Endokrinologiya xizmatini takomillaştiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida

Özbekiston Respublikasi Prezidentining

Q A R O R I

 

2019-2021 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami körsatişni takomillaştiriş böyiça milliy dastur doirasida diagnos­tika va davolaşning yangi standartlari tasdiqlandi, 75 ming nafarga yaqin bemorlar 40 milliard sömdan ziyod Davlat byudjeti mab­lağlari hisobiga 100 foiz insulin bilan bepul taʼminlandi, 200 milliard sömga yaqin mablağ evaziga 14 ta hududiy endokrinologiya muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, 3,3 million AQŞ dollari miqdorida zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlandi.

Şu bilan birga, endokrinologiya xizmatini respublika böyiça yagona integratsiyalaşgan tizim sifatida şakllantiriş, yod yetişmovçiligi bilan boğliq kasalliklar profilaktikasi, qandli diabet kasalligi hamda uning oqibatlarining oldini oliş bilan boğliq tibbiy-ijtimoiy tadbirlar samaradorligini qayta körib çiqiş talab etilmoqda.

Aholiga körsatilayotgan endokrinologik yordamning samarali hamda zamonaviy tizimini şakllantiriş, kasalliklar va ularning asoratlari profilaktikasini takomillaştiriş, aholiga yuqori malakali endokrinologiya yordamini körsatiş sifatini hamda uşbu yönalişdagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oşiriş maqsadida:

  1. Quyidagilar aholiga körsatilayotgan endokrinologiya xizmatini taşkil etişning eng muhim yönaliş­lari etib belgilansin:

a) akademik Yo.Töraqulov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi örinlarda – Markaz) – hududiy tibbiyot muassasalari – tuman (şahar) tibbiyot muassasalari örtasida tizimli uzviy boğliqlikni taʼminlaş;

b) soğliqni saqlaş tizimining birlamçi böğinida endokrin kasallik­lar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlaş va boşqariş dasturlarini amaliyotga joriy etiş. Bunda:

birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ommaviy axborot vositalari orqali aholi örtasida soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş hamda jismoniy faollikni oşirişni tarğib etiş;

oilaviy şifokorlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş orqali kasallikni barvaqt aniqlaş va oldini oliş kölamini kengaytiriş;

tuman (şahar) tibbiyot muassasalari tor soha mutaxassislari faoliyatiga endokrin kasalliklarni erta taşxislaş, asoratlarining oldini oliş algoritmlarini joriy qiliş;

v) qandli diabetga çalingan bemorlarning zamonaviy dispanser nazorati (onlayn registr) tizimini joriy etiş orqali har bir bemor holatining monitoringini yuritiş;

g) aholining kasallikka çaliniş xavfi yuqori bölgan guruhlari, jumladan, bolalar, ösmirlar, homilador va emizikli ayollarni yod preparatlari bilan bepul taʼminlaş orqali yod tanqisligi kasalliklarining samarali profilaktikasini taʼminlaş;

d) “Profilaktika maktablari”ga tor soha mutaxassislarini jalb etgan holda bemorlar va ularning oila aʼzolariga endokrin kasallikni boşqariş usullarini hamda kasallik bilan yaşaşni örgatiş;

ye) taşxislaş va davolaşning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini amaliyotga joriy etiş orqali hududlarda va Markazda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari uluşini oşiriş;

j) endokrinologiya yönalişida ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillaştiriş, soha xodimlarining ilmiy salohiyatini oşiriş.

  1. 2022 yil 1 apreldan boşlab endokrin kasalliklarni erta aniqlaş va maqsadli kuzatişni taʼminlaş uçun quyidagilarni nazarda tutuvçi tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modeli joriy etilsin:

oilaviy şifokorlarni endokrin kasalliklarni taşxislaş hamda davolaş böyiça qayta tayyorlaş;

endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan ötgan patronaj hamşirasini biriktiriş;

patronaj hamşirasi tomonidan endokrin kasalligi bölgan, umumiy holati qoniqarli yoki xavf guruhidagi aholini erta aniqlaş va differensiallaşgan yondaşuv asosida kuzatib boriş;

tibbiy kuzatuv natijalari böyiça xavf omillari yuqori bölgan bemorlarni şifokor oldi körigi xonalari hamşiralari hamda oilaviy şifokorlarga yönaltiriş;

endokrin kasalliklar böyiça xavf guruhiga kiruvçi bemorlar ustidan doi­miy kuzatuv örnatiş maqsadida barça tibbiyot brigadalarini glyukometr va maxsus test yaproqçalari bilan taʼminlaş;

taşxislaş va davolaş maqsadida bemorlarni bir kunlik diagnostik statsionar kuzatiş tizimini joriy etiş.

