Sozim

Abdulla Oripov,

Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri

Men şoirman,

Istasangiz şu,

Özimniki erur şu sozim,

Birovlardan olmadim tuyğu,

Özgaga ham bermam ovozim.

Men kuyladim — goh dilda kadar,

Goh sevinib şeʼr töqiyman men.

Tinglamasa özgalar agar,

Öz-özimga şeʼr öqiyman men.

Men kuyladim uşbu olamda

Inson bölib tuğilganimni.

Men kuyladim baʼzan alamda

Yiğlab-yiğlab böğilganimni.

Men kuyladim bu olam aro

Sobit turgan xalqimni faqat,

Men kuyladim ötmişning qaro

Zulmatida yöqligin şafqat.

Kerak bölsa, amr etsa yurak,

Keltirurman umrimga imon.

Mening uçun na taʼzim kerak,

Na halvoytar kabi şuhrat-şon.

Şaydo bölib yurganda birdan

Xayolimga taşlamang kamand.

Mijğov va past, ğiybat gaplardan

Jajji şeʼrim qöyurman baland.

Xayol kabi keng erur olam,

Mayda gapni kötarmagay şeʼr.

Kerak bölsa mening uçun ham

Javob berar bobom Alişer.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan