Aʼzolik guvohnomalari topşirilmoqda

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Surxondaryo viloyat bölimi tomonidan viloyatdagi faxriy va faol jurnalistlarga eʼtibor qaratilmoqda. Viloyatdagi ijodkorlar uyuşmaga aʼzo sifatida röyxatga olingan bölib, doimiy kömak berib ham kelinmoqda.
Yaqinda bir guruh jurnalistlarning aʼzolik guvohnomasi va kökrak nişonlari Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasidan yangilangan holda berildi. Ayni kunlarda uşbu guvohnomalar viloyat bölimi tomonidan aʼzolarga yetkazilmoqda. Jurnalistlarimiz viloyatimizning turli çekkalarida yaşab, faoliyat yuritayotganiga qaramay aʼzolik guvohnomalarini topşiriş bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy ahvolidan habar olişmoqda. Tez fursatda yangilangan guvohnomalar töliğiça öz egalariga topşirib bölinadi.

ÖJIU Surxondaryo viloyat bölimi.

 

Buxoroda matbuot anjumani ötkazildi

Buxoro viloyat Turizm va sport boş boşqarmasida bölib ötgan matbuot anjumanida viloyatning turizm salohiyatini rivojlantiriş sohasida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar, joriy yil yakunlari va röyobga çiqarilayotgan loyihalar xususida söz bordi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalistlar iştirok etgan tadbirni viloyat hokimining örinbosari — Turizm va sport boş boşqarmasi boşliği Botirjon Şahriyorov olib bordi.
Taʼkidlandiki, joriy yilda viloyatda jami 692 öringa möljallangan 25 ta joylaştiriş vositasi şay qilindi. Şuningdek, viloyatda 2 ta sayyohlik firmasi, 2 ta restoran, 3 ta turistik axborot markazi, 128 ta yöl körsatkiç belgisi, 38 ta sanitar-gigiyena şaxobçasi faoliyati yölga qöyildi. Bu saʼy-harakat tufayli viloyatga taşrif buyurgan sayyohlar soni 1 million 625 ming nafardan oşdi. Bunda mahalliy sayyohlar soni 1 million 613 ming 338 nafarni va xorijiy sayyohlar soni 11 ming 749 nafarni taşkil etdi. Şuningdek, turizmning alohida turlarini rivojlantiriş maqsadida 50 ta turistik marşrutni öz içiga olgan manzilli çora-tadbir dasturi amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Ğijduvon tumanining “Qörğon” va “Çorsu” mahallalarida, Vobkent tumanining Şirin qişloğida “Turizm qişloği” va “Turizm mahallasi” taşkil etilmoqda. Umuman, viloyatdagi 28 ta turizm obʼyektida yondoş infratuzilma obʼyektlarini barpo etiş, rekonstruksiya qiliş, kengaytiriş va modernizatsiyalaş böyiça jami 82 milliard 861,3 million söm qiymatdagi manzilli dastur işlab çiqilgan.
Bundan taşqari, joriy yil yakuniga qadar viloyatda sayyohlar va mehmonlarni joylaştiriş inşooti sonini 451 taga, turistik kompaniyalar sonini 130 taga yetkaziş uçun borilmoqda. Çunonçi, Buxoro şahrining Islom Karimov köçasida Gastronomik köça taşkil etiladi. Unda milliy, vegan, koşer va yevropa oşxonasiga xos taomlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan 40 dan ortiq restoran faoliyatini yölga qöyiş, master-klass, teatrlaşgan konsert tomoşalari namoyişi uyuştiriladi. Buning hisobidan 300 dan köproq yangi iş örni yaratiladi. Mazkur köçaning taşkil etilişi asosida viloyat «Bukhara food caravan” festivali ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Matbuot anjumanida viloyatimiz sayyohlik industriyasiga oid atrofliça maʼlumotga ega bölgan OAV vakillari özlarini qiziqtirgan köplab savollarga batafsil javob oldilar.

ÖJIU Buxoro viloyat bölimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan