“Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning eng ilğor yutuqlarini keng ommalaştiriş, Yangi Özbekiston ruhiga mos yangiça tafakkur tarzini şakllantiriş, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptiriş, xalqimizning axborot sohasidagi huquqlarini taʼminlaş, yurtimizda insonga eʼtiborni kuçaytiriş, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltiriş, jamiyatimizda oçiqlik va oşkoralik muhitini mustahkamlaş, OAV xodimlarining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etişlari uçun şaroit yaratiş hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy fikrlaşni va ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuvlarni şakllantiriş va rağbatlantiriş maqsadida “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovni eʼlon qiladi.

 

Tanlov bitta boş milliy mukofot va beşta asosiy yönaliş – televideniye, radio, bosma naşrlar, internet-jurnalistika böyiça (har bir yönaliş böyiça 1-, 2-, 3-örinlar) va çet ellik jurnalistning Özbekis­ton haqidagi eng yaxşi materiali böyiça (bosma naşrlar, TV, radio, internet – bitta birinçi örin, 4 ta ikkinçi örin) ötkaziladi.

 

Şuningdek, quyidagi rağbatlantiruvçi nominatsiyalar böyiça taşkil etiladi.

  1. “Insonga eʼtibor mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  2. “Taʼlim tizimidagi islohotlar eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  3. “Oila va mahalla mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  4. “Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  5. “Milliy qadriyatlar eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  6. “Soğlom turmuş tarzi va sport mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  7. “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  8. “Bandlik va ijtimoiy himoya masalalari eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun”
  9. “Eng faol tele va radio boşlovçi”
  10. “2022 yilda çop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxşi kitob uçun”
  11. “Eng yaxşi fotoreportaj uçun”
  12. “Ekologik muammolar keng yoritilgan materiallar uçun”

 

Tanlov ğolib va sovrindorlariga:

Tanlov boş milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravişda topşiriladi.

Birinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Ikkinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Uçinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Tanlov rağbatlantiruvçi nominatsiyalar ğoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblaşning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda 2022 yilning 31 martidan 2023 yilning 31 martigaça bosma va internet naşrlarda eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagaça materiallar körib çiqiladi.

Tanlovga ijodiy işlar Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining hududiy bölimlari, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi kömagida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali,   şuningdek, mualliflardan töğridan-töğri elektron şaklda tanlov mat­buotda eʼlon qilingan kundan boşlab joriy yilning 15 apreliga qadar qabul qilinadi.

Bu jarayonda materiallar matbuot böyiça (PDF-faylda, har bir material alohida-alohida);

internet naşrlari böyiça materiallarning havolasi (link, ssilkasi) körsatilgan holda;

televideniye böyiça video materiallar (3 daqiqadan 30 daqiqagaça telegram formatda ( annotatsiyasi, qisqaça mazmuni bayoni bilan);

radio yönaliş böyiça audio materiallar (3 daqiqadan 30 daqiqagaça, annotatsiyasi, qisqaça mazmuni bayoni bilan);

fotojurnalistika nominatsiyasi böyiça ijodiy işlar (JPEG, TIFF va PNG formatda annotatsiyasi, qisqaça mazmuni bayoni bilan);

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining (99-466-10-25) raqamiga oçilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) telegramiga yuborilişi söraladi.

Tanlovda tahririyat, tele yoki radiokanal hamda ijodiy jamoalar ham jamoaviy qatnaşişi mumkin. Mazkur jarayonda ham yuqoridagi tartiblarga qatʼiy amal qilinadi.

“2022 yilda çop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxşi kitob uçun” nominatsiyasi böyiça tanlovda qatnaşiş istagida bölganlar Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy işlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

— muallif va uning professional faoliyati töğrisidagi qisqaça maʼlumot (obʼyektivka);

— muallifning pasport nusxasi, telefon raqami.

 

Murojaat uçun telefonlar: 71 244-62-89, 71-244-64-62.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan