Qoş qöyaman deb… yoki tanqid madaniyati

Gapni oddiy aksiomadan boşlay qolay: tanqid – kelajak mevasi. Yurtimizda esayotgan erkinlik şabadalaridan biz, jurnalistlar ham öpkamizni töldirib nafas olayotgan bir paytda tanqidiy material tayyorlaş jarayonlari haqida fikrlaşiş payti keldi deb öylayman.

Muxbirlik faoliyatini tuman gazetasida boşlagan kezlarimda bir şikoyat xati böyiça   “Löttibozning dimoği” degan   felyeton yozgan edim. Sarlavhadan körinib turibdiki, gazetxon hozir bomba samarasini beradigan, katta foş qiluvçi ahamiyatga molik bir maqola öqişi kerak. Boşlanişini qarang: “Uzoq Bekmirzayev kim? Öğri, muttaham!”.

Gap qişloq sotuvçisining 50 kilogrammlik unning har qopini 13 söm 20 tiyin örniga 15 sömdan sotayotgani, 12 tiyin turadigan şişa idiş (tara)ni   6 tiyindan olayotgani haqida ketardi. Bu holatga yöl qöygan sotuvçiga “öğri”, “muttaham”dan taşqari “löttiboz”, “noinsof”, “nafs bandasi” kabi etiketlar ham qatorlaştirib yopiştirilgan edi.

Tanqidiy materialga tuman matlubot jamiyatidan javob keldi: “Felyeton matlubot jamiyatining tumandagi barça sotuvçilari iştirok etgan kengaytirilgan yiğilişida (aytib qöyay, yiğiliş ötgani dargumon – M.P.) muhokama qilinib, sovet savdo qoidalarini qöpol ravişda buzgan sotuvçi Uzoq Bekmirzayev işdan olib taşlandi” — deyilgandi unda. Biz javob xatini   töliğiça gazetada eʼlon qildik. Men bölsam, birinçi felyetonim çiqqanidan terimga siğmas darajada xursand, özimni göyo hamkasblarim, jamoatçilik nazarida bir poğona yuqorilaganday sezardim.

Bir kuni öşa qişloq oqsoqoli Toşboy aka aytib qoldi:

— Yozganingizni hammasi töğri, uka. Lekin qiş­loğimizda talay vaqt sotuvçi topilmagandan, obröli, halol inson deb, Uzoq akani duppa-durust öqituvçilik kasbini taşlab, dökonga ötişga zörğa köndirgandik. Unga oson emas. Ulov yetişmasligidan maşina kira qilib, 60-70 çaqirim masofadan un olib keladi. Yukni ortiş, tuşiriş xarajatlarini ham kissasidan tölaydi. Bazadagi haromxörlarni aytmaysizmi! Hamma narsaning “us­ti”ni söraydi. Hatto darvoza qöriqlab turgan qorovulgaça “haq” talab qiladi. Bularning hammasi xarajat.   Şuning uçun ham bitta bizning   qiş­loqda emas, qayerga bormang, un mahsulotlari aslidan yuqori narxda sotiladi. Buni RayPO rahbarlari ham, tekşiruvçi organlar ham yaxşi biladi. Yaxşi biladi emas, köplar şundan foydalanib, nafsini qondiradi. Qaniydi, bir mard çiqib, mana şularni ham yozsa! Bazadagi uçar omborçilarga jurnalist tugul undan kattasining ham tişi ötmaydi. Negaki, ular deyarli barça kattalarning “oğzini moylab”, tilini qisiq qilib ulgurgan…

Şu tobda yozgan materialimdan ming puşaymon bölgandim. Bir kuni maktabga borib, öqituvçilik kasbiga qaytgan Uzoq akadan felyeton uçun uzr söradim. U qölini siltab: “Qöyavering, esimdan ham çiqib ketdi”, — dedi kulib. Bu voqeani eslab, nima demoqçiman? Maqola, ayniqsa, tanqidiy maqola yozganda har bir söz vaznini taroziga qöyib, faktlarni qayta-qayta tekşirib, ularga haqiqat, adolat, beğarazlik, xolislik nuqtai nazaridan baho beriş lozim.

Munavvar PARDAYEV,

Guliston davlat universiteti

“Universitet ovozi” gazetasi

boş muharriri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan