Prezident sayloviga tayyorgarlik: keng qamrov va qatʼiy izçillik
Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötadi. Bu barça darajadagi saylov komissiyalarining zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunçiligi va xalqaro standartlar böyiça bilimini tizimli asosda şakllantiriş muhim vazifa sifatida belgilangan.
Mamlakatimiz saylov tizimini isloh qiliş va yanada demokratlaştiriş, uning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, milliy qonunçiligimizni saylov huquqiga oid xalqaro standartlarga uyğunlaştirişga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlaş darkor.
Joriy yilning 8 fevral kuni qabul qilingan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritişga doir qonun bilan saylov qonunçiligining takomillaştirilişi buning yorqin dalili böldi.
Milliy saylov tizimidagi bunday izçil va keng kölamli islohotlar saylovda oçiqlik, oşkoralik va şaffoflik amalda keng taʼminlanişi uçun uçastka saylov komissiyalaridan to Markaziy saylov komissiyasigaça – barça darajadagi saylov komissiyalari, barça saylov taşkilotçilari öz işini eng ilğor demokratik prinsiplar asosida va yuksak taşkiliy darajada amalga oşirişida muhim omil bölişi tabiiy.
Markaziy saylov komissiyasining işi şu kunlarda har qaçongidan jadallaşib, kölami kengaygan. Qöyilgan vazifalardan kelib çiqib, Prezident sayloviga tayyorgarlik körişning barça bosqiçlarida amalga oşiriladigan aniq çora-tadbirlar belgilab olingan.
MSKning aprel oyida bölib ötgan majlislarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş böyiça asosiy tadbirlar dasturi va Markaziy saylov komissiyasining Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qator normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilindi. Saylov komissiyalari aʼzolari malakasini oşirişni taşkil etiş konsepsiyasi tasdiqlandi.
Saylovga tayyorgarlik jarayonlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan izçil muvofiqlaştirib borilmoqda.
Köp bosqiçli jarayon
Saylov köp bosqiçli taşkiliy tayyorgarlikni talab qiladigan jarayon ekanligi maʼlum. Bunday masʼuliyatli jarayon taşkilotçilari va iştirokçilarining saylov qonunçiligi hamda amaliyotiga oid bilim va amaliy könikmasini oşiriş, maşğulotlarga yuqori malakali ekspertlarni jalb etiş maqsadida Markaziy saylov komissiyasi hamda Davlat boşqaruvi akademiyasi, Toşkent davlat yuridik universiteti, Boş prokuratura akademiyasi, Içki işlar vazirligi akademiyasi örtasida hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzoladi.
Nomi qayd etilgan konsepsiyada saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunçiligi va saylovda zamonaviy axborot texnologiyalarini qöllaş böyiça nazariy bilimi hamda amaliy könikmasini oşirişga qaratilgan seminar-treninglarni taşkil etiş va ötkazişni uç bosqiçda amalga oşiriş nazarda tutilgan.
Şundan kelib çiqib, Davlat boşqaruv akademiyasi, Toşkent davlat yuridik universiteti professor-öqituvçilari hamda Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi mutaxassislari safidan yuqori malakali ekspertlar tarkibi şakllantirildi.
Yuqori malakali ekspertlar tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan kelişilgan holda öquv dasturlari va öquv-uslubiy materiallar tayyorlandi. Taʼkidlaş joizki, öquv-metodik materiallarni işlab çiqişda milliy saylov qonunçiligining eng muhim jihatlariga, şuningdek, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining Özbekistonda saylovlarni kuzatiş böyiça missiyasi yakuniy hisobotida öz ifodasini topgan maqbul tavsiyalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Xususan, saylov komissiyalari aʼzolari malakasini oşirişda “Bir saylovçi – bir ovoz” tamoyiliga qatʼiy amal qiliş, saylovçi şaxsan özi ovoz berişining ahamiyatini keng tuşuntiriş, şuningdek, saylovçilar röyxati bilan işlaş, saylovçilarning yagona elektron röyxati va saylov jarayonini boşqariş axborot tizimidan foydalaniş tartibini atrofliça yoritiş kabi muhim masalalar şular jumlasidandir.
Öquv dasturlari va öquv-uslubiy materiallar şay holatga keltirilganidan söng, mamlakatimizning yetakçi oliy taʼlim professor-öqituvçilari orasidan 56 nafar respublika trenerlari tarkibi şakllantirildi va ular Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga biriktirildi.
Hududiy trenerlarga uslubiy va amaliy kömak beriş va taʼlim sifatini monitoring qilişni taşkil etiş maqsadida Toşkent şahrida joylaşgan yetakçi oliy taʼlim muassasalarining 104 nafar professor-öqituvçilaridan iborat monitoring guruhlari tuzildi va Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga biriktirildi. Şu bilan birga, respublikaning 206 ta tuman (şahar)ining har birida 4 nafardan jami 824 kişilik, zarur hollarda ularga kömaklaşiş uçun qöşimça ravişda har bir hududga 8 nafardan yana 112 nafar hududiy trenerlar tarkibi şakllantirildi.
Dastlabki bosqiç
Joriy yil 28 apreldan 6 mayga qadar Davlat boşqaruvi akademiyasida saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar va saylov jarayoni boşqa taşkilotçilarining malakasini oşiriş uçun masʼul 56 nafar respublika treneri, hududlardagi seminar-treninglarni taşkil etiş va kömaklaşiş hamda sifatini nazorat qiliş böyiça 104 nafar respublika monitoring guruhi hamda boşqa masʼul şaxslar iştirokida seminar-treninglarning dastlabki bosqiçi ötkazildi.
Treninglar davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, saylovni ötkazuvçi saylov komissiyalari tizimi, vakolatlari va vazifalari, saylov jarayonida xorijiy davlatlar, xalqaro taşkilotlar va mahalliy kuzatuvçilarning iştiroki, ularning huquq va majburiyatlari, muddatidan oldin ovoz berişni taşkil etiş, saylov kuniga tayyorgarlik köriş, saylov kuni ovoz berişni taşkil qiliş, saylov natijalarini aniqlaş va eʼlon qiliş tartibi kabi mavzular keng qamrab olindi.
Seminar-treninglar 15-21 kişilik kiçik guruhlarda taşkil etilib, interfaol usullarda, jumladan, maʼruza, videodars, saylov jarayonlarini modellaştiriş, trening, simulyatsiya, bahs-munozara tarzida olib borildi.
Davlat boşqaruvi akademiyasida boşlangan uşbu seminar-treninglar saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar va boşqa taşkilotçilarning saylov qonunçiligi böyiça malakasini oşiriş tizimining dastlabki bosqiçi böldi va maşğulotlar hududlarda davom ettirildi.
Bir hafta davom etgan seminar-trening Davlat boşqaruvi akademiyasi va Toşkent davlat yuridik universiteti professor-öqituvçilaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan işlab çiqilgan öquv dasturi va şu asosida tayyorlangan öquv-metodik materiallar asosida aynan şu ekspertlar tomonidan olib borildi.
Jarayonda ön ikkita mavzuda videodarslar tasvirga olinganini, “Saylov qonunçiligi va amaliyoti” öquv-amaliy qöllanmasi tayyorlanganini ham taʼkidlaş örinli.
Yangiça yondaşuv
Hududlarda 17 may kuni boşlanib, 24 mayga qadar davom etgan seminar-treninglarda har bir guruh maşğulotlar yakuni böyiça Oliy va örta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Boş ilmiy-metodik markaz negizida işlab çiqilgan maxsus taʼlim platformasi orqali test topşirdi. Barça tinglovçilar öquv kursini muvaffaqiyatli yakunladi. Monitoring guruhi hamda hududiy trenerlar tomonidan test natijalari tahlil etildi.
Hududiy seminar-treninglarda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va yetakçi mutaxassislari ham faol iştirok etganini alohida qayd etiş zarur.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxodjayev Komissiyaning doimiy asosda işlovçi aʼzolari bilan birgalikda Toşkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida bölib, saylov komissiyalari aʼzolarining malakasi va amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida butun mamlakatimiz böylab taşkil etilgan seminar-treninglardagi maşğulotlar jarayoni bilan tanişdi.
Jizzax davlat pedagogika institutida taşkil etilgan hududiy seminar-trening iştirokçilari bilan bölgan ana şunday muloqot çoğida joriy yilning oktyabr oyida böladigan Prezident saylovini milliy saylov qonunçiligi va umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuqori taşkiliy darajada ötkaziş borasida belgilangan muhim vazifalarning ijrosi haqida söz bordi.
Prezident sayloviga nafaqat mamlakatimizda, xorijda ham qiziqiş katta, deb taʼkidladi Z.Nizomxodjayev. Çunki ilğor demokratik tamoyillar mustahkam qaror topib borayotgan Yangi Özbekistonda fuqarolarning saylov huquqini amalda keng taʼminlaşga qaratilgan ulkan özgarişlarni jahon hamjamiyati katta qiziqiş va xayrixohlik bilan kuzatib turibdi.
Bunday buyuk özgarişlar saylov taşkilotçilari tomonidan bölajak saylovga mamlakatimiz hayotidagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida puxta tayyorgarlik körişni, saylovni yuksak saviyada taşkil etişni, puxta bilimga ega bölişni, öz vazifasiga katta masʼuliyat bilan yondaşişni talab etadi, deb qayd etdi Markaziy saylov komissiyasi Raisi öz nutqida. Ular saylov qonunçiligiga kiritilgan sönggi özgarişlardan yaxşi xabardor bölsa, axborot texnologiyalarini amalda bemalol qöllay olsa, Prezident saylovining muvaffaqiyati şunçalik tökis taʼminlanadi. Saylovçilar uçun ham, kuzatuvçilar uçun ham – barça uçun qulay şaroit yaratiladi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi viloyatlarda amaliy maşğulotlar uçun jihozlangan ayrim saylov uçastkalarini borib kördi. Ularda saylovçilar, uçastka saylov komissiyalari aʼzolari va kuzatuvçilar uçun yaratilgan şaroit bilan tanişdi.
“Prezident sayloviga tayyorgarlik işlari, xususan, saylov taşkilotçilarining malaka va amaliy könikmalarini oşirişga butunlay yangiça yondaşuv hududiy seminar-treninglarda yaqqolsezildi, – deydi hududiy seminar-trening tinglovçisi, Qoraqalpoq davlat universiteti katta öqituvçisi Gulnaz Berdimuratova. – Bu, avvalo, saylovning Yangi Özbekiston şaroitida yangiça ötişi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tub islohotlar berayotgan yuksak samaralar, xalqimiz erişayotgan ulkan yutuqlar, fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyati yanada yuksalib, barça sohalar rivojida oçiqlik, oşkoralik, demokratiya tamoyillari tobora mustahkamlanib borayotgani bilan bevosita boğliqdir. Şu bois treninglar savol-javoblar, taklif va tavsiyalar, munozaralarga juda boy böldi”.
“Treninglarda interfaol vositalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilayotgani maşğulotlarning sifat va samaradorligini oşirmoqda, — deydi Davlat boşqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Xuşvaqt Xayitov. — Iştirokçilardan okrug va uçastka saylov komissiyalari binolari hamda ovoz beriş xonalarini jihozlaş, saylov kuni ovoz berişni taşkil qiliş, saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş davrida jamoat tartibini taʼminlaş, saylov natijalarini aniqlaş jarayonini puxta özlaştiriş talab etiladi. Şu bois, ularning seminarda olgan nazariy bilimlari amaliy maşğulotlarda yanada mustahkamlandi”.
Eng muhim bosqiç
Saylov qonunçiligi böyiça hududiy trenerlar malakasini oşiriş böyiça jami 1463 nafar tinglovçi iştirok etgan seminar-treninglar nihoyasiga yetdi. Şu munosabat bilan Davlat boşqaruvi akademiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi masʼullar bilan video muloqot ötkazildi. Tadbirda hududiy trenerlarni öqitiş böyiça ötkazilgan seminar-treninglar natijalari batafsil muhokama qilindi. Yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körildi. 7 iyundan tuman-şaharlarda boşlanadigan seminar-treninglarning navbatdagi bosqiçiga yuksak saviyada tayyorgarlik köriş borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Qayd etiş joiz, tayyorlangan hududiy trenerlar endilikda tuman va şaharlarga taqsimlanib, iyun-sentyabr oylarida uçastka saylov komissiyasi raisi, rais örinbosari va kotibligiga 32 mingdan ortiq nomzod uçun maşğulotlar ötkazadi.
Seminar-treninglarning navbatdagi, eng muhim bosqiçiga tayyorgarlik işlari qanday?
Bu savolga javobni Farğona viloyati misolida köriş mumkin.
“Viloyatda 2,3 milliondan köproq saylovçi röyxatga olingan, — deydi Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Orzigul Qozixonova. — Viloyatda jami 1203 uçastka saylov komissiyasi tuzilişi rejalaştirilgan. Hozirgaça 3609 nafar uçastka saylov komissiyasi raisi, rais örinbosari va kotibligiga nomzodlar röyxati şakllantirildi. Şuningdek, har bir tuman-şaharlar sektorlari kesimida jami 76 namunaviy uçastka saylov komissiyasi va 152 har biri 30 kişiga möljallangan auditoriya xonalari tayyorlanib, öquv-seminar maşğulotlarini ötkaziş uçun tayyor holatga keltirildi”.
Bunday izçil tadbirlarning barçasi pirovard natijada saylov jarayonlari oçiq va oşkora ötişini, mamlakatimizning xalqaro demokratiya indeksidagi körsatkiçlari yanada yaxşilanişini taʼminlaş, aholining Prezident saylovida faol iştirok etişi va yurtimiz taqdiri uçun daxldorlik tuyğusini kuçaytirişga xizmat qiladi.
Dildora TOJIBOYEVA,
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
matbuot xizmatining boş maslahatçisi
