Zamonaviy axborot texnologiyalari va saylov jarayonlari

Maʼlumki, joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda katta siyosiy tadbir — Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötadi. Mazkur tadbirni yuksak saviyada taşkil etiş uçun Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan izçil işlar amalga oşirilmoqda.

Buni milliy saylov tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş borasida hamkor taşkilotlar bilan birgalikda amalga oşirilayotgan kölamli işlar misolida ham köriş mumkin.

Mamlakatimizda mazkur yönalişda izçil işlar boş­langaniga uç yildan oşdi. Jumladan, Saylov jarayonini boşqariş axborot tizimiga (SJBAT) asos solinib, Saylovçilarning yagona elektron röyxati (SYAER) joriy etildi. Uşbu yangilik 2019 yili mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengaşlarga ötgan saylovlarda muvaffaqiyatli qöllanildi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 4 oktyabrda qabul qilingan “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boşqarişda axborot tizimi va Saylovçilarning yagona elektron röyxatini joriy qilişning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlaşda muhim omil bölmoqda.

Mazkur axborot tizimi huquqiy tajriba tartibida 2017 yil dekabr oyida Toşkent şahrida Xalq deputatlari tuman kengaşlari saylovida sinovdan ötkazilib, mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholangan edi.

Uning afzalligi şundaki, uşbu tizim “Bir saylovçi — bir ovoz” tamoyilini taʼminlaş, bir saylovçining bir neça röyxatga kiritilişiga yöl qöymaslik, maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida hamda xorijda yaşab turgan umumiy saylovçilar sonini, saylov okruglari va uçastkalari böyiça saylovçilar normalarini belgilaş uçun qulay imkoniyat yaratadi. Yagona elektron röyxatni qöllaşni tartibga soluvçi normalar Saylov kodeksida ham mustahkamlangan. Şu maʼnoda, joriy yilda bölib ötadigan Prezident saylovi nafaqat qonunçilik nuqtai nazaridan, balki texnik-texnologik jihozlarni qöllaş jihatdan ham mutlaqo yangiça şakl­­da ötadi.

Joriy yilda “Saylov-2021” portali hamda mobil ilovasining işga tuşirilişi ham ana şunday muhim yangilik sifatida millionlab saylovçilar, saylov taşkilotçilari, ekspertlar, kuzatuvçilar, nomzodlar, partiyalar faollarining oğirini yengil qiladi. Portalga saylov böyiça normativ-huquqiy hujjatlar, barça darajadagi saylov komissiyalarining tarkibi, manzili, telefon raqamlariga oid maʼlumotlar, saylov iştirokçilariga möljallangan öquv materiallari, eslatma va uslubiy tavsiyalar, elektron kutubxona hamda savollarga javoblar özbek, qoraqalpoq va rus tillarida yuklab boriladi.

2019 yil parlament va mahalliy kengaşlarga bölib ötgan saylov kuni mamlakatimizning turli hududlaridagi olt­mişta saylov uçastkasiga tajriba-sinov sifatida örnatilgan 120 videokamera saylovçilarning ovoz beriş jarayonini Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markaziga va internet orqali onlayn rejimida butun dunyoga namoyiş qilib turdi. Yigirmata saylov uçastkasiga ovoz beriş çoğida fuqarolarning şaxsini aniqlaş uçun biometrik hujjatlarni “öqiydigan” oltmişta qurilmadan tajriba sifatida foydalanildi. Joriy yil saylovlarida uşbu amaliyotni yanada kengaytirilgan tarzda qöllaş çoralari körilmoqda.

Saylovçilarning yagona elektron röyxati özi nima?

SYAER — Özbekiston Respublikasining 18 yoşga tölgan, doimiy yoki vaqtinça turar-joyga ega fuqarolariga oid maʼlumotlar bazasi. Röyxat tuzilayotgan vaqtda tegişli saylov uçastkasi hududida doimiy yoki vaqtinça istiqomat qilib turgan fuqarolar ham saylovçilar röyxatiga kiritiladi.

Şakllantirilgan SYAERni Prezident saylovida samarali qöllaş uçun uni yanada takomillaştiriş muhim vazifa sifatida belgilandi. Uşbu vazifalar joriy yilning 15 fevralida Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi tomonidan tasdiqlangan Saylov jarayonini boşqariş axborot tizimi va Saylovçilarning yagona elektron röyxatini takomillaştirişga doir çora-tadbirlar rejasida öz ifodasini topdi.

Ayni paytda, SYAERni şakllantiriş uçun masʼul organlar röyxati kengaytirildi. Röyxatda saylovçining nafaqat biometrik pasportiga oid, balki jismoniy şaxsning identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqamiga doir maʼlumotlar ham inobatga olinadigan böldi.

Şakllantirilgan SYAERdagi maʼlumotlarni yangilaş va dolzarblaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Içki işlar, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirliklari, Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi, mahalliy hokimliklar vakillaridan iborat işçi guruhlar tomonidan joylarda fevral-may oylarida fuqarolarning yana bir bor xatlovi ötkazildi. Xatlov natijalari joylarda taşkil etilgan işçi guruhlarning ştab­lari yordamida Içki işlar vazirligining “Manzil” dasturida 21 milliondan ziyod fuqaroning pasport maʼlumotlari turar-joy kadastr raqamiga boğlab çiqildi. Xatlov jarayonida Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan 7 millionga yaqin xonadonning barçasi örganildi va köçmas mulk obʼyektining kadastr raqami aniqlaştirildi.

Amalga oşirilgan bunday işlar samarasida endi dadil aytiş mumkinki, mabodo, saylovçilar röyxatida xato va noaniqliklar aniqlansa, har bir fuqaro tegişli saylov komissiyasiga murojaat etişi mumkin. Muammo zudlik bilan bartaraf etiladi.

Deylik, biror saylovçining yaşaş joyi özgarsa, boşqa yerda vaqtinçalik röyxatdan ötsa, bu özgariş SYAERda öz aksini topadi. Saylovçining faqat bir joyda bir marta ovoz berişiga xizmat qiladi. Har bir saylovçining qayerda, qaçon ovoz bergani yoki bermagani yagona bazada qayd etiladi. Şuningdek, butun oila nomidan bir kişi kelib ovoz berişi holatlariga ham çek qöyiladi.

Saylovçilarning yagona elektron röyxati saylovçilar uçun yana köplab qulayliklar yaratadi. Masalan, saylovçi Markaziy saylov komissiyasi saytini va Yagona interaktiv xizmatlar davlat portalini oçib, pasport maʼlumotlarini kiritiş orqali özining qaysi saylov uçastkasiga taalluqli ekanini va saylov uçastkasi joylaşgan manzilni osonlik bilan aniqlaşi mumkin böladi. Mazkur xizmat saylov kampaniyasi davrida işga tuşiriladi.

Saylov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilişi ilk bor Saylov kodeksi asosida ötadigan Prezident saylovini milliy saylov qonunçiligi va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va prinsip­lar asosida demokratik, oçiq-oşkora taşkil etişga xizmat qiladi.

Şerzod Alimov,

Özbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bölimi boşliği.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan