Prezident saylovi: Har bir saylovçi — diqqat-eʼtiborda
Özbekistonda barça fuqarolarning, jumladan nogironligi bölgan şaxslarning saylov huquqlarini taʼminlaşning huquqiy-taşkiliy asoslarlari va samarali mexanizmlari umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlar asosida yanada mustahkamlanmoqda.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan Özbekiston Nogironlar jamiyati, Özbekiston Közi ojizlar jamiyati, Özbekiston Karlar jamiyati va Özbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi örtasida hamkorlik böyiça kelişuvni imzolaşga bağişlangan marosimda bu alohida taʼkidlandi.
Ekspertlar eʼtirofi
Joriy yilning 7 iyun kuni “Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyani (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonunning imzolanişi Özbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilişning qöşimça kafolatlarini yaratiş, qonunçilikni yanada takomillaştiriş, nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş va ular uçun teng imkoniyatlarni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Konvensiyaning qabul qilinişi, nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş milliy tizimini ilğor xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş, nogironlarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş uçun xalqaro va xorijiy grant mablağlarini jalb qiliş, aholini ijtimoiy himoya qiliş borasida mamlakatimizning xalqaro imijini yanada yaxşilaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konvensiya nogironlarning huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş, ularga nisbatan kamsitişga barham beriş, ularning mehnat qiliş, öz soğligini asraş, taʼlim oliş va jamiyat hayotida tölaqonli iştirok etiş huquqini taʼminlaş, odil sudlovga erişiş, şaxsiy daxlsizligi, ekspluatatsiya qilinişdan va suiisteʼmollikdan himoyalanişini, erkin harakatlanişini, şaxsiy mobilligini taʼminlaşga qaratilgan ellikta moddadan iborat.
Ekspertlar tomonidan mazkur Konvensiyaning qabul qilinişi Özbekiston rahbariyatining fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantiriş, şuningdek, teng iştirok etiş va resurslardan foydalaniş, fuqarolarning siyosiy va fuqarolik huquqlarini faol va teng amalga oşiriş tamoyillariga rioya qilişga yuksak sadoqatidan dalolat ekanligining yaqqol namoyoni sifatida eʼtirof etildi.
Doimiy eʼtibor
Konvensiyaning 29-moddasiga binoan, mazkur xalqaro hujjatda iştirok etuvçi davlatlar nogironlarning siyosiy huquqlarini va ulardan boşqalar bilan teng ravişda foydalaniş imkoniyatlarini kafolatlaydi.
Nogironlar boşqalar bilan teng ravişda siyosiy va ijtimoiy hayotda bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali samarali va har taraflama iştirok etişlari, şu jumladan saylaş va saylaniş huquqlari va imkoniyatlariga ega bölişlarini taʼminlaydi.
Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksi imkoniyati çeklangan şaxslarning ovoz beriş yöli bilan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida iştirok etiş huquqlarini amalga oşirişlari uçun barça mexanizmlarni özida mujassam etgan. Saylov kuni ovoz beriş binolaridagi texnologik jihozlar — jadvallar, kabinalar va ovoz beriş qutilari nogironlar aravaçasidan foydalanuvçilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda örnatilişi lozim.
Taʼkidlaş örinliki, mamlakatimiz milliy saylov qonunçiligi va amaliyotida nogironligi bor fuqarolarning alohida ehtiyojlariga doimiy eʼtibor qaratilib kelinmoqda.
Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötadi.
Şu munosabat bilan, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 14 aprel kuni Prezident sayloviga tayyorgarlik köriş böyiça asosiy tadbirlar dasturi qabul qilindi.
Dasturdan hamkor taşkilotlar bilan birgalikda siyosiy tadbirga tayyorgarlik köriş borasida qadamba-qadam amalga oşiriladigan işlar öz ifodasini topgan. Belgilangan vazifalarning ijrosi jadallik bilan taʼminlanmoqda.
Taʼkidlaş örinliki, Asosiy tadbirlar dasturining 18 va 19-bandlarida nogironligi bölgan fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlaş bilan boğliq masalalarni hal etiş, saylovda teng imkoniyatlar yaratiş böyiça tegişli nodavlat-notijorat taşkilotlar bilan hamkorlikda iş olib boriş belgilangan.
Mustahkam huquqiy asoslar
Yaqinda Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan Özbekiston Nogironlar jamiyati, Özbekiston Közi ojizlar jamiyati, Özbekiston Karlar jamiyati va Özbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi örtasida imzolagan hamkorlik kelişuvi ham ana şunday uluğvor vazifalarga xizmat qiladi. Eng muhimi, unda nogironligi bölgan fuqarolarning milliy saylov qonunçiligiga kiritilgan özgartiş va qöşimçalardan xabardorligini oşirişga qaratilgan köplab vazifalar öz ifodasini topgan.
Mamlakatimizda barça fuqarolarning, şu jumladan, nogironligi bölgan şaxslarning saylov huquqlarini taʼminlaşning huquqiy-taşkiliy asoslari va samarali mexanizmlari töla şakllantirilgan.
2019 yilda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksida hamda unga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarda huquqiy asoslar yanada mustahkamlangan.
Kodeksda nogironligi bölgan fuqarolar özining konstitutsiyaviy huquqi – saylov huquqini boşqa fuqarolar bilan teng va erkin amalga oşirişi uçun zarur şaroit hamda imkoniyatlar yaratişga oid qoida mustahkamlab qöyilgan.
Mazkur norma 2019 yilda bölib ötgan saylovlar amaliyotida qöllanilişi saylovçilarimiz va xorijiy ekspertlar tomonidan keng eʼtirof etilgan.
Jumladan, Oliy Majlisga va mahalliy Kengaşlarga saylov ötkazuvçi saylov komissiyalari tarkibida 4158 nafar nogironligi bölgan şaxs faoliyat yuritdi. Saylov byulletenlariga moslangan Brayl yozuvidagi trafaretlar işlab çiqilib, saylov uçastkalariga yetkazildi. Bunday misollarni köplab keltiriş mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi saylovlarga tayyorgarlik jarayonida nogironligi bölgan fuqarolarning alohida ehtiyojlariga hamişa jiddiy eʼtibor qaratib keladi.
Nomlari qayd etilgan nodavlat taşkilotlar bilan Hamkorlik kelişuvini imzolaş marosimini Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi, Özbekiston Qahramoni Zayniddin Nizamxodjayev alohida taʼkidlaganidek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Prezident saylovini taşkil etiş va ötkazişda nogironligi bölgan fuqarolarning öz saylov huquqlaridan teng va tösqinliksiz foydalanişini taʼminlaş barça darajadagi saylov komissiyalari uçun juda muhim vazifa hisoblanadi.
Hamkorlikda hikmat köp
Şu maqsadda, saylov uçastkalari binosini va ovoz beriş xonalarini tanlaş va jihozlaş işlarida saylov qonunçiligiga amal qiliş, xususan, belgilangan barça şart-şaroitlarni yaratiş masalasi taşkilotçilarning doimiy diqqat markazida böladi. Jumladan:
uçastka saylov komissiyasining joylaşgan yeri nogironligi bölgan saylovçilarning ovoz beriş joyiga kelib-ketişi, xususan, transportda kelib-ketişiga;
binoga kirib-çiqişi, bino içida harakatlanişi, erkin va tösiqlarsiz ovoz berişi uçun har tomonlama qulay bölişi uçun panduslar yoki maxsus qurilmalar örnatilgan, maxsus kabinalar mavjudligiga;
ovoz beriş xonalariga olib boruvçi körsatkiçlar körinarli joyga joylaştirilişiga;
uçastka saylov komissiyasi binosida saylov kuni malakali tibbiyot xodimlarining navbatçiligi taşkil etilişiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ayni paytda, siyosiy partiya nomzodining saylovoldi taşviqotini olib borişda nogironligi bölgan saylovçilarning alohida ehtiyojlarini hisobga oliş, bunda ommaviy axborot vositalari, internet va mobil aloqa imkoniyatlaridan foydalaniş tavsiya etiladi.
Mazkur Kelişuv doirasida samarali hamkorlik qiliş maqsadida taraflar saylov konunçiligining turli jihatlari, saylovni taşkil qiliş va ötkaziş, nogironligi bölgan şaxslarning huquqiy madaniyati, saylov taşkilotçilarining kasb malakasi darajasini yuksaltiriş va boşqa masalalar böyiça axborot almaşadi;
qöşma loyihalarni amalga oşirişda axborotga doir, huquqiy, ilmiy manbalardan foydalanadi;
saylov va referendumlarga tayyorgarlik köriş va ötkazişga oid masalalarni örganiş maqsadida malakali mutaxassislarni jalb qiladi;
saylov qonunçiligini yanada liberallaştirişning mazmun-mohiyatini oçib berişga qaratilgan tadbirlar, seminarlar, konferensiyalar, treninglar, davra suhbatlarini ötkazadi, loyihalarni amalga oşiradi, tegişli taklif va tavsiyalarni işlab çiqadi, axborot almaşuvlarini taşkillaştiradi hamda mazkur işlarni amalga oşirişda imo-işora tili va brayl yozuvlaridan foydalanişni taşkil etadi;
ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanadi, birgalikda tadbir va loyihalar ötkazişda oçiqlik va oşkoralik tamoyiliga rioya qiladi.
Taraflar saylov jarayonlarida taşkil etilgan uçastka saylov komissiyalari aʼzolari tarkibiga nogironligi bölgan şaxslarni hamda jamoat birlaşmalari vakillarini tavsiya etiş böyiça tegişli takliflarni tayyorlaydi.
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Özbekiston Nogironlar jamiyati, Özbekiston Közi ojizlar jamiyati, Özbekiston Karlar jamiyati va Özbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi va ularning aʼzolari bilan saylovlarni yuksak taşkiliy darajada ötkaziş borasida hamkorlik qilişga doimo tayyor ekanligi taʼkidlandi.
Bunda mamlakatimiz kuni keça ratifikatsiya qilingan Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyada öz aksini topgan qoidalar ham muhim ahmiyat kasb etadi.
Ixtiyor XADJIYEV,
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
yuridik taʼminlaş va murojaatlarni
körib çiqiş bölimi boşliği
