Sinfdan taşqaridagi dunyo
yoxud Janubiy Koreya taʼlim tizimiga nazar
Janubiy Koreya Arxiv qömitasining 1944 yilgi maʼlumotlarida keltirilişiça, koreyaliklarning umumiy savodxonlik darajasi bor-yöği 13,8 foizni taşkil etgan. Ikkinçi Jahon uruşi Koreyani Yaponiya mustamlakaçiligidan ozod etdi. Şundan söng, mamlakatda eʼtiborni taʼlim tizimiga qaratişga imkon tuğildi.
Eng avval, mamlakatda Taʼlimni rivojlantiriş qömitasi taşkil etildi. Qömita faoliyati dasturiga umumtaʼlim darsliklari yaratiş, taʼlimni tubdan isloh qiliş, qöşimça ravişda etika hamda texnikaga oid yangi fanlarni kiritiş vazifasi yuklatildi.
Öşa yillari bu davlat şunçalik qaşşoq ediki, yillik yalpi daromad jon boşiga juda kam miqdorni taşkil etar edi. Maktabda pedagoglar uçun ortiqça resurslar jalb etilmagan, yaşaş uçun yoş bolalar ham işlaşga majbur bölişgan.
1980 yillarga kelibgina mamlakat miqyosida iqtisodiyotni tubdan isloh qiliş maqsadida, birinçi navbatda, taʼlimga eʼtibor keskin kuçaytirildi. 1981 yilda Prezident Çon Du Xvan taʼlimni hukumat nazoratida kuçaytiriş maqsadida xususiy taʼlim maskanlari faoliyatini qonunan taqiqlab qöydi. Şu sabab, davlat tasarrufidagi barça öquv muassasalarida yoşlarning mustaqil şuğullanişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratildi. Maʼlum bölişiça, hatto öquvçilar keçalari maktabda qolib, ustozlari bilan dars tayyorlaşar ekan. Natijada 1990 yilga kelib, mamlakatda savodxonlik darajasi 98,5 foizni taşkil etdi.
Zamonaviy Koreya taʼlim tizimida boşlanğiç maktablarning roli muhim ahamiyatga ega. Asosan boşlanğiç taʼlimga bolalar 6 yoşdan qabul qilinsa, iqtidori bölgan 5 yoşli bolalar ham boşlanğiç sinflarga olinadi. Buning uçun maxsus ruxsatnoma kerak, xolos. Har yili maktablarda öqiş 2 martdan boşlanadi. 6 yil davom etadigan boşlanğiç taʼlim majburiy etib belgilangan. Yuqori bosqiçdagi taʼlimda asosiy eʼtibor bolani kasbga yönaltirişga qaratiladi.
Örta taʼlim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, sanʼat, çet tili kabi 10 ga yaqin fanlar öqitiladi. Şuningdek, öquvçi informatika, çet tili (nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabi fanlarni, xohişiga köra, tanlab örganişi mumkin.
Bugun Janubiy Koreya taʼlim sifati böyiça dunyoda ikkinçi, matematika sohasida törtinçi va tabiiy fanlarni öqitiş böyiça beşinçi örinda turadi. Şuningdek, savodxonlik darajasi böyiça barça Yevropa davlatlari, hatto AQŞdan ham yuqori örinlarda turadi.
Janubiy Koreya — bu xavfsiz, texnologik va industrial rivojlangan mamlakat. Bu mamlakatda öqitiş va özlaştirişni baholaş boşqa davlatlarnikidan farq qiladi. Masalan, oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talabalar maʼruza darslariga özlari tayyorlanadi va mustaqil öqib-izlanadi. Öqituvçilar faqat yöl-yöriq körsatib, ularni qiziqqan sohasiga yönaltiradi, ilhomlantiradi. Koreyada davomat, maʼruza va konspektlarning zarraça ahamiyati yöq. Asosiysi, öquvçi bilimni puxta egallab, sinovda qiynalmasa bölgani.
Koreya öquv dasturidan örin olgan barça materiallar, ayni paytda, elektron körinişga ötkazilgan. Darsliklardagi maʼlumotlar kitob sahifalari örniga, “Smart taʼlim” dasturi böyiça, ekranlarda aks etadi. Uşbu loyiha hayotga tatbiq etilgaç, barça maktablarda simsiz tarmoqlar joriy etildi. Bu esa öquvçi-talabalarga “hamma vaqt va hamma joyda” bilim oliş imkonini yaratdi. Anʼanaviy kitoblardan elektron darslikka ötiş yoşlarga “oğir va qappaygan sumkalarini uyda qoldirib, sinf xonasidan taşqaridagi dunyoni kaşf etiş salohiyatini berdi”.
Yangi tizim, şuningdek, mutaxassis-öqituvçilar yetişmaydigan çekka qişloq hududlaridagi öquvçi va talabalarga ham fanlarni tanlaş va uydan turib sifatli taʼlim olişda bir qator qulayliklar yaratdi. Hozirda Koreya davlati internetga ulaniş tezligi böyiça, 2017 yil maʼlumotlariga köra, dunyoda birinçi örinni egallagan. (Özbekiston esa internet tezligi böyiça dunyoda 130-örinda turadi.)
Janubiy Koreyalik öquvçilarning ilmiy salohiyati ham tobora yuksalib bormoqda. Masalan, Ilmiy yuksalişni baholaş xalqaro taşkiloti (IEAP) tomonidan ötkazilgan taʼlim sifatini ifodalovçi monitoring tadqiqotlarida 19 mamlakat talabalari orasidan 18 yoşli koreys ösmirlari birinçi örinni egallaşgan (http://www.csu.edu.au).
Iqtisodiy Muvofiqlaştiruv va Taraqqiyot Taşkiloti olib borgan tadqiqot natijalariga köra, Koreya yoşlari raqamli texnologiyalardan foydalaniş borasida dunyodagi boşqa tengdoşlariga qaraganda ança ustunlikka ega ekanligi aytiladi. Bu kabi texnologiyalardan unumli foydalana oladigan yoşlarga har qanday jamiyatda ham talab kuçli böladi, ular uçun qator imtiyozlar yaratiladi. Zero, bugun ular internet materiallarining işonçliligini tekşiriş va internet sahifalarini navigatsiya qiliş böyiça bir qator xalqaro dasturlarda ilğorlar safidan örin olişgan.
Xöş, Koreyada ham nodavlat taʼlim muassasalari — “dehqonçasiga” aytganda “repetitor”lar bormi? — degan savol berişingiz mumkin. Albatta bölgan. Ammo ötkazilgan sörovnomalarga qaraganda, 1980 yilda umumtaʼlim maktablaridan 61 foiz öquvçi qöşimça maşğulotga qatnaşgan bölsa, şundan 14 foiz öquvçi asab kasalliklari va zöriqişga uçragan…
Koreya yoşlari taʼlimga juda köp vaqt sarflaşar ekan. Deylik, ular qöşimça taʼlim yoki amaliyot uçun, maktabdan taşqari, bir neça soat vaqt ajratadi. Qiziği şundaki, ular qöşimça darslarni ham uyga vazifa sifatida qabul qiladi.
Taʼlim sohasida nisbatan orqada qolayotganidan xavotirga tuşgan Amerika Qöşma Ştatlari ham bugun raqamli taʼlim sohasiga kuçli eʼtibor qaratyapti. Tadqiqotçilar kompyuterlaştirilgan taʼlim dasturini yaratiş ustida bir neça yillardan buyon iş olib bormoqda. Ularning fikriça, yuqori natija qayd etiş uçun boşlanğiç taʼlimni butunlay yangi bosqiçga kötariş lozim.
Bekorga Germaniya Napoleon boşçiligidagi Fransiya qöşinlaridan mağlubiyatga uçragaç: “Biz uruşda yengildik, demak taʼlim tizimimizda muammolar bor!”, deya xulosa qilmagan ekan.
Abdulaziz Ahmedov.
