“Matbuot uyi” taʼmirlanadi
“Bu yerda işlaydigan bosma va elektron ommaviy vositalari uçun eng yaxşi şaroitlarni yaratib beramiz”, dedi “Matbuot uyi” haqida viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov.
Viloyat hokimi “Matbuot uyi”ga borib, u yerdagi ahvol bilan tanişdi. Namangan şahrining qoq markazida joylaşgan viloyat “Matbuot uyi” qurilganiga salkam 50 yil bölyapti. Bu binoda viloyat hokimligining “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalaridan taşqari yana önlab nomdagi naşrlar tahririyatlari faoliyat yuritib keladi. Biroq bino ötgan davr içida biron marta taʼmirlanmagan edi.
Xalq içida yurib, özining eng xolis sözini aytguvçi jurnalistlar, gapning oçiği, gohida mana şunday eski va taʼmirsiz xonalarda ijod qilayotganidan, öz umrini allaqaçon yaşab bölgan jihozlardan foydalanişga majburligidan oğrinar va ökinar edilar. Nihoyat, hammasi özgaradigan böldi.
Hokim tom maʼnoda viloyatning yuzi bölgan “Matbuot uyi”da 2022 yilning yanvar oyidanoq kapital taʼmirlaş işlarining boşlanişini maʼlum qildi. Kelgusi yilda zamonaviy taʼmirlangan, barça şaroitlarga ega bino foydalanişga topşiriladi. Binoning taşqi fasadi ham şahar körkiga mos qiyofa kasb etadi.
Bu borada tahririyatlar muharrirlari, jurnalistlar bilan suhbatlaşgan Ş.Abdurazzoqov tahririyatlar moddiy ahvolini yaxşilaş, obuna jarayoniga befarq bölmaslik böyiça öz mulohaza, taklif, tavsiyalarini berdi.
O. ÖSAROVning “Facebook”dagi sahifasidan olindi.
