Özlari xon, kölankasi maydonmi?
Andijon viloyat maʼmuriy sudining maʼlum qilişiça, 2017 yildan 2021 yilgaça hokimliklarning 256 ta qarori haqiqiy emas, deb topilgan. Xususan, 2017 yilda 13 ta, 2018 yilda 57 ta, 2019 yilda 87 ta, 2020 yilda 99 ta qaror haqiqiy emas ekan, viloyat sudi tomonidan barçasiga nisbatan xususiy ajrimlar çiqarilgan.
Yuqoridagi maʼlumotlarga eʼtibor qaratilsa, viloyatdagi mavjud hokimliklarning çiqargan noqonuniy qarorlari keyingi yillarda kamaymagan, balki yil sayin ösib borgani körinadi. Bu nima degani? Bu oddiy bir tuman hokimi özini xondek tuta boşladi, degani emasmi. Aqli yetsa, yetmasa qaror çiqaraveradi. Amaldagi qonun bilan işi yöq. Bugun işi bitsa böldi, ertani öylaşmaydi. Ammo unutmaylik, har bir qarorning ortida insonlar taqdiri bor. Oilasining tinçligi, salomatligining mustahkamligi bor. Andijondagi hokimlar buni nega tuşunişmayapti?..
Andijon tuman prokuraturasi maʼlumotiga köra, ötgan yilning özida tuman hokimining 85ta qarori qonun talablariga zid ravişda qabul qilinganligi aniqlangan, protestlar keltirilgan. Eng yomoni, noqonuniy qaror qabul qilib davlatni, xalqni aldayotgan hokimlarga heç qanday çora körilmayotgani bölayapti. Şuning uçun ham ular köngli nimani xohlasa şuni qilişayaptimi?!
Jumladan, Andijon tuman hokimining qarori bilan “Kuyganyor dehqon bozori” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga tegişli 0,56 gektar yer uçastkasi Yer kodeksi talablariga noqonuniy tarzda berilganligi aniqlangan. Öz navbatida tuman prokuraturasi tomonidan mazkur qaror bekor qilindi. Yana bir qaror bilan tuman hokimi fuqaro M.Ataxonovga sabzavot va boğdorçilik uçun tuproq unumdorligi 68 ball bonitetli 6,7 gektar yer maydoni ajratib bergan.
Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi qarori 7-bandida yangi taşkil etiladigan boğlar va issiqxona xöjaliklari uçun 50 va undan yuqori ball bonitetiga ega bölgan suğoriladigan yer maydonlarini ajratiş Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qişloq xöjalik vazirligi bilan kelişilgan holda amalga oşirilişi qatʼiy belgilab qöyilgan.
Nahot, bu tuman hokimi Prezident qarorlaridan mutlaqo bexabar bölsa? Tabiiy savol tuğiladi, 4 yil içida hokimlar tomonidan qabul qilingan noqonuniy qarorlar sonining oşib borişining sababi nimada? Qolaversa, bir yilning özida qonunni mensimasdan tuman hokimining 85 ta noqonuniy qaror qabul qilganini qanday tuşunsa böladi? Bunda tanganing ikkinçi tomoniga qaraydigan bölsak, baʼzi hokimlar çindan ham “özlari xon, kölankalari maydon” bölib qolayotgani yaqqol körinadi.
Şunday ekan, hokimliklar noqonuniy qaror çiqarib, aholini aldayapman, deb öylasa juda xato fikr yuritgan böladi. Aslida ular, avvalo, özlarini, qolaversa, hukumatni aldaşayotganini anglaşlari kerak.
Darvoqe, bunday holatlarning oldini olişda amaldagi qonunçilikda belgilangan jazo çoralarini hokimlarga ham qöllaş lozim emasmikan? Ehtimol ana şunda bunday közböyamaçiliklarning oldi olinarmidi?
Eʼzoz DAVRONOV.
Andijon viloyati
