Tanlovga hujjatlar qabul qiliş davom etmoqda
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyuşmasi hamda Yozuvçilar uyuşmasi mamlakatimiz mustaqilligining öttiz bir yilligiga bağişlangan “Eng uluğ, eng aziz” anʼanaviy respublika körik-tanloviga hujjatlarni qabul qiliş jarayoni davom etmoqda.
“Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz” şiori ostida ötkazilayotgan uşbu tanlovga topşirilgan materiallar böyiça quyidagi yönalişlarda ğolib va sovrindorlar aniqlanadi:
— bosma OAV xodimlarining jurnalistik işlari;
— televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
— internet-jurnalistika;
— jurnalistlar tomonidan naşr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblar;
— yozuvçi va şoirlarning badiiy asarlari;
— tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn işlari;
— kino sanʼati asarlari.
Eslatma: hujjatlar info@jurnalistlar.uz elektron poçtasi orqali ham qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy işlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinişi lozim:
— muallif va uning professional faoliyati töğrisida qisqaça maʼlumot;
— muallifning pasport nusxasi;
— muallifning manzili va boğlaniş telefonlari.
Tanlovga 2021 yilning 1 avgustidan 2022 yilning 1 avgustigaça bölgan davrda eʼlon qilingan materiallar — asarlar joriy yilning 22 avgustigaça qabul qilinadi.
Tanlov ğoliblari Vatanimiz mustaqilligining öttiz bir yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning röyxati matbuotda eʼlon qilinadi.
Ijodiy işlar “Eng uluğ, eng aziz” tanloviga deb körsatilgan holda öz ijodiy yönalişlari böyiça quyidagi manzilga yuborilişi lozim:
- Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi, 100011. Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 30-uy. Tel.: (90) 990 35 80, (33) 855 10 13, (71) 244 62 89.
- Özbekiston “Tasviriy oyna” uyuşmasi, 100011. Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 30-uy. Tel.: 71- 244-11-64.
- Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, 100066, Toşkent şahri, Bunyodkor köçasi, Adiblar xiyoboni. Tel.: 71–231-83-49.
- Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, 100115, Toşkent şahri,Çilonzor köçasi, 1-“A” uy. Tel.: 71-277-81-49.
