Ginnes rekordlariga 29 bor kirgan o'zbek polvoni

AQSh prezidenti va Angliya qirolichasi tashrif buyurgan sirk tomoshasi

Faxriddin Axnazarov Samarqand viloyati, Paxtachi tumanining Forish qishlog'ida duradgor usta oilasida 11 farzandning sakkizinchisi bo'lib dunyoga kelgan. 12 yoshida akasi — “O'zbek yo'lbarsi” deb nom qozongan Bahrom Axnazarov izidan borib, sirk san'atiga qadam qo'ydi.

— “Ginnes rekordlariga kirishim shunday boshlangan edi. Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bo'ylab gastrolga chiqqandik. Maykl(guruh rahbari bo'lishi kerak — muallif)   juda xavotirlandi. Chunki chiptalarimiz   qimmat edi. Shunda men Mayklga bir taklif bildirdim. Chiqishlarimizdan bir oy oldin reklamamiz uchun yo'lovchi samolyotni ma'lum masofagacha tortib boraman. Hali bu tryukni dunyoning hech bir polvoni bajargan emas. Gazetalar bu haqida yozadi va biz bepul rek­lama uyushtiramiz”, — dedim. Maykl ishonib ishonmay taklifimga rozi bo'ldi. Men shu tariqa Gonkongda birinchi rekordimni o'rnatdim.

Rekordlarim ichida Birlashgan Arab Amirliklarida ko'rsatgan tryukdan o'zim ham faxrlanaman. O'shanda har biri 7 tonna keladigan AQSh harbiy yuk mashinalarini tishimda tortgan edim, — deydi Yer planetasining eng kuchli odami Faxriddin Axnazarov Rossiyaning “Faktы” saytiga bergan intervyusida.

29 marta Ginnes rekordlariga kiritilgan Faxriddin qo'llarining kafti bilan taxtaga 100lab mixni qoqadi, tishida 150 kilogrammlik yukni bemalol ko'taradi, 16 yo'lovchisi bor avtomobilni bir qo'li bilan hech bir qiyinchiliksiz ma'lum masofagacha tortib bora oladi.

Bolalikdagi kumiri — Gollivudning eng mashhur aktyorlaridan biri Arnold Щvars­neggerning Faxriddin Axnazarov chiqishlarini ko'rish uchun farzandlari bilan birga tomoshaga kelishi, shuningdek, AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton, Angliya qirolichasi Yelizaveta II larning o'zbek polvoni shou das­turiga tashrif buyurishi, jahon kino san'ati namoyondasi Jeki Channing birga filmga tushish taklifini bildirishi…

Bu kabi muvaffaqiyatlar dong'i dunyoga taralgan polvonni aslo havolantirmagan. U hamon o'zini dunyo miqyosida tasavvurga sig'mas natijalarga erishgan muzaffar inson emas, farzandlari uchun jonkuyar ota, rafiqasi uchun vafodor umr yo'ldoshi, uni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasining yuzini yerga qaratmagan qobil farzand deb biladi.

Oilaning katta farzandi Bahrom Axnazarov bilan bosh­langan polvonlar sulolasining sirk san'atidagi faoliyatini Qahramon, Ozod, Navro'z, Kamol, Mo'minjon, Shohrux, Ulug'bek Axnazarovlar davom ettirmoqda.

“XX asr Gerakli” — Faxriddin Axnazarovning zamondoshi, qishloqdoshi, tengdoshi va urug'i o'laroq bir paytlar bu oila tufayli butun bir tuman yoshlari og'ir atletika bilan shug'ullana boshlaganini va qishlog'imizdagi har bir xonadonda shu sport turiga oid anjomlari paydo bo'lganini chuqur bir iftixor bilan eslayman.

Har davrning o'z qahramoni, har davraning o'z lideri bor. O'zbek mumtoz sport turini jahon sirk arenasiga olib chiqib, millatlararo tanitgan, zamonaviy sirk shoulari bilan uyg'unlashtira olgan Axnazarovlar tom ma'noda millatimizning mashhur insonlaridandir.

M.PIRNAFASOVA

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

six − three =