali, jikkakkina qizning aqli yetgan narsaga mening aqlim yetmasa?”
Şundan buyon har safar biron nomaqbul holatga duç kelsam, biron sohibjamol aqlimni öğirlasa, şu gap esimga tuşaveradi.
Meni quvontirgani, keyingi yillarda yurtimizda imon-eʼtiqodli odamlar soni köpaymoqda, islom rivojlanmoqda, uning aqidalari keng yoyilmoqda. Içmaydigan, çekmaydigan bir yangi avlod hayotga kirib kelmoqdaki, biz yoşi kattalar ularning oldida gohida uyalib qolayapmiz. Ayniqsa, imonli, insofli tijoratçilar, savdo ahli köpayayotgani kişini xursand qiladi.
— Qizimni çiqarişimiz kerak edi, — deydi bir birodarimiz. — Xotin bilan birga latta-putta olgani Toşkentning “Bek baraka” bozoriga bordik. Köp narsa oldik. Uyga kelsak, xaridimiz içida bir qimmat buyum — sönggi modadagi mato yöq. Xotin qaysi dökondan olganimizni esladi. Er-xotin oradan uç-tört soat ötgaç, bozorga qaytib bordik. Sotuvçi biz unutib qoldirgan matoni bir çekkaga olib qöygan ekan.
— Biz narx-navosiga tortişamiz, birodar, — deydi soç-soqoli çiroyli olingan yoş yigit. — Ammo özganing haqidan qörqamiz.
Qani edi, mana şu tuyğu har birimizga umr böyi hamroh bölsa…

Halol rizqning xosiyati

Yoşing ulğayib, hayotiy tajribang oşib, yaxşi-yomonni köraverganingdan keyin atrofingda bölayotgan katta-kiçik voqea-hodisalardan saboq çiqaraverar ekansan.
Davlat bergan “dom”ni şahar çekkasidagi çala qurilgan hovliga almaştirib, köçib çiqdik. Boisi, farzandlar katta bölib qolgan, ularni uylantiriş, uzatiş uçun hovli bemalolroq edi.
Katta qizimni “dom”dan uzatib körganmiz: özbekning töy-tadbiriga “dom” torlik qilar, besaranjom bölarkansiz. Olgan hovlimiz şaharning çekkasida bölgani uçun yon-atrofi ovloq, mol-hol boqişga qulay ekan. Xotin bilan maslahatlaşib, uç-törtta qöy-qözi, bir sigir oldik. Mollarni öğillarim maktabdan böş vaqtiga qarab biri tuşlikka qadar, ikkinçisi keçgaça aylantirib kelardi.
Öşa kuni uyimizga qişloqdan Bekmirza sinfdoşim kelgandi. Şaharga bir yumuş bilan kelibdi-yu işi bitmay ketolmay qolibdi. Namozşomda, podaqaytar mahal öğlim qöy-qözilarni haydab keldi.
Yozning kuni bölgani uçun taşqarida çorpoyada ötirgandik.
— Dada, sigir yöq, — dedi qovoğini uyib ösmir öğlim.
— Nega? Közing qayerda edi? Bolalar bilan öynab, qaramagansan, — aççiqlandim.
Bolalarim meni sira aldab örganmagan.
— “Çillak” öynayotgandik. Qiziqib ketibman. Bir mahal qarasam, sigir yöq. U yoqqa çopdim, bu yoqqa çopdim, heç qayerda yöq. Mahallaning hamma mollari qaytdi, sigirimiz ular orasida körinmadi, — yiğlamsiradi u.
Darrov öğillarni, xotinni mahalla köçalariga bölib jönatdim.
— Uyma-uy sörab çiqinglar! — deya tayinladim.
Öz-özidan kayfiyat buzildi, oilada besaranjomlik paydo böldi. Mahallani aylangan bolalarim va ayolim sigirni topişa olmay söppayib, şalvirab qaytib kelişdi.
Çorpoyada yonboşlab çoy içib ötirgan Bekmirza oğaynim:
— Siqilmang, domla, — dedi xotirjam. — Sizning sigiringiz yöqolmaydi.
— Kambağalni tuyaning ustida ham it qopadi, degani şuda, — dedim jahlimni bosolmay.
— Yöq, — dedi Bekmirza yana tasalli ohangida. — Siz halol rizq topib yurgan odamsiz. Sizning molingiz yöqolmaydi. Meni aytdi, dersiz, ertalab sigiringiz topiladi.
Öşa kuni uyquning tayini bölmadi. Tongdan bolalarni uyğotib, poda yöliga çiqardim. Bekmirza esa şaharga tuşib ketdi.
Birpas ötmay sigirni yetaklab örtança öğlim kirib keldi. Sigirning izidan bir löli bola ham ergaşib kelardi.
— Sigiringiz çopib kelib, mening mollarimga qöşilib ketdi. Keyin heç kim söramadi. Uyga haydab borib, mollar bilan qamab qöydim. Yem, suv berdim, — dedi löli bola.
Bizdan sal naridagi qöşni mahallada lölilar yaşaşardi. Çiroyim oçildi.
— Ha, nega bu bola ergaşib yuribdi? — söradim öğlimdan.
— Sigiringni bir keça boqib çiqdim. Öşaning pulini ber, deyapti.
Kulib yubordim. “E otangga rahmat. Sendan pul aylansin”. Çöntagimdan pul çiqarib, bolaga uzatdim.
Şundan buyon bu qavm vakillariga özgaça mehr bilan qarayman. Ota-bobolarimiz köp gapiradigan, muqaddas kitoblarimizda yozilgan halol rizq, halol luqma kabi iboralarning mağzini çaqqanday, maʼnosini anglaganday böldim.

Munofiqning yuzi qora

— Tösatdan ertalab işga kelayotganimda maşina urib ketdi, — deya hikoya qiladi taniş hamkasbim. — Töşakda mixlanib qoldim. Bir yil deganda zörğa oyoqqa turib, hassada işxonaga keldim. Şunda betob paytimda biron marta, aqalli telefonda bölsa-da, holimni söramagan rahbarim: “Siz endi işga yaramaysiz, böşaş töğrisida ariza yozib bering”, desa böladimi?! Muzlab ketdim. Közimga yoş keldi. “Ustoz, bu ahvolda hozir men qayerga boraman, kim meni işga oladi. Eng past, kiçik lavozim bölsayam, işlab turayin. Döxtirlar tuzalib ketasiz deyişayapti”, deya yiğlab yubordim. “Yöq, — dedi rahbar qatʼiy. — Men örningizga odam olib qöyganman”.
Eh-he, men bu odamning qança xizmatlarini qilgandim… Yaxşiyam, qarindoş-uruğ, oşna-oğaynilar bor ekan, bir amallab oyoqqa turdim. Endi men bu insonni qanday qilib “ustoz” deyman. Ismini eşitsam, ğazabim qöziydi…
Tanişim aytgan rahbarni tanirdim. Insof, diyonat, halollik haqidagi maʼruzalarini köp eşitganman. Yiğilişlarda insoniylik, ezgulik, vatanparvarlik töğrisida jöşqin nutqlar sözlardi. Ammo işi, amali gapiga mos kelmas, ikki yuzlama odam edi. Işga olayotganda hatto farroşdan ham taʼma qilar, yoş qizlarga köz suzar, özim çiqqan tepa omon bölsin, deydiganlar toifasidan edi.
Qirq yildan ortiq iş faoliyatim davomida turli feʼl-atvordagi rahbarlarni kördim, baʼzilari bilan birga işladik. Qattiqqöl, halol, bağrikeng, professional mutaxassislar sohaga hayotini bağişlagan kişilar qatorida maişatparast, manfaatparast, qörqoq va ayyor, xudbin, şuhratparast, mansabparastlar bilan muloqot qilişga töğri kelgan.
Mening nazarimda, ular orasida jamiyat uçun eng xavflisi munofiqlardir. Agar munofiq rahbar bölsa, u boşliq idora, taşkilotning uyi kuydi, deyavering.
Munofiqdan davr ötgaç, şogirdlar, şotirlar uzoqlaşib, muammolar girdobida yolğiz qoladi. Bunga hayotda köp bora guvoh bölganmiz. “Nima eksang, şuni örasan”, deganlari şu bölsa kerak-da!

Abdujalol Taypatov

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan