Qaltis bir qadam… lekin xatoni tuzatişga imkon bormi?

Albatta, imon-eʼtiqodli har bir odam erta tongdan iş, öqiş yoki boşqa bir yumuş bilan uyidan çiqar ekan, ayonki, hozir jinoyatga qöl uraman, özganing haqini ömaraman, deb niyat qilmaydi. Şunday ekan, kimdir bilib-bilmay, kimdir jahl ustida aybdorlar qatoriga qöşilib qoladi…

Şuning uçun ham mamlakatimizda jazoni ijro etiş tizimini takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, mahkumlarning huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaati himoyasini taʼminlaş, ularning qayta jinoyat sodir etişining oldini oliş maqsadida profilaktika işlari tubdan yaxşilanayapti. Axloq tuzatiş tartibi ham takomillaşdi. Endilikda tarbiyaviy işlar şaxsning töğri yölga tuşib olişiga, maʼlum maʼnoda, kömakçi vazifasini ötaşi kerakligi, u oilasi bağriga heç bir malomatlarsiz qaytişi uçun barça çora-tadbirlar körilmoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 7 noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunçiligini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan 2019 yil 1 yanvardan boşlab Toşkent viloyat Içki işlar boşqarmasida Probatsiya bölimi, şahar-tuman içki işlar organlarida esa probatsiya guruhlari taşkil etildi.

Qaror ijrosini taʼminlaşda ötgan davrning 9 oyi davomida probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda bölgan, sud tomonidan belgilangan çeklovlarga töliq rioya etgan 2 ming 62 nafar mahkumga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan, insonparvarlik dalolatnomalari qöllanilib, jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etildi.

Şuningdek, bilib-bilmay jinoyatga qöl urgan şaxslarga nisbatan sayyor sudlarning joriy etilişi, unda tumandagi huquq-tartibot organi xodimlari,  MFY faollari iştiroki natijasida ijobiy natijalarga erişilmoqda. Mahalla-köy oldida özining, oila aʼzolarining uyatga qolişi yaxşigina taʼsir ötkazayapti.

Ammo “Beş qöl barobar emas”, deganlaridek, ayrim holatlarda viloyat probatsiya xizmati hisobida turuvçi şaxslar axloq tuzatiş jazosiga hukm qilingan bölsalar-da, belgilangan jazoni ijro etişdan böyin tovlaydi. Oilasi, farzandlari oldida tinçgina yaşaşni, mehnat qilişni negadir xohlaşmaydi. Aslida turmuş tarzi, yaşaş şaroiti bilan qiziqqanimizda jinoyatga aloqasi böladigan heç qanday illatning yöqligiga guvoh bölamiz. Lekin ayrimlarining iç-içidan qonun-qoida buzişga moyilligi borligi ajablanarlidir.

Albatta, ularga nisbatan jazo turi özgartiriladi. Ana şunday holatga tuşgan 498 nafar şaxs Özbekiston Respublikasi JKning 46-moddasiga asosan jazoni ötaşdan böyin tovlaganlari uçun Jazoni ijro etiş muassasalariga qaytarildi.

Aytaylik, Çinoz tumani IIO probatsiya guruhi hisobda avvaldan turgan, ÖzRJKning 164-moddasi, 2-qismi, 97-moddasi 1-qismi hamda 169-moddasi, 3-qismi bilan muqaddam 3 marta sudlangan Artyom Mazyakinning yuriş-turiş xulqi ança ijobiy tomonga özgarib, oilam deydigan böluvdi. Ammo nima böldiki,  axloq tuzatiş işlari jazosidan böyin tovlay boşladi. Nahotki, bir marta xato bosilgan qadam bir umr şaxsning ongiga taʼsir qilsa, yana jinoyat sari undasa… Qoida buzuvçiga nisbatan çora körildi, u Jazoni ijro etiş muassasasiga qaytarildi.

Şunga öxşaş belgilangan jazoni tinçgina ötaşdan böyin tovlaş holatlari Böstonliq, Yangiyöl, Zangiota tumanlarida ham kuzatildi. 

Endilikda qoidabuzarlikning oldini oliş maqsadida qayta jinoyat sodir etiş xavfi yuqori bölgan 184 nafar mahkumlarning ijtimoiy-ruhiy ahvoli örganilib, ular bilan doimiy ravişda profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari ötkazib kelinmoqda. Har bir şaxs, avvalo, inson ekanligini yodda tutib, taqdiriga befarq bölmaslik burçimiz. Şu sabab, imkon qadar oilasi bağrida, halol mehnat qilib, farovon turmuş keçirişiga şaroit yaratişga harakat qilayapmiz. 

Baʼzan şunday holatlar ham böladiki, şunça harakat qilsang ham zarraça yordaming tegmayotganini körib, hayratga tuşasan. Angren şahar IIO probatsiya guruhi hisobida turuvçi Ötkirjon Kalbayevning axloq tuzatiş işlari yaşaş joyida tekşirilganda, u jazoni ötaşdan qasddan boş tortib, spirtli içimlik isteʼmol qilib yurganligi maʼlum böldi. Oqibatda har kungi mastlik boş miya tolalarini yemira boşlagani aniqlandi. U Toşkent viloyat Narkologiya dispanseriga davolaş uçun joylaştirildi.

Albatta, noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida, nazoratdagi şaxslarni ijtimoiy hayotga moslaştiriş böyiça 56 marotaba mehnat yarmarkalari taşkil etildi. Jazo ötaşdagi 1015 nafar şaxsga işga yöllanma berildi va doimiy hamda vaqtinçalik işlarga joylaştirildi. 841 nafari qayta kasbga yönaltirildi, 349 nafari esa kasbga yönaltiriş böyiça bepul öquv kurslariga yuborildi. Bundan keyin ham jinoyatçilikni kamaytiriş, namunali hududlardan biriga aylantirişda barça imkoniyatlarimizni işga solib harakat qilaveramiz.

Azmiddin Burxonov,

Toşkent viloyati IIBB

Probatsiya bölimi boşliği, podpolkovnik,

Akram  Hasanov,

Boş prokuratura boşqarma katta prokurori,

Iskandar SAIDQULOV,

Boş prokuratura boşqarma prokurori.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan