Yana bahor keldi…
Yana bahor keldi,
yana qalb yonar,
Yana gul pallasi,
yana işq fasli,
Uzoqliklar sari
köngil tolpinar.
Yana içda jöşar
hislarning masti…
Ufqlar imlaydi,
kök ham, bulut ham,
Gunafşa közida
yonar jonli his,
Daraxtlarga guldan
toj qöygan köklam,
Işqim yupatsa-çi…
yöq, mendan olis!
Ariqlarda lim-lim oqadi
şöx suv,
Yöq, suv emas, oqar jonli,
hur qöşiq,
Boğlarni quçgan
bir oltin uyqu
Har yonda gözallik,
har yon baxt töliq.
OYBEK
1929 yil, aprel
