Ona degan nom…

Abdulla ORIPOV,

Özbekiston Qahramoni,

Xalq şoiri

Deydilar, qahrli bahodirlar ham

Janglarda jon berar çoği mardona,

Behad azoblarga çidab sönggi dam,

Bitta söz dermişlar şivirlab: Ona.

Uluğ bir donişmand olamni şarhlab,

Axiyri tanibdi tuqqan elini.

Zabon baxş etganga ehtirom saqlab,

Ona, deb atabdi ilk bor tilini.

Dunyo şoirlari Vatan şaʼniga

Sifat axtarmişlar qator va qator.

Nihoyat, kelmişlar bitta maʼniga:

Ona Vatan deya bitmişlar aşʼor.

Bisyor bölsa agar bol ham beqadr,

Takror aytilganda rangsizdir kalom.

Bu yoruğ olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan