Xalq tabobatining jonkuyari edi
Mirzakarim Norbekovning ustozi
Madiyor Solayev haqida nimalar bilamiz?
Tabib va psixolog Mirzakarim Norbekov nomi nafaqat özbekistonliklarga, balki dunyoning köpçilik mamlakatlariga ham taniş. Şuningdek, köplab insonlar soğliği va zehniyati tiklanişiga sababçi bölgan xalq tabobati xodimlari, psixologlar ham borki, ular ham biz özbeklarning ğururidirlar. Ana şu safning boşida esa marhum Madiyor Solayev ham bor edi.
Albatta, bugungi yoş avlodga bu nom taniş bölmasligi mumkin. Biroq 1988-95 yillar oraliğida Madiyor Solayev köpçilik orasida maşhur edi. Xöş, Mirzakarim Norbekovlar bilan bir davrda öz faoliyatini boşlagan, hattoki respublikada birinçi bölib “Şarq” xalq tabobati markazini oçib unga boş şifokorlik qilgan insonning hayoti va faoliyati qanday keçgan? Madiyor Solayevning özbek xalqi va xalq tabobati borasidagi qanday xizmatlari bölgan?
Madiyor Solayev 1947 yilning 23 yanvarida Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tuğilgan. 1972 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tugatib, Urganç şahri va Gurlan tumanidagi şifoxonalarda faoliyat körsatadi. Talabalik davridayoq xalq tabobatiga qiziqib Xitoyda işlab kelgan Habiba Nurovadan manual terapiya, igna bilan davolaş sirlarini örganadi. Öz bilim va tajribalarini oşiriş maqsadida 1977-79 yillarda Moskvadagi I.M.Seçenev nomidagi tibbiyot institutida ordinaturani ötaydi va şu dargohda terapevt bölib işlaydi. Tibbiyot sohasidagi tajribalarini boyitib fransuz tilini ham mukammal örganadi. Ordinaturadagi faoliyati davomida tirişqoqligi bois maşhur akademik Ye.I.Çazovning eʼtiborini tortadi va uning tavsiyasi bilan Tunis davlatiga işga yuboriladi. Şu tariqa Madiyor Solayev 1979-82 yillarda Tunisda şifokor sifatida faoliyat olib boradi. Madiyor Solayevni sobiq ittifoq va Şarq davlatlarida maşhur qilgan voqea sobiq ittifoq zamonida eng maşhur jurnallardan biri bölgan “Ogonyok”ning 1981 yildagi 1-sonida u haqdagi maqolaning yoritilişi bölgan.
1982 yilda Tunisdagi xizmat şartnomasi tamom bölgaç Madiyor Solayev Gurlanga kelib, şifokorlik qiladi. 1986-88 yillarda Toşkent tibbiyot institutining klinikasida faoliyat körsatadi. Madiyor Solayevning köp yillik orzulari 1988 yilda uşaldi — soğliqni saqlaş vazirligi qoşida xöjalik hisobidagi “Şarq” xalq tabobati markazini taşkil qildi. Natijada respublika böyiça xalq tabobati sohasi vakillarining armoni aynan Madiyor Solayev tufayli amalga oşdi. Şuningdek, öşa yillari aynan Mirzakarim Norbekov Madiyor akaning qöllab-quvvatlaşi bilan “Şarq” tabobati markaziga kelib faoliyatini boşlaydi va dovruğ qozonadi.
Madiyor Solayev öz bilganlari va tajribalari asosida “Yoşlik”, “Fan va turmuş”, “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”) naşrlarida köplab maqolalar çop ettirib bordi. Ayniqsa, 1988-91 yillardagi eng ommabop bölgan “Fan va turmuş” jurnalidagi “Şarq şifosi”, “Xalq tabobati”, “Şimoldan kelayotgan ofat” singari köplab maqolalarida tibbiyotni isloh qiliş, xalq tabobatining afzalliklari, ekologik ofatlar haqida mantiqan mulohazali çiqişlar qildi.
Madiyor aka öz maqolalarida xorij tajribasidan kelib çiqib, şuningdek, milliy anʼanalarga suyangan holda nafaqat tibbiyotga oid, balki taʼlim, içki işlar, tabiatni muhofaza qilişga oid köpgina takliflarni ham ilgari surgandi. Uning ana şu taşabbuskorligi eʼtiborga olinib, Moskva va Örta osiyolik olim va ijodkorlardan iborat “Orol-88” ekspeditsiyasi uni öziga aʼzo qilib olgandi. Natijada Madiyor aka ekspeditsiya aʼzolari bilan ikki oy Örta Osiyodagi poytaxtlar, daryolar va suv omborlaridan to Orolgaça bölgan masofani vertolyot, avtomaşina va otda kezib çiqqaniça ekologik fojialar, ularning kelib çiqişini tahlil qilib çiqqandi.
Madiyor aka matbuotning jonkuyari sifatida yangi taşkil qilingan “Sirli olam”, “Qalb közi” naşrlarining tahrir hayʼati aʼzosi sifatida xalq tabobatiga oid maqolalarning berib borilişiga boşçilik qildi.
Biroq… 1998 yilda akademik Ye.I.Çazovning taklifiga binoan yana Moskvaga borib xususiy klinika vitse prezidenti sifatida to 2004 yilgaça faoliyat körsatdi. Bu davr mobaynida rossiyalik hamkasblari bilan Yevropa davlatlari, Avstraliya, AQŞ, Birlaşgan Arab Amirliklari va boşqa davlatlarda xalq tabobati böyiça muolajalar olib bordi va qator xalqaro ilmiy konferensiyalarda maʼruzalar qildi.
Tinib-tinçimas şifokor, maşhur tabib Madiyor Solayev 2005 yili Toşkentda vafot etdi. Xalq tabobatini Özbekistonda birinçilardan bölib yölga qöygan, bu borada xalqaro miqyosda şarqona davolaş usullarini tadqiq va taşviq qilgan insonning hayoti şu taxlit yakun topdi.
Oradan mana yillar ötib Madiyor Solayevning 1998 yilda Özbekistonda töxtab qolgan faoliyati (“Şarq” tabobati markazi nazarda tutilmoqda U.B.) yangi kölamda davom etmoqda. Yaʼni Özbekiston Xalq tabobati akademiyasi faoliyat yuritmoqda. Mirzakarim Norbekov kabi safdoşlari esa xalqaro miqyosda şarq tabobati va inson psixologiyasi borasidagi işlarini keng yölga qöyişmoqda. Bu işlarni 1988-98 yillarda birinçi bölib boşlagan Madiyor Solayevning bu soha istiqboliga qöşgan hissasi katta ekan, demak, Xalq tabobati akademiyasi marhum yurtdoşimizni xotirlaş tadbirlarini ötkazsa arziydi. Şuningdek, şogirdlari va safdoşlaridan u kişining qilgan xizmatlari haqida “Madiyor Solayev zamondoşlari xotirasida” nomli yodnomani yozib olib naşr etilsa, savobli iş bölardi. Qolaversa, M.Solayevning matbuotdagi hozirgaça öz ahamiyatini yöqotmagan maqolalarini kitob holida ham çop qiliş, yanada foydali amallardan bölar edi.
Umid BEKMUHAMMAD
