Şaʼn  himoyasi

Musavvir haqida: Özbekiston badiiy akademiyasi ijodkorlari uyuşmasi aʼzosi, taniqli rassom Jöra Asran 1957 yilda Andijon şahrida tuğilgan. Örta maktabni bitirib, 1976-1980 yillar Benkov nomidagi respublika rassomçilik bilim yurtida tahsil olgan. 1981-1987 yillar Toşkent Teatr va rassomçilik institutini bitirgan.

Körgazmalari nafaqat mamlakatimiz, çet davlatlarda ham namoyiş etilgan.

Quyida taqdim etiladigan rassom ijodidan namunalar hamda u haqda yozilgan öylar sizga maʼqul böladi, degan umiddamiz.

Tong odamga özgaça huzur bağişlaydi.

Jöra Asran subhidamda boğini aylanarkan, beixtiyor kuni -keça berilib çizgan qiyo­gullari oldiga kelganini bilmay qoldi. Ularning har biri sahnada öynab kelib, maysa­zor­da rangin lozimlarga berkingan çiroyli oyoqlarini yiğiştirib ötirgan raqqosa qizlarga öxşaydi.

U gullar oralab ötarkan, uning quloğiga ğangur-ğungur ovozlar eşitilib qoldi. Tovuş kelayotgan tomonga qarab yurdi. Bodomzor nihollari ostini begona ötlardan tozalab, yerini yumşatayotgan, suvga yöl oçayotgan boğbon bilan şogirdi Töxtasin  gaplaşib turişardi.

— Jöra  aka zör odam, — kutilmaganda ustozi haqida gapirib qoldi şogird,  — faqat bir kamçiliklari bor-da!

Rassom gap özi haqda borayotgani  uçun ham suhbatga quloq solişga majbur böldi.

— Kamçiliksiz odam böladimi? —  bir muddat işdan töxtab, şerigiga ajablanib qaradi boğbon. — Qani ayt-çi, nimadan köngling tölmayapti. Jöra Asranning qanday kamçiligi bor ekan?

— Haddan taşqari işonuvçan, duç kelgan odamga yaxşilik qilaverişlari töğri emas.

— Duç kelgan odam deb kimni nazarda tutayapsan? Özing ham jamoamizda yangisan. Demak, sen ham duç kelgan odamsan-da, a?!

— Anavi ikki qizni işga olganlarini aytayapman. Ğirt öyinqaroq-ku ular. Oşpaz yigitning atrofida aylanişgani-aylanişgan. Keyin yolçitib işlaşmayapti. Qaçon qarama sotkada qöşiq eşitişadi.

— Ular oşpaz bola bilan bir qişloqdan, —  boğbonning jahli çiqqani sezildi. — Bolalikda birga ulğayişgan, aka-singilday bölib ketganlar. Keyin qizlarni işga men olib kelganman. Saksondan oşgan buvisi bilan yaşaydi. Kattasining akasi oğir betob, töşakka mixlangan. Yalinib kelişgandi, Jöraga aytdim. Yöq demadi. Özi Jöra Asran Xonobod xalqini öz oila aʼzosiday köradi. U ötqazgan mana bu daraxtlar hosilini qöni-qöşnilar bilan baham köradi. Rassomman deb ötirmay, Yaponiyadan keltirilgan daraxt köçatlarini köpaytirmoqda. Pulga muhtoj bölganlarga iş topib berayapti. Menga, yöğimda qöşnilardan kimdir nimadir sörab kelsa, yöq demang deb tayinlagan. Bular öşa qöşnilarning qizlari-da! Ularning qöşiq eşitişiga kelsak, mana özing. Qaçon xonangga kirsam  Şerali Jörayevning qöşiqlarini eşitayotgan bölasan, şundaymi?  Gulday qizlarni duç kelgan odamga yomonlab yurganingni boşqalardan ham eşitgan edim:   “Işlari sust, faqat gap sotib ötirişadi, söroqsiz içkariga kirişayapti, pandemiya payti köçadan infeksiya olib kirişlari mumkin, bulardan köra yoşi kattaroq ayollarni işga oliş kerak edi”. Bu qanday gap, uka?! Bunaqada ular rizqining qirqilişiga sababçi bölib qolişing mumkin! Bu gunohku! Sen kimsan özi bu yerda?  Şaharda uysiz yurgan eding, Jöra oğaynim olib kelib boşpana berdi, tirikçilik qilişingga imkon yaratib qöyibdi. Yana nima kerak senga? Bilib qöy, Jörani bolaligimdan bilaman, past-baland gaplarga eʼtibor bermaganday yuradi, lekin birdaniga bir qarorga keladi va uni amalga oşirmasdan qöymaydi. Sen aytgan işonuvçanligi ostida ham xalqning bir hikmati bor: yaxşi bölsa oşini yeydi, yomon bölsa boşini…

Rassom Jöra Asran poytaxtda yaşagan bölsa ham Andijondan sira uzoqlaşmagan. Uning gözal manzaralari, turli tabiatli odamlarning qiyofalarini kartinalarida aks ettirişni maqsad qilgan.  Köp yillar poytaxtda yaşab, ijod qilib elga tanildi. Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Muhammad Yusuf kabi juda köp ijodkorlar bilan maslakdoş böldi. U yaratgan Imom Buxoriy, Ahmad Farğoniy, Xoja Ahror Vali singari allomalarimizning portretlari mamlakatimiz va çet el muzeylarida saqlanadi, matbuotida yoritilgan. Şaharda bir neçta uyi bor. Ammo yoşi bir joyga yetganda mehr tortib öz tuğilgan joyiga qaytdi. Şu yerda bir vatan qilişga kirişgan.

Töxtasin aytgan noxuş gaplarini boğbon rassomga yetkazişidan taşvişlanib, özini tiyişga urindi.

— Men faqat ustozni asraylik deyapman, xolos, — özini oqlaşga ötdi u.

— Jöra men bilan sening himoyamizga muhtoj emas. Mayli, şunday ham, deylik. U qöllamoqçi bölganlarni kamsitib, haqorat qilib unga qanday yordam bermoqçisan?

— Qaçon, kimni haqorat qilibman?

— Tuşlikda qizlardan biri oşxonaga kirib: “Toğa, ozgina non berib yuboring” desa “Non yöq!” deb baqirib beribsan. Yana bir kuni erkalanib, şu badjahl amaki bilan yaxşilab tanişib olay, deb tuşliging­­ni oşpazning qölidan olib senga keltirib bersa, kosaga uning qöli tegdi, deya öşa kuni ovqatga qöl çözmabsan. Yana oşpazga: “Nega özing olib kelmaysan,  qizning onasi çaqaloqligida taşlab, boşqa birov bilan Rossiyaga ketib qolibdimi, bu ham öşanaqa, kosaga qöli tegdi, endi ovqatingni özing ye” debsan uyalmay. Beçora qiz  eşitib qolib, rosa yiğlabdi. Qizning dugonasi, bizni harom-xariş yuradi, deb öylaysizmi, deb sen bilan janjallaşibdi-ku!  Birovning taqdiridan  “fol” oçişga kim huquq berdi senga? Bu Jöraning quloğiga yetib bormadi, deb öylaysanmi? Nega ertasiga qizlarni içkariga oldi – ularni uy xizmatiga ötkazdi. Jörani bilaman, qizlarga ozor berganingdan keyin ularning köngli uçun şunday qilgan. Bundan sen xulosa çiqarasan, degan. Şuni bilasanmi? Yöq, bu haqda hatto öylamagansan ham. Yana röza tutganingga ölaymi? Bore-ye!

Jöra Asran ularga özini körsatmadi — asta ortiga qaytdi.

Boğbonning Töxtasinni tergaşi bu borada öz munosabatining töla ifodasi edi: “Har kim eldoşlarining obrösi, qiz-juvonlarimiz şaʼni, or-nomusini ana şunday himoya qilişi kerak?!”.

Ilhom AHROR

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan