Yangi saylovlar: qonunçilikdagi muhim özgariş
Davlatimiz va jamiyatimiz hayotidagi keng kölamli islohotlarni amalga oşirişda, xalqimiz huquq va manfaatlarini himoya qilişda, jamoatçilik nazoratini taʼminlaşda ommaviy axborot vositalari muhim örin tutadi.
Zero, söz va axborot erkinligi, öz fikrini erkin bildiriş, axborot oliş va uni tarqatiş huquqi eng asosiy va umumeʼtirof etgan inson huquqlaridan va demokratik jamiyat rivojining muhim omillaridandir.
Özbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirişning beş ustuvor yönalişi böyiça “Harakatlar strategiyasi”da davlat va jamiyat qurilişini takomillaştirişning eng muhim yönalişlaridan biri sifatida ommaviy axborot vositalarining rolini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Amalga oşirilayotgan islohotlar samarasi ölaroq sönggi yillarda, Yangi Özbekistonda oçiqlik va oşkoralik, söz va matbuot, fikr erkinligi turmuş tarzimizga aylanib borayotganini xalqimiz yaqqol his qilmoqda. Ommaviy axborot vositalari faoliyati keskin yuksalib, ularda soğlom tanqidiy va tahliliy ruh kuçaydi. Yurtdoşlarimiz öz fikrini oçiq-oşkora, hadiksiz, dadil aytayotganini xalqaro ekspertlar, xalqaro taşkilotlar ham keng eʼtirof etmoqda.
Jamiyat hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlaşda, ayniqsa, saylovlarning oçiqligi va oşkoraligini taʼminlaşda, ommaviy axborot vositalari — bosma va internet naşrlar, televideniye va radio faoliyati muhim örin tutadi.
Ommaviy axborot vositalarida saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir barça tadbirlarni yoritiş huquqi mavjud. Saylov kodeksining 8-, 35-moddalariga asosan ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir barça tadbirlarni yoritiş, saylov kuni ovoz beriş binolarida, şu jumladan, ovozlarni sanab çiqiş çoğida hozir böliş huquqiga ega.
Albatta, ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va şahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bölişi kerak.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi öz faoliyatida mazkur masalaga doim alohida eʼtibor qaratib keladi. Bunga 2019 yili mamlakatimiz Parlamenti va mahalliy Kengaşlarga ilk bor Saylov kodeksi asosida “Yangi Özbekiston – yangi saylovlar” şiori ostida ötgan saylovlar yorqin misoldir. Saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonida Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va barça darajadagi saylov komissiyalari öz işini oçiqlik, oşkoralik va şaffoflik tamoyillariga binoan taşkil etdi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi huzurida Xalqaro matbuot markazi va uning hududiy bölinmalari faoliyati yölga qöyilgani muhim ahamiyat kasb etdi. Saylov jarayonlarini mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 155 nafar vakili yoritib bordi.
Xalqaro matbuot markazida yuzdan ortiq brifing va matbuot anjumani, seminar va davra suhbatlari ötkazildi, Markaziy saylov komissiyasining öndan ortiq yiğilişi va siyosiy partiyalar va nomzodlar örtasida ötkazilgan 26 teledebat töğridan-töğri efirga uzatildi.
2019 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrga qadar mamlakatimiz miqyosida “Saylov qonunçiligi tarğiboti oyligi” ötkazilib, tarğibot tadbirlari bilan millionlab saylovçilar qamrab olindi.
Oltmişta saylov uçastkasida kuzatuv kameralari örnatilib, ulardagi ovoz beriş jarayoni Xalqaro matbuot markazida, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Özbekiston-24” telekanalida namoyiş etildi. Budan taşqari, Xalqaro matbuot markazi bilan hamkorlikda 28 marotaba 150 daqiqalik “Press-coffee” hamda yetti marotaba 30 daqiqalik “Press-brifing” jonli efirda körsatildi.
Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va unga aʼzo ellikdan ortiq teleradiostansiya tomonidan “Demokratik debat” tok-şousining 26 soni jonli efirga uzatildi.
Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti (elections.uz) modernizatsiya qilinib, unga özbek tilida 3 800 dan ortiq, rus tilida 2 400 ga yaqin, ingliz tilida 350 dan ortiq materiallar joylaştirildi.
Eng muhimi, saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda saylovlarga bağişlangan 42 mingdan ortiq, jumladan, 4 mingga yaqin tanqidiy ruhdagi çiqişlar qayd etildi.
Saylovoldi taşviqoti davrida barça siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlar va ularning işonçli vakillari uçun saylovçilar bilan uçraşuvlar, bahslar, debatlar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yiğilişlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida çiqişlar, plakatlar, roliklar, bannerlarni joylaştiriş uçun teng imkoniyatlar yaratilganini ham qayd etiş örinli. Umuman olganda, ommaviy axborot vositalari, Internet sahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar va ularning nomzodlariga oid jami 141 952 taşviqot materiali eʼlon qilindi.
Bularning barçasi saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq barça jarayonlar qonunçilikda belgilangan muddatlarda, erkin, oçiq-oşkora, şaffof, saylov sohasidagi milliy qonunçilik, xususan, Saylov kodeksiga muvofiq ötkazilişiga xizmat qildi.
Ötgan saylovlarda orttirilgan katta amaliy va huquqiy tajriba, şuningdek, milliy va xalqaro kuzatuvçilar tomonidan bildirilgan tavsiyalar saylov qonunçiligi va amaliyotini takomillaştirişda muhim örin tutadi.
Joriy yilning 8 fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Saylov qonunçiligi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonun fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini, davlat va jamiyat boşqaruvidagi iştirokini yanada kengaytiriş, milliy saylov tizimini takomillaştiriş, saylovlarda oçiqlik, oşkoralik va şaffoflikni taʼminlaşdek ezgu maqsadlarga erişişda muhim omil böladi.
Saylov jarayonlarini xolis va oşkora yoritiş jurnalistlardan, avvalo, milliy saylov qonunçiligi va amaliyotini pişiq-puxta bilişni, jurnalist etikasiga qatʼiy rioya qilişni talab etadi. Şu jihatdan, 2019 yilgi saylovlar oldidan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bu borada jurnalistlar öquvi taşkil etilgani yaxşi samara berganini taʼkidlaş örinli.
Saylovlarning natijalari va xulosalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan “Saylov–2019: yutuqlar, muammolar, takliflar” axborotnomasida özbek, rus va ingliz tillarida çop etildi.
Saylov qonunçiligiga kiritilgan yangi özgartişlarni puxta biliş hammamizning burçimiz. Zero, qonunni bilmasdan, kişi, ayniqsa, jurnalist, öz haq-huquqi, burçi va majburiyatlariga amal qilişi muşkul. Ana şunday muhim özgartişlarning ayrimlariga töxtalib ötiş foydadan xoli bölmaydi, deb öylayman.
Yangi qonunga binoan Saylov kodeksiga kiritilgan özgartişlarga köra, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov ötkaziş vaqtini özgartirişga oid taklif, ayniqsa, köpçilikning eʼtiborini tortganini qayd etiş joiz.
Aslida, saylov jarayonlarining köp yillik bevosita iştirokçisi sifatida fuqarolarning saylovlarni ötkazişni iliq kunlarga köçiriş borasida bildirgan istak va takliflarini ilgari ham neça bor eşitganmiz. Şunga qaramay, saylovlarni yil oxirida ötkaziş bilan boğliq eski anʼanani özgartiriş masalasi hozirgaça eʼtibordan çetda qolib kelayotgan edi.
Ekspertlar tomonidan qayd etilganidek, saylovlarning qahraton qiş — dekabr oyidan köra, oçiq-soçiq, iliq oyda ötkazilişi saylanuvçilar va saylovlarni taşkil etuvçilar uçun ham juda qulay.
Saylov qonunçiligiga kiritilgan bu muhim yangilikni katta xayrixohlik bilan kutib olayotganlar orasida siyosiy partiyalar vakillari, mahalliy kuzatuvçilar, deputatlar va jurnaslitlar bor. Ularning fikriça, saylovlarning ayni sovuq qiş mavsumiga töğri kelişi fuqarolarning saylovlardagi faolligiga, saylovoldi taşviqot tadbirlarining keng qamrovda ötkazişga, ayniqsa, ommaviy tadbirlarni taşkil etişga salbiy taʼsir etib kelayotgan edi.
Qolaversa, saylovlar natijasida konstitutsiyaviy qoidalar va xalqaro saylov standartlariga binoan Özbekistonning qonun çiqaruvçi hokimiyati va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tarkibi davriylik prinsipi asosida yangilanişi taʼminlanadi. Barça darajadagi ijroiya hokimiyati qaytadan şakllantiriladi. Bundan taşqari, iliq kunlarga belgilanganligi yangi yil bayrami, yil yakunlari va sarhisobi, kelgusi yil rejalari, dasturlari bilan boğliq ğoyat muhim va sertaşviş jarayonlarga taʼsir körsatmaydi.
Bunday siyosiy-huquqiy jarayonlar muayyan vaqt va mehnat talab qilişi tabiiy. Prezidentimiz 8 fevral kuni imzolagan yangi qonun böyiça saylov qonunçiligiga kiritilgan özgartişlarga binoan, endi Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunçilik palatasiga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi belgilandi. Taʼkidlaganimizdek, bunday saylovlar ilgari dekabr oyida ötkazilar edi.
Xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlariga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilib, ularning vakolatlari tuman (şahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanişi munosabati bilan tuman, şahar saylov komissiyalari tarkibi 21 nafar aʼzogaça kengaytirildi.
2019 yili ötkazilgan saylovlar jarayonida mazkur yönalişda saylov qonunçiligini takomillaştiriş bilan boğliq qator vazifalar mavjudligi maʼlum böldi. Saylov kodeksining 25-moddasida “uçastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan köpi bitta taşkilotdan tavsiya etilişi mumkin emas”, deb qayd etilgan. Ammo şifoxonalar, dam oliş uylari, harbiy qismlar, mamlakatimizning çet ellardagi diplomatik vakolatxonalari kabi muassasalarda, ularning qatʼiy içki tartib-qoidalari talablaridan kelib çiqqanda, saylov uçastkasi aʼzolarini bunday tartibda tuziş qiyin.
Şularni eʼtiborga olib, yangi qonunga binoan, Saylov kodeksining mazkur moddasi uçinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: “Uçastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan köpi bitta taşkilotdan tavsiya etilişi mumkin emas, bundan Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam oliş uylarida, boşqa statsionar davolaş muassasalarida, qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum qiliş joylarida taşkil etilgan uçastka saylov komissiyalari mustasno”.
Taʼkidlaş zarurki, 2019 yilgi saylov davrida 38 ta xorijiy davlatdagi Özbekistonning diplomatik va boşqa vakolatxonalarida 55 ta saylov uçastkasi taşkil etildi. Mamlakatimizning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik hisobida bölgan yoki bölmaganidan qatʼi nazar, barça vatandoşlarimiz uçun ovoz beriş imkoniyati yaratilgani ham ana şunday muhim özgarişlar sirasidandir. Xorijda 112 411 nafar yurtdoşimiz özining konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, ovoz berdi. Avvalgi saylovlarda mamlakatimizning çet eldagi vakolatxonalarida konsullik röyxatidan ötgan fuqarolargina ovoz bera olgan.
Saylov qonunçiligiga kiritilgan yangi özgartirişlarga köra, saylov komissiyalari zimmasidagi nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlarini taşkil etişga oid vazifaning çiqarib taşlanişi, saylovoldi taşviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanişning taqiqlanişi, saylov natijalarini eʼlon qiliş muddatlarining asossiz çözilişining oldini oliş maqsadida, saylov komissiyalari qarorlari ustidan şikoyat qiliş muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilişiga oid yangi normalarning kiritilgani saylovlarni oçiq-oşkora, şaffof va mustaqillik tamoyillari asosida ötkazişga xizmat qiladi.
Şuningdek, siyosiy partiyalarning moliyaviy şaffofligini taʼminlaş maqsadida, ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan söng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, şuningdek, Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekşiriş natijalarini eʼlon qiliş tartibi joriy etildi.
Mazkur özgartişlardan yaxşi xabardor böliş va ularning amaliyotdagi ijrosini kuzatib boriş ommaviy axborot vositalari vakillaridan joriy yilda kutilayotgan Prezidentlik saylovining ham umumeʼtirof etilgan xalqaro saylov prinsiplari asosida ötişida muhim omil bölişi, şubhasiz. Bu muhim siyosiy kampaniya Yangi Özbekiston şaroitida saylovçilarimiz, barça fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqaraşi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etadi, deb bildirilgan işonçni oqlaş barçamizdan faol harakatni talab qiladi.
Hasan ABDURAHMONOV,
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi matbuot xizmati rahbari,
yuridik fanlar böyiça falsafa doktori
