“Atirgul” – jurnalist ayollar eʼtirofi
Ayol va Bahor degan muqaddas kalomlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelişi va uning beqiyos gözalligini munis ayollarimizning gulgun çehralariga qarab bilamiz.
Ularning betakror fazilatlarini har qança gapirsak, ularni har qança eʼzozlasak oz. Bejiz allomalardan biri jamiyatning madaniy darajasi uning ayoliga bölgan munosabati bilan belgilanişini taʼkidlab, bizning tariximiz ayolni ardoqlaş bobida ibrat olsa arzigulik ekanligini aytib ötmagandi.
Davlatimiz rahbarining “Ayolga bölgan hurmat-eʼtibor – bu avvalo, oilaga, jamiyat kelajagiga bölgan hurmat-eʼtibor ifodasidir” degan fikri asosida sönggi yillarda yurtimizda xotin-qizlarga alohida hurmat va ehtirom körsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan örni yildan-yilga faollaşib bormoqda.
Jumladan, OAVda faoliyat olib borayotgan jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ijodiy salohiyatini namoyon qilişiga kömaklaşiş, erişgan yutuqlarini eʼtirof etiş va ularni rağbatlantiriş borasida ham.
…Yoşlar işlari agentligining bayramona bezatilgan zali. Sahna ekranida köklam şukuhi va ayollar latofatini ifoda etuvçi suratlar ketma-ketligi aylanmoqda. Uşbu majmuada jurnalistika sohasida qalam tebratayotgan opa-singillarimizning bir guruhi eʼtirof etiladi. Bayram dasturi xonanda Şuhrat Daryoning “Bu ayol…” qöşiği bilan boşlandi. Qöşiq sözlariga ijodkor ayollar, tadbir iştirokçilari jör bölişdi. Ularning yuzlarida esa bahoriy kayfiyat va gözal tabassum.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Atirgul” respublika tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi ana şunday şukuhli tarzda boşlandi.
Tadbir oçilişida söz olgan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi Xolmurod Salimov mazkur tanlovning ahamiyatiga töxtalar ekan, bugungi kunda jurnalist ayollar yurtimiz ravnaqiga salmoqli hissa qöşib kelayotgani, ijtimoiy hayotda faolligi va öz kasbiy faoliyatida fidoyilik körsatayotganini taʼkidladi.
Alohida aytildiki, bu yilgi “Atirgul-2023” tanloviga jami 149 nafar ijodkor xotin-qizlardan 800 dan ortiq ijodiy işlar kelib tuşgan bölib, ğoliblarni aniqlaş uç bosqiçda olib borildi. Unda hakamlar hayʼati aʼzolari tanlovga yuborilgan har bir ijodiy işlarni sinçiklab örganib çiqişdi. Yakunda ular xulosasiga köra 10 nafar jurnalist-ayollar turli nominatsiyalar böyiça ğolib deb topildi.
“Insonga eʼtibor mavzusi yoritilgan eng yaxşi material uçun”, “Sifatli taʼlim ahamiyatini oçib bergan eng yaxşi material uçun”, “Maʼnaviy sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni keng yoritgani uçun”, “Inson qadrini uluğlaşga bağişlangan eng yaxşi material uçun” kabi nominatsiyalar şular jumlasidandir.
Ilmira Xojamuratova, “Bolalar va ösmirlar mavzusi yoritilgan eng yaxşi materiallar uçun” nominatsiyasi ğolibi, “Jetkinşek” gazetasi muxbiri:
— Mazkur tanlovda men özimning bolalar va ösmirlar mavzusi böyiça yozgan bir qator ijodiy işlarim bilan qatnaşdim. Bola tilidan yoziş, ösmir qaraşi bilan yangi asar yaratiş qiyin iş. Uning uçun siz ham bola bölişingiz kerak. Yozgan maqolangiz böladimi, voqeaviy hikoya böladimi uni mutolaa qilayotgan bolajonlar köngliga kirib borişi lozim. Töğrisi, maqolalarim dastlabki saralaş jarayonidan ham öta olmasa kerak deb öylagan edim, ammo kamtarona mehnatlarim ğoliblikka tavsiya etilgani nafaqat meni, balki men işlayotgan butun gazetamiz jamoasini ham quvontirdi.
Hafiza Abdullayeva, “Oila mavzusi yoritilgan eng yaxşi material uçun” nominatsiyasi ğolibi, Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi Televideniye guruhi muharriri:
— Har qanday rağbat ijodkorga ilhom va ijodiy kuç berişi tabiiy. Bizning Jizzax viloyati teleradiokompaniyasida ham ayol jurnalistlar köpçilikni taşkil etadi. Bu esa albatta sohada xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtiborning namunasidir. Faoliyatim davomida köproq oila, farzand tarbiyasi, uning jamiyatimizda tutgan örni va albatta oila muqaddas qadriyat sifatida şakllangani borasida turkum lavhalar, körsatuvlar tayyorlab kelmoqdamiz. Tanlovda ham aynan oila mavzusi yoritilgan işlarim bilan qatnaşdim. Ayyom arafasida eʼtirof etilganim menga çinakam bayramona tuhfa böldi.
Gulbahor Ortiqxöjayeva, “Insonga eʼtibor mavzusi yoritilgan eng yaxşi material uçun” nominatsiyasi ğolibi, “Inson va qonun” gazetasi muxbiri:
—“Atirgul” tanlovida bu yil ilk marta iştirok etdim. Hamkasblar undovi bilan ijodiy işlarimni topşirgandim. Natija esa quvonarli böldi. Bizning gazetada keyingi bir yil içida tanqidiy-tahliliy mavzular keng yoritildi. Ijodiy jamoamizning har bir vakili dolzarb mavzularni yoritişga intiladi. Aytiş mumkinki, mazkur ğoliblik men orqali butun jamoamizga berilgan rağbatdir. Zero, islohot ham, özgariş ham insonga eʼtibordan boşlanadi.
“Atirgul” tanlovi ğoliblariga maxsus diplom, statuetka va pul mukofotlari topşirildi.
Xonanda Şuhrat Daryoning kuy-qöşiqlari esa yiğilganlarga ajoyib kayfiyat ulaşdi.
Öz muxbirimiz.
