Yangi Özbekistonning yangi loyihalari

Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik   jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalariga qilgan Murojaatnomasida va “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida NNT va fuqarolik jamiyati boşqa inctitutlarining muhim ijtimoiy ahamiyatga molik lo­yihalarini davlat ijtimoiy buyurtmasi hamda davlat grantlari şaklida qöllab-quvvatlaş böyiça ötkazilgan 4 ta tanlovning natijalari körib çiqildi.

Parlament komissiyasi tomonidan “Yoşlarni maʼnaviy yetuk qilib tarbiyalaşda hamda bandligini taʼminlaşda ijtimoiy şeriklikni kuçaytiriş” mavzusida 50 ta davlat granti loyihasini 2,0 mlrd. sömga qöllab-quvvatlaş böyiça qaror qabul qilindi. Loyihalarni qöllab-quvvatlaş mamlakatimizda yoşlarni maʼnaviy yetuk qilib tarbiyalaşda hamda bandligini taʼminlaşda ijtimoiy şeriklikni kuçaytiriş, joylarda uyuşmagan yoşlarni jamiyatga integratsiya qilişda ularning qiziqişi, xohiş-istaklarini röyobga çiqariş, kasbga yönaltiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratildi.

Uçinçi Renessans ğoyasini yoşlar ongiga singdiriş, yoşlarda madaniy merosga hurmat, milliy anʼanalarga eʼtiqod, Vatanga muhabbat tuyğularini şakllantiriş maqsadida “Kitobxonlar viktorinasi” va “Amir Temur buyuk sarkarda, ilm fan homiysi” mavzusida inşolar tanlovini, “Ajdodlar merosi – maʼrifat ziyo­­si” nomli ilmiy-amaliy anjumanlar, millatlararo totuvlik va barqarorlikni taʼminlaş, döstlik, hamjihatlikni hamda tinçlik va totuvlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan festivallar, forumlar, tanlovlar, uçraşuvlar va boşqa tadbirlar taşkil etiş belgilandi.

Uyuşmagan va kam taʼminlangan yoşlar örtasida kiçik biznes va tadbirkorlik könikmalarini beriş böyiça mahorat darslari taşkil etiladi va ulardan qiziqişlariga qarab kasb egallaşga yordam körsatilişi taʼkidlandi.

“Jamiyatda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va aholi soğliğini mustahkamlaşda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oşiriş” mavzusida moliyalaştirilayotgan grant loyihalari doirasida: tibbiy bilimlar, erta nikoh, erta tuğuruq, soğlom turmuş tarzini şakl­lantiriş, töğri ovqatlaniş, turmuş qurmagan yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, jismoniy madaniyatni keng tarğib qiliş, birinçi yordam körsatiş, aholini tabiiy ofatlarga tayyorgarligi böyiça öquv maşqlari, aksiyalar va boşqa tadbirlar taşkil etilişi ham aytildi. “Biz soğlom turmuş tarzi tarafdorimiz”, “Soğlom oila yurt kelajagi”, “Terrorizm va giyohvandlikka qarşimiz”, “Oila — muqaddas dargoh” kabi mavzularda davra suhbatlari, uçraşuvlar, seminar va musobaqalarni taşkil etiş uçun ham 50 ta davlat granti loyihasini 2,0 milliard sömga qöllab-quvvatlaş böyiça qaror qabul qilindi.

 

Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” ğoyasi asosida fuqarolik jamiyati institutlarining maʼnaviy-maʼrifiy va tarğibot-taşviqot böyiça 30 ta grant loyihalari, 1,5 milliard sömga qöllab-quvvatlandi.

 

Bu orqali “Ayollar”, “Yoşlar”, “Mehr” va “Temir” daftarlarga kiritilgan şaxslarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayot darajasini yaxşilaşga, yangi iş örinlari yaratişga, alohida maʼnaviy uyğoqlik va ijtimoiy masʼullikka asoslangan yangiça dunyoqaraşni şakllantirişga kömaklaşiladi.

 

Şuningdek, joylardagi muammolarni tizimli hal qilişda ijtimoiy şeriklik va jamoatçilik nazorati mexanizmlarini kuçaytiriş, “Obod qiş­loq”, “Obod mahalla”, “Yoşlar kelajagimiz”, “Har bir oila — tadbirkor” kabi dasturlar ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining taşabbus­larini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.

 

Ekologiya atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatçilik va fuqarolik jamiyati ins­titutlari bilan mustahkam hamkorlikni taʼminlaş hamda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bölgan sohalarda huquqbuzarliklar sodir etilişining sabab va şart-şaroitlarini aniqlaş, OAVni korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasiga keng jalb etiş maqsadida 4 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi 1,0 milliard sömga moliyalaştirilişi belgilandi.

Parlament komissiyasi tomonidan “Millatlararo bağrikenglik va döstlik muhitini mus­tahkamlaşda fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş” mavzusida davlat granti ajratiş böyiça 6-tanlovi eʼlon qilindi. Tanlovni joriy yilning 25 noyabrdan 26 dekabrgaça eʼlon qiliş belgilandi. Parlament komissiyasi boşqa masalalarni ham körib çiqdi va tegişli qarorlarni qabul qildi.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan