Surxondaryo tibbiyotidagi o'zgarishlar

E'tirof etish joiz, so'nggi besh yil davomida   Surxondaryo viloyatidagi yangi qurilgan va barcha mavjud tibbiyot   muassasalari nafaqat ta'minot,   moddiy- texnik sohasida, balki shifokorlarning malaka hamda kasb mahoratlari jihatidan ham yuqori bosqichga ko'tarildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Odamlar dardiga shifo topish uchun poytaxtimizdagi shifoxonalarga,   xorijdagi davo maskanlariga intilishardi. Bu — sir emas. Endi bunga hojat qolmadi. Buni keyingi yillarda o'ttiz turdagi yurak qon tomirlari, buyrak va jigar ko'chirib o'tkazish kabi yuzlab   eng murakkab   jarrohlik amaliyotlari vohadagi klinika va shifoxonalarda amalga oshirilayotganligi   ham isbotlab turibdi.   Demak, sharoit yaratilib, zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan   ta'minlansa, bizning   mutaxassislar eng rivojlangan   mamlakatlar shifokorlaridan kam emas.

Ochig'i, Davlatimiz   rahbari inson salomatligi uchun hech narsani ayamasligini, sohani tubdan isloh qilish tashabbusi bilan chiqqanda ba'zilar bugungi tibbiyotdagi   o'zgarishlarni tasavvur ham qilolmagandi. Boshlangan ulug' va ezgu ish o'z natijasini berdi. Viloyat sog'liqni   saqlash boshqarmasi rahbar va   mutaxassislari   Prezidentimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat hamda imtiyozlardan oqilona   foydalanishmoqda. Surxonlik shifokorlar tibbiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda davlat mablag'lari hisobidan tajriba almashib, kasb malakalari va bilimlarini oshirib kelishmoqda. Bu holni   mamlakatimizning istalgan viloyati va tumani misolida   ko'rsatish mumkin.

Prezidentimizning o'tgan yil   iyun oyi boshida vohaga   qilgan tashriflari asnosida bergan topshiriqlariga ko'ra   Termiz shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bu yil 17,1 millirad so'mlik loyiha asosida   qayta mukammal ta'mirdan chiqarildi. O'ta yuqumli karantin kasalliklariga chalingan bemorlarning davolanishi uchun 6 ta maxsus boks xona sanitariya talablariga to'liq javob beradigan darajada jihozlangan. 125 o'ringa mo'ljallangan shifxonaning   barcha bo'limlari so'ng­­gi   rusumdagi tibbiy asbob- uskunalar bilan ta'minlangan.

Eng muhimi, uchta zamonaviy   laboratoriya to'liq   jihozlandi. Bemor bolalar uchun oshxona va muolaja xonalari bugungi talabdan kelib chiqib bunyod etildi. Bu yeda tunu kun faoliyat olib borayotgan 254   nafar   tibbiyot xodim va mutaxassislariga ham munosib ish   sharoiti a'lo darajada. Bir so'z bilan aytganda, bunaqasi hali voha   tarixida bo'lmagan.

Bolalar salomatligiga bo'lgan   yana bir e'tibor: YuNISEF tomonidan   vohadagi tibbiy tashxis   markazlariga 60 ming AQSh dollarlik zamonaviy ofis va axborot texnologiyalari, bemor bolalarni ruhiy   rivojlantiruvchi o'yinchoqlar yetkazib berildi. Loyiha doirasida viloyat   bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markaziga Ruminiya elchixonasi   ko'magida 42 ming AQSh dollarlik yangi tug'ilgan bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishda asqotadigan zamonaviy diagnostik asbob–uskunalar o'rnatildi. Viloyatning Termiz shahri, Muzrabot va Termiz tumanlariga xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida 6 ta   zamonaviy jihozlangan “Tibbiy tez yordam” mashinasi berildi.

Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fifteen − ten =