  1. 2022-2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami körsatişni rivojlantiriş dasturi (keyingi örinlarda – Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Belgilansinki:

a) har yili kamida bir marta 40 yoşdan oşgan aholi qandli diabet va diabet oldi holatlari uçun maqsadli skriningdan ötkaziladi hamda endokrin kasalliklar aniqlangan bemorlar bilan muntazam aloqa örnatiladi. Bunda surunkali endokrin kasalliklar rivojlanişining oldini oliş uçun endokrin kasalliklarni davolaşning zamonaviy klinik protokollari va algoritmlari joriy etiladi;

b) 2022 yil 1 fevraldan boşlab anʼanaviy va masofaviy (aralaş) usulda tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimi yölga qöyiladi. Bunda:

patronaj hamşiralari hamda oilaviy şifokorlar uçun endokrin kasalliklarning oldini oliş, erta taşxislaş va davolaş böyiça ikki haftalik öquv kurslari taşkil etiladi;

endokrinolog şifokorlarni qayta tayyorlaş uçun uç yarim oylik öquv kurslari yölga qöyiladi. Bunda ular dastlabki ikki yarim oy davomida Markazda öqitiladi hamda bir oy davomida tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalarida amaliyot ötaydi;

hududlarda faoliyat yuritayotgan endokrinolog şifokorlarning malakasini oşiriş uçun bir oylik öquv kurs­lari taşkil etiladi;

v) 2022 yil 1 aprelga qadar:

zarur glyukometr, maxsus test yaproqçalari hamda ignalar markazlaşgan tartibda xarid qilinadi va tibbiyot brigadalariga yetkaziladi;

birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida belgilangan standartlarga muvofiq jihozlangan şifokor oldi körigi xonalari taşkil etiladi;

tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi endokrinolog şifokor xonalari zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.

  1. Şunday tartib örnatilsinki, unga muvofiq:

a) 25 yoşgaça bölgan qandli diabetning birinçi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda özini özi nazorat qiliş vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqçalari) bilan;

qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetişmovçilik bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va ösiş gormoni) bilan;

25 yoşdan oşgan qandli diabetning birinçi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, şuningdek, qandli diabetning ikkinçi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan;

qandli diabetning ikkinçi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bölgan bemorlar metformin dori vositasi bilan bepul taʼminlanadi;

b) bemorlarga bepul beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar markazlaşgan tartibda xarid qilinadi hamda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari orqali taqsimlanadi.

  1. Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan davlat-xususiy şeriklik asosida 2020 yilning 10 fevralida “Toşkent şahrida namuna sifatida markazlaştirilgan klinik diagnostika laboratoriyasini taşkil etiş, jihozlaş va ekspluatatsiya qiliş töğrisida”gi 1-33K-son konsessiya şartnomasi imzolanganligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.

Soğliqni saqlaş vazirligi (B.Musayev):

Toşkent şahar hokimligi bilan birgalikda konsessiya şartnomasi doirasida 2022 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahridagi barça poliklinika va tuman tibbiyot birlaşmalari laboratoriyalarini markazlaştiriş;

2022 yil yakuniga qadar tajriba sifatida har bir hududdan bittadan tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasi muassasalarining laboratoriyalarini markazlaştiriş va davlat-xususiy şeriklik asosida autsorsingga beriş çoralarini körsin.

Soğliqni saqlaş vazirligi (B.Musayev) 2023 yil 1 aprelgaça tajriba natijalariga muvofiq laboratoriya xizmatini yaxşilaş yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. Belgilab qöyilsinki:

tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, şuningdek, glyukometr, maxsus test yaproqçalari va ignalar, desmopressin, ösiş gormoni, analogli insulin, odam insulini hamda metformin maxsus dori vositalarini xarid qiliş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasi respub­lika byudjetidan 2022 yilda soğliqni saqlaş tizimi uçun ajratiladigan mablağlar hisobidan;

şifokor oldi körigi va endokrinolog şifokor xonalarini taşkil etiş hamda zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlaş, şuningdek, markaziy laboratoriyalarni taşkil etiş bilan boğliq xarajatlar tegişli mahalliy byudjetlar mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

  1. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bir hafta muddatda mazkur qaror talablariga muvofiq tegişli hududlarda 2022-2024 yillarda endokrinologiya yordami körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça hududiy dasturlarni işlab çiqsin hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida körib çiqilişi va tasdiqlanişini taʼminlasin.
  2. Soğliqni saqlaş vazirligining oilaviy poliklinikalar hamda tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi kattalar va bolalar şifokor endokrinologi lavozimlarining ştat meʼyorlarini bir ştat birligidan kam bölmagan miqdorda belgilaş töğrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Soğliqni saqlaş vazirligi (A.Inoyatov) Moliya vazirligi (J.Abruyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (B.Umurzakov) bilan birgalikda bir oy muddatda oilaviy poliklinikalar hamda tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalari ştat meʼyorlarini qayta körib çiqsin va tasdiqlasin.

  1. Soğliqni saqlaş vazirligi (B.Musayev) Quriliş vazirligi (B.Zokirov), Moliya vazirligi (T.Işmetov), Toşkent şahar hokimligi (J.Artikxodjayev) bilan birgalikda Markaz hamda uning köp tarmoqli klinikasi yangi bino va inşootlarini quriş, taʼmirlaş hamda jihozlaş işlarini 2022 yil 1 mayga qadar yakunlaş çoralarini körsin.

Bunda zamonaviy talablar asosida zarur yönalişdagi bölimlarni, şuningdek, maxsus laboratoriyalarni yaratişni nazarda tutgan holda quriliş işlari olib borilişi va tibbiy texnikalar bilan jihozlanişi taʼminlansin.

  1. Quyidagilar Markazning endokrin kasalliklarning oldini oliş va davolaş sohasidagi qöşimça vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilansin:

metabolik sindrom yönalişida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oşiriş hamda innovatsion lo­yihalarni işlab çiqiş;

metabolik jarrohlik amaliyotlarini amalga oşiriş, endokrin kasalliklarni rentgenendovaskulyar taşxislaş va davolaş hamda buyrak usti bezlariga jarrohlik aralaşuvining kaminvaziv endovizual usullarini joriy etiş;

dori vositalarining nojöya taʼsirini örganiş va minimallaştiriş doi­rasida markazlaşgan klinik sinovlar menejmenti va sifat nazorati tizimini yaratiş;

xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilmiy taşkilotlari va markazlari bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş hamda birgalikda tadqiqotlarni olib boriş;

koronavirusda qandli diabetning keçişini ilmiy-amaliy jihatdan örganib, uning oldini oliş böyiça standartlarni işlab çiqiş;

soha mutaxassislarini öqitiş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş uçun öquv dasturlarini işlab çiqiş.

  1. Soğliqni saqlaş vazirligi (B.Musayev) Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qöllab-quvvatlaş hamda tibbiyot muassasalariga jalb qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan Markaz hamda hududiy tibbiyot muassasalaridan şaffof tanlov asosida tanlab olingan 50 nafargaça endokrinolog mutaxassislarni har yili nufuzli xorijiy endokrinologiya markazlarida malaka oşirişga yuboriş, şuningdek, Markazning ilmiy malaka kengaşi faoliyatiga yetakçi xorijiy mutaxassislarni jalb etiş çoralarini körsin.
  2. Soğliqni saqlaş vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T. Işmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda:

soğliqni saqlaş muassasalarida pullik xizmatlarni rivojlantiriş hamda tibbiy xizmatlar narxlarini bozor mexanizmlari asosida şakllantiriş;

hududiy endokrinologiya dispanserlari faoliyatida har bir davolangan holat asosida moliyalaştiriş mexanizmini, bemorlarni hisobga oliş va navbat asosida davolanişga yöllaş tizimini joriy etiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

  1. Farmatsevtika tarmoğini rivoj­lantiriş agentligi (S.Kariyev) ikki oy muddatda endokrinologiya sohasida maxsus dori vositalari işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalar faoliyatini kengaytiriş, şuningdek, glyukometr va maxsus test yaproqçalarini respublikada işlab çiqarişni yölga qöyiş çoralarini körsin.
  2. Soğliqni saqlaş vazirligi (B.Musayev) soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, yuqumli bölmagan kasalliklar va ularning xavf omillariga qarşi kuraşiş hamda oldini oliş, şuning­dek, soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar böyiça maxsus turkum dasturlarni vazirlikning byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan işlab çiqsin hamda ommaviy axborot vositalarida tarğib qilib borsin.
  3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, şuning­dek, aholi örtasida keng yoritilişini taʼminlasin.

Bunda endokrin kasalliklarda soğlom turmuş tarzining ahamiyati, dori vositalarini hamda özini özi nazorat qiliş vositalarini qöllaşga oid maxsus körsatuvlar, ijtimoiy rek­lamalar va roliklarning muntazam namoyişi yölga qöyilsin.

  1. Uşbu qarorning ijrosini samarali taşkil qilişga masʼul va şaxsiy javobgar etib soğliqni saqlaş vaziri B.Musayev, Markaz direktori F.Turayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar hamda Toşkent şahar hokimlari belgilansin.

Qarorning öz vaqtida va natijali ijro etilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining birinçi örinbosari L.N.Töyçiyev zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi

     Prezidenti Ş.MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2022 yil 26 yanvar

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan