Şamollarga ötmaydi sözim

Rahim NAZARMAT

 

Muallif haqida:

Rahim Nazarmat (Nazarmatov) — 1949 yili Toşkent şahrida tuğilgan.

Toşkent politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ni tamomlagan. Texnika fanlari nomzodi. Bir qança ilmiy maqolalar va monografiyalar muallifi. Şeʼr­lari respub­lika matbuotida eʼlon qilingan. Rahim Nazarmatov — taniqli özbek şoiri Nazarmatning farzandi.

 

 

                   SEVGI

 Baloğatga yetganda yoşing

Jöş urarkan tanangda qoning.

His tuyğudan aylanib, boşing,

Keçalari qoçsa xayoling,

Sevgi bunga sabab bölarkan.

 

Har bir gulga mahliyo bölib,

Kapalakdek betartib uçib,

Barçasiga qönmoqçi bölib,

Oqibatda dovdirab qolsang,

Sevgi bunga sabab bölarkan.

 

Bahor fasli mayin şaboda

Soçlaringni bir silab ötsa

Qizlar qöli kabi tuyulsa,

Yuraklaring gupirlab ketsa,

Sevgi bunga sabab bölarkan.

 

Uzoqdagi yulduz şuʼlasi,

Jilvalanib qalbing ilitsa,

Tölin oy ham sirdoşing bölib,

Sanamlardek gözal körinsa,

Sevgi bunga sabab bölarkan.

 

Butun borliq, möʼjiza bölsa,

Har bir kuning ajoyib ötsa.

Şirin hislar ergaşib yursa,

Abadiydek yoşlik tuyulsa,

Sevgi bunga sabab bölarkan.

 

                         * * *

Bahordagi yam-yaşil barglar,

Sarğayibdi tilla rang bölib.

Kunlar emas, ötibdi oylar,

Gilam böldi, ular tökilib.

 

Şamollarga ötmaydi sözim,

Aytolmayman tözğitma, — deya

Şu daʼfada seni öyladim,

Zavqlanardi u bölsaydi-ya.

 

Na ilojdir, fasl aylanar

Yana kelar, kuz bölgan damlar.

Poylaringa poyandoz bölar

Yaproqlardan bölgan gilamlar.

 

                   VATAN

Qanday sözla uluğlay seni

Tarifinga ojizdir tilim.

Onam desa bölarmi joiz,

Muqaddassan mening Vatanim.

 

Egri-bugri çiziqlar bilan

Xaritada öralgan makon.

Bitta bizmas, boşqa yurtlar ham,

Şu yösinda körinar jahon.

 

Quyoş boqar hammaga birday,

Almaşadi keça kunduzlar.

Koinotda bir hikmat borday,

Jilmayadi kökda yulduzlar.

 

Oydin qilar jahonni oy ham,

Bir tölişib, bir kamon bölib.

Ming şaklga kirib bulutlar,

Suzişadi samoni kezib.

 

Yaratganda borliqni Olloh,

Inʼom böbdi bizga şu oşyon.

Dilda imon, gözal xulq bilan,

Qad rostlabdi özbek degan nom.

 

 Har zarrangda mujassam tarix,

Har zarrangda avlodlar xoki.

Har zarrangda kelib ketganlar,

Tökilgandir kindigin qoni.

 

Tuproğingni öpayin Vatan,

Közlarimga surtayin garding.

Ötgan zotlar bağringda Vatan,

Borlari-çi, joningda Vatan!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan