Söz qadri va kuçi ğolib bölsin!
— Söz erkinligi, demokratiya — matbuot va jurnalistlargagina emas, avvalambor, jamiyatning ÖZI uçun kerak! Jamiyat soğlom bölişi, rivojlanişi va uning har bir aʼzosi tom maʼnoda ozod va hur, huquqlari töla kafolatlangan, himoyalangan bölişini istasa — matbuot erkinligi töla-tökis taʼminlanişi lozim. Aks holda, özimizni yolğonlar bilan “allalaşdan” nariga ötmaymiz…
Alla aslini olganda “uxlatiş” vazifasini bajaradi. Menimça, jurnalistlar mudragan jamiyatni töğrisöz “alla”si bilan uyğotişi zarur. Baʼzan jadid bobolarimizning ezgu niyatlarini öylab qolaman…
Haqiqiy adabiyotni ŞAXSlar yaratadi deyişadi. Özbek matbuotida ham şaxslar köp bölişini istayman. Şunday bölsa, u yanayam kuçli va baquvvat böladi. Negaki, jurnalist şu xalqning ğam-taşvişi bilan yaşaydi, uning oğirini yengil qiliş uçun işlaydi, ijod qiladi.
Çin sözni mayoq qilgan barça hamkasblarimni çin dildan kasb bayramimiz bilan tabriklayman. Aslida, xolis mehnatimiz natijasida tiklangan adolat, har bir yaxşi çiqqan maqolamiz, eşittirişimiz, körsatuvimiz biz uçun haqiqiy bayram. Bu – ğalaba! Ilohim, şunday ğalabalarimiz köp bölsin. Zero, jurnalist doimo adolat tarafida böladi. Uning tomonida böliş, sobit qoliş esa oson emas. Qörqmaylik. Sözimiz öz taʼsir kuçi va qadrini tiklasin.
Gulmira Musajonova,
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va maʼrifat” telekanali katta muharriri:
