Xayrullo Bozorov: “2022 yil kamida uç sohada “Farğona tajribasi yili” böladi”

Yakunlanib borayotgan 2021 yil Farğona viloyatida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda namuna bölişga, ibrat olişga arzigulik qator işlar amalga oşirildi va bu hodisalar “Farğona tajribasi” atamasi bilan butun respublikaga yoyildi. Yilni sarhisob etganda esa yurgan manzillar, ortda qolgan öçmas izlarga bir qur nazar taşlaşga ehtiyoj seziladi.

Yil mobaynidagi quvonçli hodisalardan biri ön yillardan buyon berk bölgan, qirğiz va özbek qardoş xalqlari uçun oğriqli muammoga aylangan Rişton- Söx yölining oçilişi böldi. Çegaraning ikki tomonida yaşayotgan odamlarning neça yillik orzulari uşaldi. Yillar davomida körişa olmay, soğinç azobidan qiynalib yaşagan insonlarning şirin diydordan baxtiyor çehralari ikki xalqning et bilan tirnoqdek yaqin ekanini, birini ikkinçisidan ajratib bölmasligini isbotladi.

Taqdir taqozosi bilan Rişton tumanining Oqtomir qişloğida tuğilib ösgan Dilşodjon Imomaliyev hozirda Qirğizistonning Qadamjoy tumaniga qaraşli Örikzor qiş­loğida yaşaydi.

— Tönğiç farzandim Özbe­kis­tonda tuğilgan, ota-onam ham Riştonda istiqomat qilişadi, — deydi hayajonini yaşirmay Dilşodjon. — Ikki yurt çegarasini atigi bitta ariq ajratib tursa-da, ota uyimga kelib-ketiş uçun ön yillar davomida yuz kilometrlab masofa bosib, Vodil çegara posti orqali ötişga majbur edim. Şunda ham töy yoki maʼraka uçun oila aʼzolarim nomidan telegramma jönatilişi kerak bölardi. Özbekistondagi yangilik va özgarişlar, bunyodkorlik işlarini televizor orqali körib, hayrat va havas bilan yaşardik. Bugungi Riştonni körib, közlarimga işonmadim. Qadrdon mas­kan butunlay yangilanib, gözallaşib ketibdi.

Rişton tumanidan qöşni Qirğiziston orqali viloyatimizning anklav hududi – Söx tumaniga boruvçi yölning qayta oçiliş marosimi şu yil 1 apreliga töğri keldi, bu kuni yuraklar hazildan emas, haqiqat sabab sevindi, qalq­­di. 80 km.lik masofa 19 km.ga qisqardi, yöllarga hamohang dillar, mehr-oqibat, döstlik masofasi-da qisqardi, yaqinlaşdi.

Quvonarlisi şundaki, rahbarlar bilan xalq örtasidagi masofalar ham bir odim bölib qoldi. Prezidentimizning joriy yil 4-5 fevral kunlari Farğona viloyatiga taşrifi doirasida belgilab berilgan yangi yönalişlar va vazifalar asosida har bir mahalla, oila va fuqaroning dardini tinglaş, muammolarini örganiş va hal etiş, aholi bandligi va daromadini oşiriş maqsadida “mahallabay” işlaş tizimi Farğona tajribasi sifatida yölga qöyildi. Natijada, qaramoğidagi gödagiyu keksa ota-onasini taşlab çet davlatlarga “qora iş”ga ketayotgan minglab yurtdoşlarimiz vatanda olib qolindi, iş bilan taʼminlandi, tadbirkorlik faoliyatini boşlab olişi uçun imtiyozli kreditlar berildi, kasb-hunarga öqitildi.

Qadr – inson hayotidagi öziga tegişli bölgan va uni inson ekanini his ettirib turadigan oliy tuyğu, maqom, qadriyatdir. Kasbiy faoliyat, moddiy farovonlik, oiladagi azizlik maqomi – yuriş-turişimiz, yaşaşimiz, borligimiz ana şu tuyğuning çanqoğini qondiriş atrofida aylanadi. Yangi Özbekistonning şioriga aylangan “Inson qadri uçun” tamoyili zamirida avvalo, ruhiy xotirjamlik, yuksaklikka yetiş turibdi. Asli azal-azaldan özbek xalqi, jumladan, farğonaliklar insoniy tuyğularni qadrlaydigan, kattaga hurmat, kiçikka izzat körsatadigan xalq. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning xayrli taşabbusi bilan ana şu köngillarda uçqunlagan mehr alanga oldi. Viloyat rahbari şaxsan şu zamin rivoji uçun kasb-hunari, el-yurtga nafi tegadigan farzandi, gözal işlari bilan xizmat qilgan onalarga ehtirom körsatdi. Respub­likada ilk bor Farğonada “Onalarga ehtirom” festivali ötkazildi. 25 nominatsiya böyiça duogöylarimiz, onajonlarimiz eʼzozlandi. Dunyo taşvişlari bilan andarmon yurgan farzandlarga “Onangizni eʼzoz­lang, borida qadrlang, asrab-avaylang!” degan hayqiriq, çaqiriqdek böldi. “Mehr estafetasi” viloyat miqyosida, şahar-tumanlar böylab şu qadar keng yoyildiki, dovruği boşqa viloyatlarga qadar yetib bordi. Bu xayr­­li taşabbusning kelgusi yili mamlakat böylab qanot qoqişidan umidimiz bor.

Sönggi yillarda odamlarga mehr ulaşiş, qadr-ehtirom körsatiş Farğonada odat tusini oldi. Xususan, Loğonda “Uç avlod uçraşuvi”, “Keksalar haftaligi”, “Yoşlar forumi” kabi tadbirlarning ötgani har bir avlod vakiliga eʼtibor körsatiş, eʼzozlaşga yaqqol misol böladi.

Köngillardagi obodlik köçalarga, qişloğu şaharlarga köçdi. “Daşt möʼjizasi” deya atalayotgan, çor tomoni qumloq, toşloq bölgan daştning örtasida qad rostlagan “Guliston” şaharçasi 1236 ta xonadondan iborat 61 ta köp qavatli uylarni bağriga oldi. Endi respublika böylab “Bağdodda nima gaplar?” deya tak­ror söraladigan, “Bağdod tajribasi”ni örganiş uçun uzoq-yaqindan kelinadigan böldi.

Bağdod tumani markazidan 12-13 km. uzoqlikdagi zamonaviy massivda yangi MFY binosi, qöşimça 440 örinli maktab, 150 örinli bolalar boğçasi, poliklinika, savdo majmuasi, kovorking markazi, sport kom­­­­­­­p­leksi, madaniyat markazi, istirohat boği singari ijtimoiy soha obʼyektlari foydalanişga topşirildi. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik va oqova suv tarmoqlari tortiş, içki yöllar qurilişi böyiça ham şaharsozlik meʼmorçiligi anʼanalari asosida lo­yiha hujjatlari tayyorlandi.

Şuningdek, işsizlik va kambağallikni qisqartiriş maqsadida “Muruvvat” MFYga yondoş hududda 14,3 gektar maydonda “Mustaqillik” kiçik sanoat zonasi, 100 gektar yerda har biri 10 sotixdan limonçilikka ixtisoslaşgan issiqxonalar barpo etilyapti. Bugungi kungaça 85 ta issiqxona bitkazilib, hududda qurib bitkazilgan uylarga köçib kelgan oilalarga ajratib berildi.

Uyning 1 kv. metr narxi 3,5 mln. söm bölib, ikki xonali xonadonning qiymati 140 mln. söm, uç xonali uy 168 mln. sömni taşkil etmoqda. Aytaylik, ikki xonali uyning boşlanğiç tölovi 21 mln. söm. Uy oluvçiga 15 foiz miqdorida subsidiya (14 mln. söm) berilişi natijasida u atigi 7 mln. söm mablağ evaziga yangi uyga köçib ötadi. Hozirgi kunga qadar “Muruvvat” MFYda 5 ta köp qavatli uylar bitkazilib, asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan oilalarga ajratildi.

Bunday massiv şaklidagi uylar nafaqat Bağdodda, balki Farğona şahrida (29 ta köp qavatli uy, 980 ta xonadon), Oltiariq (9 ta köp qavatli uy, 258 ta xonadon), Uçköprik (10 ta – 250 xonadon), Buvayda (11 ta – 380 xonadon) tumanlarida ham barpo etildi. Bu kabi bunyodkorlik işlarini sanamoqqa oson, ammo aholiga hamma şaroitga ega, şinam, ozoda, şahardan qolişmaydigan uylar, massivlar, boğlarni qurib bitkaziş uçun avvalo, viloyatning mutasaddi rahbarlari, mehnatkaş xalqi tinim bilmadi.

Davlat rahbarining aholi barça qatlamlarini uy-joy bilan taʼminlaş, bu borada tanlaş imkoniyatini kengaytiriş böyiça bergan topşiriqlaridan kelib çiqib, 2021 yilda ilk bor şahar va tumanlarda taj­riba sifatida köp qavatli uy-joylar qurilişini xususiy pudrat taşkilotlarini jalb etgan holda amalga oşirildi. Va natija kutilganidan ham ziyoda böldi.

300 gektarlik foydalanişga yaroqsiz hududda “Eko şahar”ning bunyod etilişi esa alohida mavzu. Giyoh unmas daştu dala örnida yaratiladigan yaşil şahar 40 ming nafar farğonalik uçun boşpana, unga tutaş kiçik sanoat zonasi 20 mingdan ortiq aholi uçun mehnat maskani bölişi közda tutilgan.

Şahar ob-havosini möʼtadillaştiriş, hududni “obihayot” bilan taʼminlaş maqsadida loyihalaştirilgan yangi kanal qurilişi jadallik bilan olib borilmoqda. Umumiy uzunligi 10 km. dan ortiq bölgan tarmoq Farğona tumanidagi Şodiyeva nomli kanaldan suv oladi. Uşbu kanal “Eko şahar” hududida 70 gektar maydonda taşkil etiladigan “Yangi Özbekiston” boğini suv bilan taʼminlaydi. Ayni kunda bu yerda qudratli texnikalar, yuzdan ortiq quruvçilar basma-basiga mehnat qilmoqda.

— Bu yerda 7-25 qavatli 313 ta 14 ming 244 xonadonli köp qavatli uy-joylar, 10 ta bolalar boğçasi, 4 ta maktab, 1 ta şifoxona, 2 ta sport majmualari quriladi, 10 ta tik quduq qaziladi, — deydi Farğona şahar hokimligi quriliş kompleksi mutaxassisi Bahromjon Fozilov.

Farğonaning bunyodkorlik salohiyati, yetarli şart-şaroit va imkoniyatidan qoniqqan, öziga munosib hamkor deb bilgan xorijlik investorlarning bu zamindan qadami uzilmayapti. Eng sönggi xuşxabarlardan birini olsak, Hindistonning “Apollo Hospitals” xalqaro şifoxonalar tarmoği bilan hamkorlikda Farğonada zamonaviy transplantologiya va onkologiya klinikasini taşkil etiş böyiça memorandum imzolandi.   Bu tana aʼzolari transplantatsiyasi, ortopediya, kardioxirurgiya, oşqozon-içak aʼzolari va köz kasalliklaridan şifo izlagan Farğona va vodiy ahli endi çet ellarga, xususan, Hindistonga borişi şart emas, degani. Farğonaning özida şunday murakkab turdagi operatsiyalar amalga oşiriladi, oğir kasal­liklarga davo topiladi.

Farğonada hamişa ilm, taʼlim-tarbiya masalasiga jiddiy qaralgan, uluğlangan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yil davomida maktabgaça taʼlim qamrovini 80,2 foizga yetkazmoqçi. Bunda “Farğona tajriba”laridan biri – yengil konstruksiyali yöldoş konteyner boğçalarning hissasi katta böldi. Bosqiçma-bosqiç amalga oşirilgan tizimli islohotlar natijasida bolalarni MTTlarga qamrab oliş körsatkiçi oşdi, uzoq muddat navbatda turiş holatlariga barham berildi. Bitta konteyner boğçaning qurilişi 100 ta bolani bağriga oliş uçun imkon beryapti. Bugungi kunda 5460 örinli 60 ta bunday turdagi yöldoş binolar barpo etilgan bölib, 50 tasi foydalanişga topşirilgan. Ularning yengil va qulayligi, ayniqsa, qişda issiq, yozda salqin havoni saqlovçi gazobloklardan qurilayotganligi konteyner boğçalar tajribasi töğri yeçim ekanini körsatmoqda. Viloyatda 3-bosqiçda yana 2700 örinli 30 ta bu turdagi boğçalar qurilişi belgilangan.

2021 yil Qöqon şahrida davomat juda pastligi aniqlangaç, Feys AyDi (öquvçilar davomatini yuzdan aniqlaş) tizimi tajriba sifatida joriy qilindi. Ota-ona – maktab – mahalla hamkorligini mustahkamlaşga qaratilgan uşbu tizim özining yaxşi samarasini berdi. Davomat ösişi 15 foizni taşkil etdi.

Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xalq deputatlari viloyat kengaşi sessiyasida viloyatni joriy yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2022 yil uçun belgilangan eng ustuvor yönalişlar xususida xalqqa Murojaatida kelgusi yili Farğona şahar “Sayilgoh” köçasida turkiyalik loyihaçilarni jalb etgan holda, qariyb 100 mlrd. söm mablağ hisobiga 13 qavatli, barça şaroitlarga ega bölgan zamonaviy IT Park, muhtaşam kutubxona va innovatsion til örganiş markazidan iborat majmua taşkili etilişini ham taʼkidlab ötdi. Bu ham ilm, maʼrifat, kitobxonlikka qaratilayotgan ulkan eʼtibordan nişona.

Asli farğonaliklar kitob ilmini ham, yer ilmini ham yaxşi özlaştirgan xalq. Har bir qariç yerdan daromad topiş, gulu böstonga aylantirişning ustasi. Xususan, 11 oy davomida 695,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oşirildi. Şundan qişloq xöjaligi mahsulotlari 63,2 foizni taşkil etadi. Bahranlarda tutzorlar, malinazor va pistazorlarning taşkil etilişi nafaqat viloyat, balki respublika iqtisodiyoti, eksport hajmi oşişi, dasturxonlarning möl-köl bölişi, odamlarning hayotdan rozi, turmuşi farovon bölişida ham muhim rol öynaydi.

Ha, mubolağa emas, Farğona sönggi yillarda barça jabhada qator yutuqlarga erişdi, erişmoqçi bölganlari hali yana oldinda. Xususan, işsizlikni kamaytiriş, qişloqlar infratuzilmasini yaxşilaş, xizmatlar sohasini rivojlantiriş kabi sohalardagi ayrim muammolar kelgusi yilda yana yangi-yangi vazifalar qöyişni taqozo etmoqda.

Xususan, viloyat hokimi viloyat aholisiga Murojaatida 2022 yil uç soha, yaʼni korrupsiyaga qarşi kuraşiş, soğlom turmuş tarzini yölga qöyiş hamda tadbirkorlar bilan işlaşda “Farğona tajribasi yili” bölişini alohida taʼkidlab,   “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” tamoyili viloyatimizda har jabhada boş mezon bölişi, aholini keng kölamda madaniy va sport tadbirlariga jalb etiş, soğlom turmuş tarzi va soğlom ovqatlaniş masalasiga örgatiş kerakligi, bu borada hokimlar, örinbosarlar, madaniyat, sport, televideniye, soğliqni saqlaş, mahalla raislari faollikni qölga olişi, taşabbus körsata olmaydigan, yangi-yangi ğoyalarni kötarib çiqişga, özgariş qilişga intilişi bölmagan rahbarlarga nisbatan talab ham, qöllaniladigan jazo çoralari ham juda qattiq bölişi haqida ogohlantirdi. Respublikaga örnak böluvçi “Tadbirkorlar markazi” faoliyatini yanada yaxşilaş, ularga yengillik va şaroit yaratiş zamon talabi, tadbirkorlar iqtisodiyotning drayverlari ekaniga töxtaldi.

Biz ham mehnatkaş, ğayrat-şijoatli, sabr-matonatli Farğona eli hamda oqil va adolatli mutasaddi rahbarlarga 2022 yil yangi-yangi marralarni zabt etiş, yana yangi tajribalar qilişda qatʼiyat tilaymiz. Kelajakda innovatsion, istiqbolli ğoyalarni qöllaşga kelganda, butun Özbekiston “Farğonada nima gap?” deb turguvçi bölsin!

Sevara ALIJONOVA,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan