Adolatning oğir yölida

Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal degan gap bor. Albatta, bu fikr zamirida çuqur falsafa yaşiringan bölsa, ne ajab! Negaki, adolat, haqiqat, xolislik bölmagan joyda ezgulikka joy bölmaydi, barça savobli amallar ham çippakka çiqadi.

Yaşirişga hojat yöq. Odamlar sud-huquq sohasidan rozi emas. Nega? Çunki uzoq yillar davomida sohada adolat tarozisi “buzuq” böldi, oqni-qora, qorani-oq deyişlar odatiy holga aylangan edi. Tuhmat, nohaqlikdan qança odamlar ozor çekişdi, qon yiğlaşdi. Odil sudlov qoğozlarda bölib keldi. Bunga esa ötgan uzoq va yaqin ötmişimizda misollar kam emas. Şunday ekan huquq-tartibot sohasida, şu jumladan, sudlov tizimida işlaydiganlar haqida kişilar kamdan-kam hollarda ijobiy fikr bildirişar edi.

Lekin hamma zamonlarda ham “hammaning yomon, adolatsiz” bölişi mumkin emas. Çunki yaxşi-yomon hamişa bölib kelgan-da. Har qanday davrda ham vijdon amri bilan, Yaratgandan qörqib, öz faoliyatini töğri olib borgan kişilar oz emas edi. Ha, bunday kişilar bir-ikkita emas, köplab topiladi. Faqat… sohadagi nopok kimsalar butun faoliyatga qora çaplanişiga sabab bölgan edi va bunga boşqa qator omillar ham qöşilganini   aytsak, xolis gapni degan bölamiz.

Albatta, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning jasoratli talabi bois, keyingi yillarda yurtimizda sud-huquq sohasida ham jiddiy islohotlar röyobga çiqarilmoqda. Öz vazifasiga vijdonan yondaşuvçi sudʼyalar haqida odamlar ozmi-köpmi aytişmoqda. Xususan, ana şunday halol, xolis huquqşunoslarning ustozi bölgan Ubaydulla Mingboyev sobiq Ittifoq zamonidan tortib, yurtimizning mustaqillik yillarida ham sohada samarali mehnat qilgan odil huquqşunoslardan biri böldi.

Özbekistonda xizmat körsatgan yurist Ubaydulla Mingboyev 1991-2002 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga rahbarlik qildi. Ubaydulla Qurbonoviç şu davr içida odil sudlovni yuksak darajaga kötarib, adolatli hukmlar, ajrimlar, qarorlar çiqardi.

30-, 70-, 80-yillardagi qatağonlarda jabr körgan insonlarga tegiş­li jinoyat işlarini qayta körib, ularni oqlaş uçun kuraşdi. Qançalab isteʼdodli şogirdlar tarbiyaladi.

Huquqşunos-jurnalist Şohruh Akbarov Ubaydulla Mingboyevning 1991-2002 yillarda Oliy sudga rahbarlik qilgan davrdagi faoliyati haqida “Kasbi-korim adolat böldi” deb nomlangan tarixiy-hujjatli asar yozdi.

Şu asardan bir parçani eʼtiboringizga havola etişni lozim topdik. Zero, inson haq-huquqlarini himoya qilişda, adolat bilan iş yuritgan insonlar haqida muştariylarimizga hikoya qiliş xayrli amaldir. Quyidagi lavhalarda ham adolat mezonini tiklaşda, inson huquqini himoya qilişdagi ibratli amallar közga taşlanadi.

Ikrom Seyitboyev işi

1990 yil 18 dekabr…

Yigirma ikki yoşli Ikrom Seyitboyev Gulnora Bobojonova bilan Nukus köçalarida sayr qilib yurişar, ançadan beri körişişmagani uçun suhbatlarining oxiri körinmas, buning ustiga bir-birlaridan ajralgisi ham kelmayotgan edi.

Simyoğoçdagi çiroq nur soçib turgan joyga yetganda qiz soatiga köz taşladi-yu boşini çangallab qoldi.

– Ikrom aka, voy ölmasam, soat ön bir bölib qolibdi-yu, ketaylik, uyimdagilar rosa bezovta bölişayotgandir…

– Darrov soat ön bir bölibdimi? Hozirgina körişgandik-ku sen bilan.

– Mayli, unday bölsa, ketdik, – dedi u istar-istamas, – axir sen bilan unaştirilganmiz, şuning uçun uyingdagilar xavotir olişmaydi.

Ular qizning uyi tomon yurişdi. Huv, anavi uy yonidagi burilişdan ötişsa, bas, Gulnoralarning uyi. Şu payt ularning röparasidan baland böyli, qora soqolli, köylagining tugmalari oçiq bir yigit paydo böldi. Orqasidan yana uç nafar qora körindi. Ularning özaro şaraqlab gaplaşişlaridan şirakayfligi sezilib turardi. Baland böyli yigit qizga suqlanib qarab, oğzining tanobi qoçdi va Seyitboyevga:

– Menga qara, hey yigitça, yoningdagi suluv qizni bizga taşla-da, özing uyinga ketaver, biz, – u orqada kelayotgan şerik­larini qöli bilan körsatdi,– suluving bilan…

– Bu nima deganingiz! – hayqirdi Seyitboyev, — bu qiz menga unaştirilgan, yaqinda töyimiz böladi.

Şunday deb bezorilardan sevgilisini himoya qiliş uçun qizning oldiga ötdi.

Şirakayf yigit – Töraniyazov uning yuziga bir muşt tuşirgan edi, Seyitboyev yiqildi, örnidan turmoqçi bölgan edi, duç kelgan joyiga ura boşladi. Gulnora dod soldi.

Seyitboyev, qarasa, vaziyat yomon, bu şirkayf yigitlar sevimli qizini zörlab nomusiga tegişi mumkinligini, özini esa çalajon bölgunga qadar urişi yoki öldirib yuborişi ham mumkinligini sezib qatʼiy harakat qilişi lozimligini tuşundi. U baqirdi:

– Bizni qöyib yuboringlar, sizlar ham öz yöllaringizda ketinglar!

Töraniyazov qaytanga uni urişni kuçaytirdi, yordam sörab yiğlayotgan qizni mahkam uşlab turgan bezorining şerik­lari ajratiş örniga tomoşabin bölib turişardi.

Şunda Seyitboyev şimining çöntagida qayrilma piçoqça borligini esladi va uni olib tiğini çiqardi va heç kimni körmasa-da piçoqçani uşlagan qölini kötarib baqirdi:

– Bizni qöyib yuboringlar!

Töraniyazov uning qölidagi piçoqni körsa-da qölidan nima kelardi deb öylab, uni döpposlaşda davom etaverdi. Uç nafar şeriklari esa tomoşabin edilar.

Şu payt Seyitboyev qölidagi piçoqni noiloj zöravonga sançdi. Töraniyazov qattiq oğriq azobiga çiday olmay çinqirib yubordi. Şundagina şeriklaridan biri falokat yuz berganini payqab, Töraniyazovning oldiga kelganda piçoqning tiği uning qöliga tegdi.

Olingan jarohat tufayli Töraniyazov vafot etdi…

Şubhasizki, Ikrom Seyitboyev ustidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlab yuborildi. Seyitboyev tilxat bilan oçiqda qoldirildi.

1990 yil sentyabrda Ikrom Seyitboyev bilan Gulnora Bobojonovaning töyi bölib ötdi.

1991 yil 14 yanvarda Nukus şahar sudi Seyitboyevni odam öldirganlikda va yana bir kişiga tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topdi va unga yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi. Jazoni kuçaytirilgan tartibdagi koloniyada ötaş belgilandi. Se­yitboyev sud zalida qamoqqa olindi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati 1991 yil 30 aprelda işni muhokama qilib jazoni beş yilga özgartiriş töğrisida qaror qabul qildi…

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining örinbosari iş böyiça Seyitboyevning harakatlarini Jinoyat kodeksining 81-moddasidan 84-moddasiga qayta malakalaşni sörab protest yozdi, u jinoyat sudlov hayʼatida körilib qanoatlantirildi va jazo 2 yilga keltirildi, jazoni umumiy tartibdagi koloniyada ötaş belgilandi.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari tomonidan Oliy sud Rayosatiga Seyitboyev işi böyiça kiritgan protestga Ubaydulla Mingboyev Oliy sud sudyasi Sultonboy Berdiqiliçevni maʼruzaçi etib tayinlagan edi. U jinoyat işini sinçiklab örganib çiqib, yuz bergan fojiada haqiqatan ham Seyitboyevning mutlaqo aybi yöq, u vujudga kelgan vaziyatda özining tahqirlanişi va unaştirilgan qizining nomusi toptalişining oldini oliş uçungina zöravon kimsaga piçoq urişga majbur bölgan, janjalni uning özi boşlagan, agar Töraniyazovning şeriklari fojia yuz bergunga qadar tomoşabin bölib turmasdan taraflarni ajratişganlarida fojia yuz bermas edi, degan uzil-kesil xulosaga keldi.

