Men nima uçun “Hurriyat”ni   öqiyman?

“Dilga yaqin,   elga yaqin”,   degan   gap bejiz aytilmagan. Har bir inson köngliga, diliga   mos va xos narsaga   intiladi. Öquvçi sifatida har bir insonning öz taʼbi va mayli   böladi.   Odatim şunaqa, oldi-qoçdi, uzuq-yuluq, balandparvoz gaplarni yoqtirmayman. Şu boisdan, gazeta va jurnallarni saralab öqiyman. “Hurriyat” öquvçini befarq qoldirmaydigan,   mulohazaga undaydigan maqolalari bilan öqişli. Ayniqsa, tanqidiy, tahliliy maqolalardagi dangallik, röy-rostlik öquvçida   bugungi maʼnaviy hayotga bölgan taşnalikni qondira oladi.

Gazeta sahifalaridagi buyuk allomalar, taniqli   insonlar   hayoti va faoliyatiga oid maqolalarni ham qoldirmay   öqib boraman. Çunki ularning   hayot yöli yoşlar uçun   ibrat maktabidir. Zero, milliy maʼnaviyatimiz, madaniyatimiz, boqiy qadriyatlarimiz va tafakkurimizning teran     ildizlari   uluğ   bobokalonlarimiz yozib qoldirgan boy   ilmiy, madaniy va maʼnaviy   merosdan bahra oladi.   Şu   jihatdan   ham   bu gazeta respublikamizda öz örni va mavqeiga ega. Işonaman, özini ziyoli, deb bilgan   odam “Hurriyat”ning har bir sonini   intiqlik bilan kutadi.

Kasbim bilan boğliq   kundalik işlarimni   saranjomlagaç, albatta, stolim ustidagi   özim obuna bölgan gazeta va jurnallarni varaqlayman. Ularning orasida   “Hurriyat” taxlamlari tepada turadi. Mutolaa baravarida maʼnaviy   hordiq olaman, çarçoğimni   çiqaraman, tafakkurimni   çarxlayman.

“Hurriyat”çilar bundan keyin ham odamlarning dilidagi   mavzularni, elimizning istiqboliga xizmat qiladigan   bahstalab hamda munozarali       materiallarni öz sahifalarida   muhrlab boraversin.

Yana bir gap. Biz şifokorlar bemor soğayişi uçun, dardiga malham topiş uçun kuraşamiz. Lekin matbuot ahlini ham “hamkasblarimiz” desam xato bölmasa kerak. Çunki jurnalistlar — jamiyatdagi dardni, illatlarni ilğay olişi, dadil kötarib çiqişi, “davosini” ayta olişi bilan jamiyat şifokorlaridirlar. Ana şunday dadil, ötkir gazeta hisoblangan “Hurriyat” eng sevimli naşrlarimdan. Şu sababdan unga kelgusi yil uçun ham obuna böldim.

Komil   ABDUVOHIDOV,

Surxondaryo   viloyati   köp tarmoqli

tibbiyot markazi boş vraçi,

oliy toifali   şifokor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan