“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

Diqqat, tanlov!
“ENG ULUG‘, ENG AZIZ”
an'anaviy respublika ko'rik tanlovi
“Yangi hayot uchun,
Yangi O‘zbekiston uchun!”
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O'zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mamlakatimiz mustaqilligining o'ttiz ikki yilligiga bag'ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an'anaviy respublika ko'rik-tanlovini e'lon qildi.
Tanlovga “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan asarlar-materiallar qabul qilinadi.
“Eng ulug‘, eng aziz”
tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:
- bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
- televidenie va radio ijodkorlarining materiallari;
- internet-jurnalistika;
- jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik janrdagi kitoblar;
- yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
- tasviriy san'at, foto asarlari va dizayn ishlari;
- kino san'ati asarlari.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- muallif haqida ma'lumotnoma (ob'yektivka);
- muallifning pasport nusxasi;
- muallifning manzili va bog'lanish telefonlari.
Tanlovga 2022 yilning 1 avgustidan 2023 yilning 1 avgustigacha bo'lgan davrda e'lon qilingan materiallar – asarlar joriy yilning 15 avgustigacha qabul qilinadi.
Tanlov g'oliblari O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz ikki yillik bayrami arafasida mukofotlanadi va ularning ro'yxati matbuotda e'lon qilinadi.
Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televidenie va radio ijodkorlarining materiallari hamda internet-jurnalistika bo'yicha ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko'rsatilgan holda O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasining (99 446-10-25) raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) telegramiga yuboriladi.
Murojaat uchun telefonlar.: 71 244-37-87, 71 244-64-62.
Tasviriy san'at, foto asarlari va dizayn ishlari O'zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining (97 761-11-71) telegram raqamiga yuboriladi.
Murojaat uchun telefonlar.: 71 244-27-79, 71 244-57-24.
Kino san'ati asarlari O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining (90 673-39-40) telegram raqamiga yuboriladi. Murojaat uchun telefon.: 71-277-81-49.
Eslatma: yuqoridagi yo'nalishlarda hujjatlar elektron tartibda qabul qilinadi.
Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga yuboriladi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Bunyodkor ko'chasi, Adiblar xiyoboni. Murojaat uchun telefonlar.: 71-231-83-49, 71-231-83-67.
Jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik janrdagi kitoblar bo'yicha tanlovda qatnashish istagida bo'lganlar O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga bir dona kitob taqdim etadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 30-uy. Murojaat uchun telefonlar.: 71 244-37-87.