Könglim öynayapti kapalak bölib

Muallif haqida:

Nargiza Odinayeva — 1988 yili Qumqörğon tumanida tuğilgan. “Yöldagi maktublar”, “Tört tomon” nomli şeʼriy töplamlari naşrdan çiqqan. Şeʼrlari “Keng­lik ohanglari”, “Teran ildizlar” kabi qator res­publika bayozlariga kiritilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Hozirda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti magistranti.

 

                        TUN

Etakda bir özi turibdi, ana,

Nursiz miltiragan kimning çiroği.

Meni hayajonga soladi yana

Şamolning qöşiği, terak titroği.

 

Zamin jim uxlaydi, tuşiga kirgan

Oq otli şahzoda qaytar iziga.

Köylagi idragan yuragim bilan

Kim bölib körinsam uning köziga.

 

Qayda ötiribdi toğ oşgan olam,

Bunda qolgan faqat sado bergani:

Boyquş-karvonidan adaşgan odam,

Çigirtka – keçaning çaqaloqlari.

                              

Baribir, nimadir kam, biribir, nadir kam,

Tökis bölolmaydi avval, na oxir.

Közlarimni yumib, ufqqa tikilsam,

Bunda heç narsa yöq havodan oğir.

 

Şomning sukutida kaftlarim zada,

Jonim kelayapti közimga tölib.

Hammasi özgardi, endi olovda

Könglim öynayapti kapalak bölib.

 

Qayerda töxtaydi yolğonning zabti,

Oğrimay yaşaşga yana nima şart?

Hozir tölayotgan oyda yuribdi

Yerning yuragidan oyoqlagan dard.

 

Bugun köçalarga qarab öylayman,

Qaçon bahor edi, qaçon kuz edi?

Dunyo ayblamasin, ertak bilmayman,

Murod – labingdagi bitta söz edi.

 

Borliq ösaversin böyi-eniga,

Oq-qora kunlarga, mana, köksim – ring.

Faqat… böylaringni soğinsam, nega

Çökib borar sening har bahor qabring?

 

                               * * *

Tölqinlab öynaydi şamollar – beboş,

Nafasi entikib qöyar darçaning.

Boşini kuydirib ötadi quyoş

Islari eskirib ketgan arçaning.

 

Tuş körgan toğlarning köylagi ğijim,

Zamin çayqaladi – qölning oyasi.

Yölning etagidan uzoqlaşar jim

Odamga öxşagan daraxt soyasi.

 

Baxt taʼmini bilar, tong havosida

Xamirdan boşoqni sörigan çumçuq.

Yoşini berkitib kun orqasida,

Umrimning labiga toşadi uçuq.

 

Yaşaşga kuç qidir… yiğlaşga ulgur…

Mayda taşvişlarim yopişdi qölga.

Bugun bekatidan ketib qolmay tur,

Biroz keçikibroq çiqqanman yölga.

                               * * *

Daraxtlar qorovul qişning yölida,

Armonli qöşiqday elanadi qor.

Onamning qabargan ozğin qölida

Mening yuragimning ajinlari bor.

 

Osmonning ortida tuproq hovuri,

Oqsoqol kunlarni tunga çoriydi.

Qarşimda tuğilgan yöqlik şiviri

Qahraton havoga jonni qoriydi.

 

Örtangan bahor bor umr böynida,

Ölçovli sanoqda aylanadi Yer.

Onam qarimasin qişning qöynida,

Xudojon, yaldoning tonglarini ber!

 

Söngsiz soğinçlarga kömilib qoldim,

Yanvar, kunlaringni ziyorat eta.

Özimni tortişga erinib qoldim,

Nega bunça erta, bunçalar erta?

 

“Sim-sim eşigi”dek “murodim” çaman,

Poyiga tökilsam, kunlar kibriyo.

Jon tözğat… bariga çidab beraman,

Bir könglimga oyoq botirma, dunyo.

                               * * *

Qaytarib bölmaydi oğizdagini,

Men şirin deb aytgan suvlar şör edi.

Bir junun özini qaydan topadi,

Suyak içidagi ilik quridi.

 

Umr qayerlarda beradi nişon,

Kimni soğinamiz ufqqa qarab biz.

Ketib borayapmiz böşliqlar tomon

Yongan gugurtçöpday tugab-tugab biz.

 

Momom duo qildi kaklikdek sayrab,

Qolgan aytimini şamolga ildi.

Tört fasli kuz bölgan boğlarga qarab,

Mening ham yelkamdan tutlar tökildi.

 

Tarozi ölçaydi nima bilan u,

Körinmay savdolar körinmas bozor.

Qöllari qorayib ketgan boylaru

Yana tişi butun tilançilar bor.

 

Nega hamma taʼmga qorişadi tuz,

Nega öyin tusmol, raqam aldamçi?

Kelolmadim bitta qarorga hanuz,

Bahor deyolmayman bahorning içi.

 

Garçi olislarda qoldi bolalik,

Garçi közlarimga boqmadi dunyo.

Garçi köksimdagi ğussam ming yillik,

Mudom musiçaman, gödakman ammo.

 

Şu köhna borliqning şom tarafidan

Turna kelayapti arğimçoq torta.

Jim öta olmasding ğirrom ustidan,

Dunyoni bir halol qil, Ota!

                                      * * *

Musavvirning közida yiğlagan rang bölaymi?!

Hilolning yuzidagi öynagan jang bölaymi?

Yuragini saraton yorgan xarsang bölaymi?

Dunyo, soqov bağringda bitmas yarang bölaymi?

Daryo oqib ötmoqda tovonida toş sudrab,

Yöllar horib kelmoqda yelkasida boş sudrab.

Qimirlolmay turibman, şamollarda jon idrab

Dunyo, sözga siğmagan kuyu nolang bölaymi?

Oltinini körgan qöl bozorni aldaydi,

Eʼtiqodi yarimta mozorini aldaydi.

Yonişni bilmagan ul ozorini aldaydi,

Dunyo, qoşim oralab yozgan çorang bölaymi?

Men qanotsiz uçaman, nomsiz yölning otiman,

Keçalarning rangiman, yomğirlarning bodiman.

“Oç ekanu töq ekan” – şu ertakning mardiman,

Dunyo, murod bermagan yetim bolang bölaymi?

                          * * *

Körpasiman yulduzlarning,

Meni dunyo keçayapti.

Tun adaşgan yölda horğin,

Oy jonimni içayapti.

Kökka boqqan boğlar böylab

Çizilganda kuzning rasmi.

Tölolmagan rangni öylab,

Oy zaminga tökilmasin!?

Toğ tomonga ketgan şamol

Aylanadi bulutlarga.

Mening umrim ipak römol

Osilgani qanday dorga.

Boşimdagi har kun töyday

Soçimgaça ohang, yoniş.

Ölmaysanmi olov kuydan,

Uyğonmagan, ey Alpomiş.

Umr şunday telba qöşiq,

Zamin har kun torayadi.

Anglaganim – ikki eşik,

Suyaklarim qorayadi.

               TÖRT TOMON

Men aytib beraman közingga qarab

Nimalar yöqligin kafting içida.

Kunlarni yondirgan soğinç oralab,

Umrimni ölçadim baxt qariçida.

Na menga, na senga eşdur bu dunyo,

Jonimni samandar ötlarga soldim.

Dunyoga tözimlar bersin Xudoyo,

Eng katta telbaga aylanib qoldim.

Endi bir lahzamda törtta fasl bor,

Endi yelkamdadir yettita osmon.

Endi qöşiğimga bor ohanglar tor,

Endi közlarimda gullasin armon.

Borliqning kulgusi yetmiş xil rangda,

Dildagi halovat quşlarday daydi.

Heç kim yutolmaydi tuyğusiz jangda

Garçi gunoh payti, garçi ranj payti.

Jismdan soyalar tuşmagan yerman,

Tört tomon ham bir xil – aytilgan yöldir.

Faqat sukunatdan tuğilgan şeʼrman,

Ruhim, vujudimga özimni töldir.

Bahor, ostonangga “kuzsan” deb yozdim,

Taqdir – bu söngiga yetmagan farmon.

Garçi bor janglardan aqldan ozdim,

Özimga aylansin TÖRT TOMON.

 

                                                       Nargiza Odinayeva

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan