Bahor keldi seni söroqlab

                                                                           Zulfiya

 

Salqin saharlarda, bodom gulida

Binafşa labida, yerlarda bahor,

Quşlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

 

Qança sevar eding, bağrim, bahorni,

Örik gullarining eding maftuni.

Har uyğongan kurtak hayot bergan kabi

Közlaringga surtib öparding uni.

 

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,

Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.

Qişning yoqasidan tutib söradi seni,

U ham yoş tökdiyu, çekildi nari.

 

Seni izlar ekan, bölib şabboda,

Sen yurgan boğlarni qidirib çiqdi.

Yozib körsatay deb husn-körkini,

Yaşil qirğoqlarni qidirib çiqdi.

 

Topmay, sabri tugab böron böldiyu,

Jarliklarga olib ketdi boşini.

Farhod toğlaridan daraging izlab,

Soylarga qulatdi toğning toşini.

 

Qirlarga ilk çiqqan qöyçivonlardan

Qayda şoir, deya ayladi söroq.

Barida sukunat, maʼyuslik körib,

Horib-çarçab keldi, toqatlari toq…

 

Söngra jilo bölib kirdi yotoğimga,

Hulkar va Omonning öpdi yuzidan,

Singib yoş kuydirgan zaʼfar yonoğimga

Sekin xabar berdi menga özidan.

 

Lekin yotoğimda seni topolmay,

Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.

Yana yel böldiyu, kezib sarsari,

Mendan söray ketdi qalbimni tilib:

 

“Qani men kelganda kulib qarşilab,

Qöşiği mavjlanib bir daryo oqqan

“Baxtim bormi deya, yakkaş söroqlab”.

Meni şeʼrga örab suqlanib boqqan?

 

Örik gullariga tönmaydi nega,

Yelda hilpiratib jingala soçin?

Nega men keltirgan şöx naşidaga

Peşvoz çiqmaydi u yozib quloçin?

 

Qanday işqqa tölib boqardi tongga,

Kamol toptirardi keng xayolimni.

Uning rangdor, jozib qöşiğida

Mudom körar edim öz jamolimni.

 

Qani öşa kuyçi, xayolçan yigit?

Neçun közingda yoş, turib qolding lol?

Neçun qora libos, soçlaringda oq,

Neçun bu köklamda sen parişonhol?”

 

Qanday javob aytay loldir tillarim,

Baridan tutdimu, keldim qoşingga.

U ham ğaming bilan kezdi aftoda,

Boqib turolmayin qabring toşiga.

 

Alamdan tutoqib daraxtga köçdi,

Kurtakni uyğotib söyladi ğamnok.

Sening yoding bilan yelib beqaror,

Gullar ğunçasini etdilar çok-çok.

 

Gulu rayhonlarning taraldi atri

Samoni qopladi mayin bir qöşiq

Bu qöşiq naqadar oşino, yaqin,

Naqadar hayotbaxş, otaşga töliq.

 

Bahorga burkangan, sen sevgan elda

Ovozing yangradi jöşqin, zabardast.

Ölmagan ekansan, jonim, sen hayot,

Men ham hali sensiz olmadim nafas.

 

Hijroning qalbimda, sozing qölimda,

Hayotni kuylayman, çekinar alam.

Tunlar tuşimdasan, kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan