SOÇini SOTayotganlar

Soğlom soçlar kişi husnining muhim bölagidir. Ayniqsa, bu jihat ayollar uçun katta ahamiyatga ega. Soçlarni parvarişlaş, östiriş örniga ularni muntazam yelka bilan barobar “qayçilab” yuriş bugun rosa urfga kirgan. Yoş qizlar esa bu holatga “moda” deb qarab, kundan-kun bir-biridan baçkana turmaklarni kaşf etişmoqda. Işonmasangiz, ana, köçaga çiqqaningizda, yon-atrofga sal eʼtibor bering, közni quvontiradigan uzun soçlarni deyarli uçratmaysiz. Xöş, nega bugun uzun soçlar va soçi yer supurib, töpiğigaça tuşadigan qizlar kamayib ketdi?

Mutaxassis dermatolog Ikromxon Obidovning bu boradagi fikri bilan örtoqlaşamiz:

— Soçlarning haddan ortiq tökilişi, kamayib va siyraklaşib qolişi köp hollarda stress, horğinlik, kuçli zöriqiş oqibatida yuzaga keladi. Soçlar salomatligidagi bu kabi özgarişlar yoğ bezlarining buzilişiga sabab böladi. Soçlar turli xil ob-havo taʼsiridan himoyalanişi lozim. Jazirama yoz va izğirinli qiş kunlarida boş­yalang yuriş soçlarga salbiy taʼsir yetkazadi. Bundan taşqari, kompyuter va smartfonlardan uzluksiz foydalaniş, ular qarşisida köp ötiriş soçlarning siyraklaşişiga olib keladi.

Ikromxon akaning aytişiça, ayni kunda hayotimizning bir bölagi bölib, usiz nafas ololmay qolganimiz — telefon, kompyuter kabi gadjetlar çiqarayotgan radiatsion nurlardan qoş va kiprik tökilişi xavfi ham yuqori ekan. Soçlarni kuydiriş, turli ranglarga muntazam böyaş kişi salomatligiga salbiy taʼsir etadi. Ayniqsa, böyoq vositalaridan özbilarmonlik bilan foydalaniş har xil allergik kasalliklarni keltirib çiqaradi.

Soç tökilişining oldini qanday olsa böladi?

Mutaxassislarning fikriça, uy şaroitida tabiiy niqoblardan foydalangan holda soçlarni oziqlantiriş nafaqat soç, balki boş miya faoliyati uçun ham samaralidir. Soç tökilişini töxtatişda uni töğri parvarişlaş katta ahamiyatga ega. Imkon qadar tabiiy yoğlardan (zaytun, aççiq bodom, kanakunjut yoği) foydalanib, kimyoviy unsurlarning salbiy taʼsirlaridan soçni ehtiyotlagan maʼqul.

Bundan taşqari, soçlarning normal holatda oziqlanib ösişi, töğri ovqatlaniş tartibiga boğliq. Uglevod va   vitaminlarga boy mahsulotlarni isteʼmol qiliş soğlom va mustahkam soçlar salomatligining kalitidir.

Statistik maʼlumotlarga köra, soçlar har 4 yilda “yangilanadi”. Ammo şu 4 yil mobaynida soçlarning köp va doimiy tökilişi biror bir kasallik asoratining ilk belgilari bölişi ham mumkin. Bunday holatlarga duç kelsangiz, albatta, mutaxassis şifokorga murojaat qiling.

Dinimizda soç sotgan ayollarga hukm qanday?

Hadisi şariflarda: “Kimning soçi bölsa, unga ehtirom körsatsin” — deya soçlarni yaxşi parvarişlaşga buyurilgan. Aytişlariça, payğambarimiz Muhammad (s.a.v) soçlarini öng tomondan boşlab taraşni xuş körganlar. Baʼzan Oişa onamizdan ham soçlarini tarab qöyişlik­larini sörar ekanlar.

Fikrimizni Toşkent islom instituti öqituvçisi Abdulqodir Abdu Rahim domlaning mavzuga oid mulohazalari bilan davom ettiramiz:

— Inson soçi tölaqonli pok hisoblanadi. Şu qadar pokki, biror sabab bilan çöntagiga soç solgan inson şu holatida namoz öqisa, pok kiyimda öqigan hisoblanadi. Kişi soçi pok deyilganda, uni biror-bir maqsadda işlatiş nazarda tutilmaydi, balki, kiyimga yoxud biror aʼzoga tegsa, uni nopok qilmaydi, degan maʼnoda tuşunilişi darkor. Ulamolar inson soçini sotiş yoki undan boşqa biror maqsadda foydalanişni gunoh hisob­laganlar. Mukarram inson zotining soçini sotişi aslo mumkin emas. Bu Alloh aziz qilgan narsani xor etiş hisoblanadi. Kesilgan va taralganda tuşgan soçlarni kömiş lozimdir.

Darhaqiqat, Yaratgan inʼom etgan şunday neʼmatni allaqanday idiş-tovoqlarga almaştirib, arzimagan çoy-çaqaga pullayotganlar bizningça mutolaadan uzoq bir savodsiz kimsalardir. Ozgina bölsa-da maʼrifatli odam Alloh inʼom etgan neʼmatlarni bozorga solmas.

Malika HODIYEVA,

Özbekiston Jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan