Men nima uçun “Hurriyat”ni öqiyman?
Sirojiddin SAYYID,
Özbekiston xalq şoiri
XXI asrda yaşayapmiz.
Har lahza, har soniyada röy berayotgan şiddatli voqea-hodisalar, şusiz ham serşitob umrimizni şoşirib qöyayotgani ayni haqiqat.
Olam özgarayotir. Olam özgargani sayin odamzod ham özgarib borayotir.
Öqilgan, öqilayotgan gazetalar qançayu, öqilmay taxlam-taxlam qolib ketayotgan kerak-nokerak röznomalar qança – buning hisob-kitobi-yu uvol-savobini bilmoq uçun bir qayrilib ortga qaramoqqa yurak bezillaydi.
Şu asnoda “Hurriyat” mening öqilayotgan gazetalarim röyxatida turganini ilğab, xuşhol bir kayfiyatda mutolaaga şönğib ketganim ham bor gurung. Bu – hamişagi gurunglardan farqli ölaroq, har haftaning çorşanbasidan boşlanib çorşanba kunigaça mening hayotimda bardavomlik kasb etayotganini bir öquvçi sifatida alohida taʼkidlab aytgim keladi. Öylaymanki, boşqa köpmingsonli gazetxonlar ham ayni mening holatimda xuddi şu soğinç va ilhaqlik bilan “Hurriyat”ni kutişadi va mutolaa qilişadi. Tavallo bobomiz lutf etganday: “Yaşnatib dil ğunçasin fasli bahor aylar gazet”.
Xöş, men nima uçun “Hurriyat”ni öqiyman, nima uçun gazeta yarim kun keçiksa, bezovtalana boşlayman?
Donişmand zotlarning “Agar sen inson bölsang yaratgin özingga nom” degan sermazmun hikmati bor. Bu örinda “nom” jumlasi hozirgi taraqqiyot zamonining jonli tilimizga mustahkam örnaşib olgan fason va maşhur sözlaridan bölmiş “imidj”ga mos keladi. Aytmoqçimanki, “Hurriyat” öz nomini özi yaratgan, öz imidjiga ega ismi jismiga munosib va mutanosib gazeta.
Birgina taklifim: gazeta timsolini jiddiy öylab köriş kerak. Eng ilğor texnologiyalar va dizayn zamonida “Hurriyat” söziga mos körkam ramz topiş unçalik köp mehnat talab qilmaydigan yumuş. Matnlarni ham öquvçi nafas olib, yayrab öqiydigan darajada keng va möl qilib joylaştirişdan çöçimaslik lozim.
Menga, avvalambor uning nomi va yaxşi körgan sözlarimdan biri “hurniyat” bilan uyqaş-qofiyadoşligi xuş yoqadi.
Onamlarning rözğordan röşnolik körmay, bir umr orzu-armonda ötgan Huri momo degan qarindoşlari haqida köp dardli-iztirobli hikoya va naqllarini bolalik çoğlarimdanoq eşitib ulğayganim uçunmi, uşbu gazeta menga yoruğlikka çiqqan Huri momoni eslataveradi.
Gazeta endigina 24 yoşga – ayni kuç va şiddatga töla norğul öspirinlik pallasini qarşilamoqda. Biz bu yoşda “Toşkent oqşomi”ning uysiz-joysiz, yoş-beboş muxbirlari sifatida “axborot qirollari” yonida: “Gazetalar böronida ketayapman, ketayapman, metro yangliğ bu dunyoning qoq bağridan ötayapman, ötayapman” deya köp ohanjama va balandparvoz satrlar bitib yurganlarimizu – hozirgi yangi davru zamonlarning hur va ozod havolaridan töyib-töyib nafas olayotgan yoş qalamkaş ukalarimizga havas qilib turganimiz – mana şu porloq va munavvar onlarga qadar – qança suvlar, eh-he, bu suvlar bilan qança zamonlaru tuzumlar oqib ötdilar!..
Bugungi hurriyatimiz, Yangi Özbekistonimizning bor körk va jilolari, daştu dalalarimizu zangor va musaffo osmonlarimiz, tinç tonglarimiz bilan ezgu niyatlarimiz timsoli bölmiş davlatimiz bayroğining ranglari va yuksakligi yangliğ gazeta sahifalarida öz mazmun va ifodasini topayotganidan mamnunligimizni aytmoqçi edim.
Qay eldakim ozod fikru hur niyat bölgay,
Yurtning baxtu saodati zör niyat bölgay –
Elning şaʼnu şavkatidan yuksalib Vatan,
Davlat bayroğiday baland Hurriyat bölgay.
17.11.2020 y.
Qadrli yurtdoşlar, 2021 yil uçun obuna davom etmoqda. “Özbekiston poçtasi” AJ va “Matbuot tarqatuvçi” AK hamda sohaga daxldor korxonalar orqali obunani rasmiylaştirişingiz mumkin.
Naşr indeksi: 233