Berdiqiliçev bunday töxtamga kelgani haqida Ubaydulla Mingboyevning öziga maʼruza qildi.

— Fikrlaringiz menga maʼqul. Rayosat majlisida ham öz xulosalaringizni qatʼiyat bilan bayon qiling, – dedi Ubaydulla Qurbonoviç.

Rayosat Seyitboyev işini muhokama qilib, bu iş böyiça qabul qilingan hukm, qaror va ajrimlarni bekor qiliş va Se­yitboyev harakatlarida jinoyat tarkibi yöqligi uçun jinoyat işini tugatiş, Se­yitboyev Ikrom Haydaroviçni qamoqdan ozod qiliş töğrisida qaror qabul qildi.

Farida Tojiyevaning taşvişlari

Har oyning oxirgi çorşanbasi Oliy sud raisining fuqarolarni qabul qiliş kuni hisoblanar va şu kuni Oliy sud binosi boşiga tuşgan taşvişlarga çora izlab kelgan odamlar bilan gavjum bölar edi.

Ubaydulla Mingboyev allamahalgaça bölsa-da ularni qabul qilar, ariza va şikoyatlarini öqir, dardu hasratlarini eʼtibor bilan tinglar, muammoning mağziga tuşungandan keyin arizani örganiş va hal qiliş uçun u yoki bu sudyaga beriş töğrisida bir qarorga kelar edi. Bir kuni qabulga Samarqand viloyati, Toyloq tumanidan közlari mungga töla bir ayol keldi.

Ubaydulla Qurbonoviç ayolning oldin ham ikki marta qabulga kelganini esladi. Ayol mesxeti turklaridan bölib, bir neça yil oldin mahalliy aholi vakillari bilan nizo çiqqanidan keyin ularning hammasi Rossiyaga köçib ketib öşa yoqda uy bilan taʼminlangan va ularning Özbekis­tondagi uylari davlat ixtiyoriga olingan. Ayol esa özi qurgan va yaşagan, davlat ixtiyoriga ötib ketgan uyni öziga qaytarib berişni sörayotgan edi.

– Ubaydulla Qurbonoviç, – dedi u yiğlab, – men arizamga Oliy suddan yana rad javobini oldim. Menga özim qurgan uyni qaytarib berişingizni sörab yana keldim. Men heç qayerga ketmayman, özim qurgan uyda yaşaşni istayman.

“Bu muammoni çuqur örganiş va uning adolatli yeçimini topiş kerak”, öyladi Ubaydulla Qurbonoviç. “Modomiki, ayol bir marta emas, ikki marta emas, uçinçi marta Oliy sudga qabulga kelayotgan ekan, unda biz körmayotgan, tuşunib yetmayotgan bir asos bölişi kerak, biz şu asosni izlab topişimiz lozim.

Ubaydulla Mingboyev şular haqida boş qotirarkan, miyasiga bir fikr keldi va qöliga ruçka olib arizaning çetiga: “Karimjon Saidov, şu ariza böyiça men bilan gaplaşing!” deb yozib qöydi. Uning Toşkent şahar sudida işlagan paytlarda ham bir neça öta murakkab işlarni qonuniy hal qilganini yaxşi bilar edi u.

– Sizning arizangizni yana bir marta örganib çiqamiz, – deb ayolga javob berdi.

Ertasiga işga kelib Oliy sudning taj­ribali sudyalaridan biri bölgan Karimjon Saidovni çaqirtirdi.

– Karimjon, Samarqand viloyatidan mesxeti turklariga mansub bir ayol uyi­­ni qaytarib berişni sörab qabulga uç marta keldi, – dedi Ubaydulla aka. – Bilasiz, hukumat tomonidan Rossiyadan uy-joy berilgani uçun ularning uylari davlat ixtiyoriga ötib ketgan. Lekin bu ayol: “Men bu uyni öz qölim bilan qurganman, bolalarim bilan şu uyda yaşaşni istayman, uyimni özimga qaytarib beringlar”, – deb talab qilmoqda. Samarqandga borib, şu ayolning şaroiti va nizoli uy holati bilan çuqur tanişib çiqiş kerakka öxşaydi. Sizni şunga çaqirtirgan edim.

– Xöp böladi, Ubaydulla aka, tuşunarli, — deydi K.Saidov.

— Juda soz, siz bilan prokuraturadan ham bir odam birga borsa, yanayam yaxşi bölardi, – şunday deb Ubaydulla Qurbonoviç öşa paytdagi Boş prokurorga qönğiroq qildi va vaziyatni tuşuntirgan edi, u ham bu taklifga rozi böldi.

– Ertaga soat töqqizda boş prokuraturadan ham vakil keladi, Oliy sudning xizmat maşinasida birga borib kelasizlar, – dedi Ubaydulla aka.

“Ertalab Boş prokuraturadan bir prokuror ayol keldi va biz yölga çiqdik va belgilangan manzilga, yaʼni Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga borib, nizoli uyni közdan keçirgan holda batafsil örganib çiqdik, bu masalaga aloqador barça mutasaddi taşkilotlar vakillari va tuman rahbarlari bilan suhbatlaşdik”, deydi Karimjon Saidov holatni örganiş böyiça xulosasida. “Masalani örganiş jarayonida uy-joyni F.Tojiyeva ayol kişi bölişiga qaramay öz mablaği hisobidan, öz mehnati bilan qurganini, şu uyda farzandlari tuğilganini, oilasi bilan yaşab kelganini, şuning uçun ham garçand, turmuş örtoği Rossiyaning Omsk viloyatiga rasmiy ravişda köçirilgan bölsa-da, bu uydan boşqa vatani yöqligini bayon qildi, bu holatni uning qöni-qöşnilari va bundan xabardor bölgan boşqa kişilar ham töliq tasdiqlaşdi”.

Tekşiruv natijalari böyiça tuzilgan va F. Tojiyevaning öz uy-joyiga bölgan haq-huquqlari himoya qilinişi lozimligi haqidagi maʼlumotnoma Ubaydulla Qurbonoviçga maʼqul tuşdi. U Karimjon Sai­dovga “F. Tojiyeva öz mehnati bilan qurgan uyidan mahrum bölibdi, şuning uçun uning uyi öziga qaytarilişi lozim, siz bu iş böyiça Rayosatga nazorat tartibida protest tayyorlang”, deb topşiriq berdi.

Iş böyiça çiqarilgan sud qarorlarini bekor qilib, nizoli uyni F. Tojiyevaga qaytarib beriş haqidagi daʼvo talablarini qanoatlantiriş bilan boğliq qaror çiqariş haqida Ubaydulla Qurbonoviç tomonidan nazorat tartibida kiritilgan protest Oliy sud Rayosatida körib çiqilib qanoatlantirildi.

“Bir kun işga kelsam birov “Karimjon aka!” deb çaqirib qoldi”, deydi Karimjon Saidov. “Qarasam, Oliy sud binosi yonida öşa, samarqandlik ayol turibdi. Uning közlari quvonç bilan çaqnab turar edi”.

– Karimjon Usmonoviç, uyimga egalik huquqni qölga kiritdim, sizlarga rahmat, men özimning minnatdorçiligimni Ubaydulla Mingboyevga ham izhor qilişim kerak. Özlariga ayting meni bir daqiqaga qabul qilsin, bu adolatli insonga taʼzim qilmoqçiman.

Men Ubaydulla Qurbonoviçning oldiga kirdim va ayolning muddaosini aytgan edim ular boş çayqadi.

— Karimjon, bu ayol bilan boğliq masala böyiça biz ança oldinroq şunday qarorni qabul qilişimiz lozim ekan, buning oqibatida bu ayol ança sarson böldi, ğam çekdi, şu sababli ham u bilan yuz körişiş men uçun noqulay. Uning minnatdorçiligini qabul qilganimni, işini vaqtida hal qila olmaganimiz uçun uzrimizni aytib qöying, – dedi…

Şohruh AKBAROV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan