Fazilatli inson
Oramizda fazilatli insonlar talaygina. Tanigan-tanimaganimiz, bilgan-bilmaganimiz qança. Fazilat sohiblarining hayot yöllari köpçilikka ibrat böla oladi. Maqolamiz qahramoni ham xuddi şunday odamlardan: Jizzaxning Foriş tumani Kuybuloq qişloğida Navrözboy ota va Hamro ona xonadonida tuğilib voyaga yetgan olim, qöli yengil şifokor — onkoxirurg Sarimbek Navrözovdir.
Sarimbek hali maktabga çiqmasdan turib akasidan öqiş-yozişni örganib olgandi. U maktabdagi ustozlarini mamnuniyat bilan eslaydi. Yoş öquvçiga “Professor”, deb murojaat qilib, izzat qilgan öqituvçilarini xotirlamay böladimi? Sarimbek Navrözovning yoşligidan ustozlariga mehri baland edi.
Kattagina şifoxonaga boş şifokor etib tayinlanganida, bir neça döstu birodarlari uni tabriklaş uçun iş joyiga kelişadi. Lekin eşigiga “Boş şifokor” deb yozilgan xonadan Sarimbek Navrözovni topa olişmaydi. Çunki olim şifokorlar xonasida hamkasblari davrasida ötirgan edi.
Döstlarini körib, çehrasi yorişgan Sarimbek aka ularni boş şifokor xonasiga emas, yana boşqa xonaga taklif qiladi. Mehmonlarining hayron bölganini sezgan olim: “Bu joyga mendan avval ustozim rahbarlik qilgan, u kişi oq fotiha berib, örinlariga meni tayinlab ketgan bölsalar ham, boş şifokor xonasiga kirib, joyiga ötira olmayapman. Ustozga hurmatsizlik qilayotgandek sezyapman özimni”, deydi. Mana, ustozga bölgan hurmat, eʼtibor!
“Nimaga erişgan bölsam, kitob orqali erişdim. Otamning nasihatini takrorlab farzandlarimga, nevaralarimga: kitobni seving. U sizni nurli yöllarga boşlaydi, deb bot-bot aytaveraman”, deydi u.
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Özbekistonda koloproktologiya asosçisi, qöli yengil xirurug Sarimbek Navrözov bugun 60dan ortiq malakali mutaxassislarning ustozi. Şifokor-olim hozirda poytaxtimizning Olmazor tumanida joylaşgan “Yangi hayot” xususiy klinikasining rahbari. Klinikaga kirişingiz bilan ikki tomonda ikki byustga közingiz tuşadi. Bu byustlarni professor Sarimbek Navrözov ustozlari xotirasiga atab qöydirgan.
— Bu haykallar ustozlarim akademik Öktam Oripoviç Oripov va tibbiyot fanlari doktori Vitaliy Dimitroviç Fyodorovlarniki. Kamina şu ustozlarim yordamida professor darajasiga erişdim, — deydi faxr bilan. Şuningdek, olim A.Otaullayev, A.Sirota, X.Aripova, S.Fayn kabi fidoyi ustozlaridan eng kerakli, töğri maslahatlarni olganini, ulardan hamişa minnatdor ekanini taʼkidlaydi.
Darhaqiqat, Sarimbek Navrözov ustozlarini uluğlab kam bölmadi, özi ham eng yaxşi ustoz maqomiga erişdi. Tinimsiz mehnatlari evaziga katta muvaffaqiyatlarni qölga kiritgan inson. Onkolog-xirurg sifatida kuçli mutaxassis hisoblangan olim, ayniqsa, onkologlarning bilimdon va jiddiy, masʼuliyatli bölişini istaydi. Çunki xastaliklar içida onkologik xastaliklar bugun ham hali töliq örganilgan deb bölmaydi.
S.Navrözov respublikamizning boş onkologi, Respublika onkologlari uyuşmasi raisi sifatida “Rak tolstoy kişki”, “Kron kasalligi” kabi bir neçta monografiyalar hamda “Xirurgiya” darsligini yaratdi. Ana şu kitoblari orqali onkologiya sohasidagi dolzarb muammolarni nazariy va amaliy jihatdan batafsil yoritib berdi.
Sarimbek Navrözovning eng katta fazilati ustozlarining qadr-qimmatini hamişa baland tutganidir. Uning bu xislatidan har kişi ham ibrat olsa olgulik. Forişliklar “Bu olim bizning Kuybuloqda tuğilgan”, deya maqtanişsa arziydi. Haqli ravişda, Sarimbek aka yurtimizning bir fidoyi farzandi sifatida faxrlanişimizga loyiq bölgan odamdir.
Maʼsuda YOQUBOVA,
“Hurriyat” muxbiri
