Körkam va obod mahalla
Navoiy viloyatidagi köpdan-köp özgarişlar asnosida obod maskanlar bunyod etilmoqda. Masalan, yaqinda Karmana tumanidagi “Dörman” mahalla fuqarolar yiğini binosi qayta taʼmirlanib, zamonaviy körinişga keltirildi.
MFY binosi hududida zamonaviy öyingoh, möʼjazgina istirohat boği, umumiy ovqatlaniş, maişiy xizmat körsatiş şaxobçalari qad rostladi.
Şuningdek, tuman davlat xizmatlari markazining bölimi, ayollar maslahat kengaşi va fitnes klubi, otalar çoyxonasi, sunʼiy qoplamali futbol stadioni ham bunyod etildi.
Taʼkidlaş joizki, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş va aholi farovonligini taʼminlaşga qaratilgan bunday bunyodkorlik işlari viloyatimizdagi barça mahallalarda bosqiçma-bosqiç olib boriladi.
— Men kamida sakson yillik özgarişlarni öz közim bilan körganman, — deydi 101 yoşli uruş va mehnat faxriysi, dörmanlik Pirnazar bobo Turdiyev. — Ammo bugungidek körkam, obod mahalla guzarini birinçi bor körişim. Şunday kunlarga yetkazganiga şukr.
Şu kuni “Dörman” mahalla binosida joylaşgan “Dörman tekstil” tikuvçilik korxonasining tantanali oçiliş marosimi ham bölib ötdi.
Endilikda “Yoşlar daftari” va “Ayollar daftari”dan çiqib, yangi tikuvçilik korxonasida iş boşlagan 100 nafar mahalliy xotin-qiz öz oilasining moddiy daromadiga munosib hissasini qöşadigan böldi.
Mahalla guzari hamda tikuvçilik korxonasining tantanali oçiliş marosimida Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov, Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari B.Parpiyev, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” boş direktori Q.Sanaqulov iştirok etdi.
Öz muxbirimiz
