Men nima uçun “Hurriyat”ni öqiyman?
“Ismda xosiyat bor”, deyişadi. Şuning uçun bölsa kerak, odamlar dunyoga yangi kelgan çaqaloqdan tortib nom qöyiş talab qilinadigan barça narsalarga maʼnoliroq ism qöyişga harakat qilişadi. Ammo har doim ham ism jismga mos kelavermaydi. Deylik, “Baxt” deb atalgan joyda baxtiyorlardan köra baxt kutganlar köp yoki “Samo” degan makon bir juft oyoq siğadigan darajada tor.
“Hurriyat”ni erkni çinakam istagan kişilarning yurak zarblarini berayotgani uçun yaxşi körib öqiyman. Naşrning jöğrofiyasida ham, çertib-çertib berayotgan mavzularida ham, odamlarning til uçiga kelib turgan muammolarni maydonga taşlab, öquvçilarni uyğoqlikka çorlayotganida ham, bir söz bilan aytganda, barça sahifalaridan öşa “Hurriyat” degan faqat bizga emas, millatimizning ozod yaşaşini istagan barça zamonlardagi maslakdoşlarimizga aziz bölgan sözning nafasi kelib turadi. Har gal gazetani öqiganimda öşa nafasga nafasim tutaşadi, özimni kengayib, balandlab borayotganday sezaman.
Aziz yurtdoşlar, 2021 yil uçun obuna davom etmoqda. “Özbekiston poçtasi” AJ va “Matbuot tarqatuvçi” AK hamda sohaga daxldor korxonalar orqali obunani rasmiylaştirişingiz mumkin.
Naşr indeksi: 233
