Onamning duosi meni asraydi

Muallif haqida:

Asadulla JÖRAYEV — 1970 yil Kitob tumanidagi Iskana qişloğida tuğilgan. 1994 yil ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat körsatgan.

Hozirda mustaqil jurnalist.

 

TALABALIK DAFTARIDAN

Qarğaydi bir kuni gözallar meni,

Qarovsiz muhabbat uçun qarğaydi.

Men pinak buzmayman, hadik tortmayman,

Onamning duosi meni asraydi.

 

Qarğaydi bir kuni döstlarim meni,

Sotilgan sadoqat uçun qarğaydi.

Men pinak buzmayman, hadik tortmayman,

Onamning duosi meni asraydi.

 

Qarğaydi bir kuni şeʼrlarim meni,

Yolğona şeʼrlarim meni qarğaydi.

Baribir qörqmasdan xörlayveraman,

Onamning duosi meni asraydi.

 

Yetar, man na Jamşid, na Hotamtoyman,

Na orzusi poymol bölgan törğayman.

Sofligu muhabbat haqqi hurmati,

Bir kuni özimni özim qarğayman.

 

Döstsiz, yorsiz ötgin, O Asadulla,

Bitta şeʼr kuyida ranging sarğaysin…

Javob bera qolgin öşanda ona,

Özimdan özimni qanday asraysan?

                                                             1990 y.

 

                    BÖRON

Taşqarida böron ökirar,

Qor yoprilar öxtin va öxtin.

Ayoz mening jismimga kirar,

Oyoqlarim qilaman ötin.

 

Sandaldagi muzdek oğriqdan,

Titrab ketar beruh badanim.

Sen qaydasan, neçun yiroqda

Kök yopingan turkiy Vatanim?!!

 

Qoğoz ustin tozalab qordan,

Unga tökay muzlagan siyoh.

To qalblarda qöngan ğubordan

Asar qolmay yöqolsin riyo.

 

Muzladingmi qonim ham endi,

Tomirlarim sindimi nahot.

Endi hamma narsa özgami,

Özgamisan, menga ey, hayot?

 

Qobirğalar yonadi zaif,

Suyagimda asrlar tutar.

Sevdigimdek gözal va latif

Köz öngimdan parilar ötar…

 

…Taşqarida töxtaydi böron

Yo tun quşlar urmaslar çah-çah.

Derazamdan qorli boğ tomon,

Ötib ketgan, u — Guliqahqah.

 

Guliqahqah menga qarama,

Bir jilvangni köra olsam bas.

Keta olasanmi? — deya sörama,

Kela olmasligim bilsam, bas.

 

Taşlab ketar hamma injimam,

Bağirdoşlar ketar yiroqlab…

Tuni böyi çap köksimda man,

Yuragimni yotgum quçoqlab…

                                             1990 y.

 

         TIRIKLIK FURSATI

Özbekçilik emas — özbeklik kerak,

Tirikçilik emas — tiriklik kerak.

Erkakçilik emas — erkaklik kerak,

Kerak bölsa şerdek yuraklik kerak.

 

Millat illatini yaşiriş uçun,

Öylab topilganda har xil “…çiliklar” –

Tiriklar siz endi boşqaça yaşang,

Boşqaça yaşolmas faqat öliklar.

 

Ğoyibdan imkonni berganda taqdir,

Sarflab yotibmiz tappi otişga.

Kimgadir yillarning qiymati yöqdir,

Mening fursatim yöq boşqa kutişga….

                                                                2018 y.

 

DARXON BEKATIDA KÖRGANLARIM

Bugun erta tongda bir qizni kördim,

Metroda, çaroğon vagon içida.

U pari qarşimda ötirar edi,

Qoldirib telbani armon içida.

Gözallik şunçalar qulf urar edi,

Şunçalar lobarlik, şunçalar malol…

Kokillar bir mayin zulf örar edi,

Dudoqlar, lablarda kezardi xayol.

Közlar fazolarga olib ketardi,

Kipriklar çehraga soya solgudek.

Bekatlar şovqinsiz bir-bir ötardi,

Göyoki vaqt, hayot töxtab qolgandek.

Faqat termulardim, huşsiz va hayron,

Bilmasdim, tongdagi bu tuşmi, röyo.

Har safar manzillar qilinsa eʼlon,

Göyoki çirpirak bölardi dunyo.

Bugun erta tongda bir qizni kördim,

Uni olib qoldi Darxon bekati.

Poyezd qözğolganda örnimda turdim,

Faqat şunga yetdi ojiz jurʼatim.

Metro yelar edi, metro şoşardi,

Endi menga yöqdir vaqtning qiziği.

Yana boş kötardi kömilgan dardim,

Armonlar içida yaşaş yoziğim.

Esga tuşarmikan orazing yodi?

Bu tumonat aro parişon turdim…

Metroda, çaroğon vagon içida.

Bugun erta tongda bir qizni kördim…

                                                         2011 y.

 

* * *

Ölgunça qolaman deyişdi,

Ölgunça olaman deyişdi.

Dunyoda ustun yöq deyişsa

Ustun ham bölaman deyişdi.

Oldilar, yedilar, töydilar,

Oçdilar, yopdilar, qöydilar.

Ölimni bilmasdan qolişdi,

Bilmasdan kafanni kiydilar.

Kördilar — endi heç kişi yöq,

Bandaning banda-la işi yöq.

Dözaxu jannatu arosat

Yozi yöq, kuzi yöq, qişi yöq.

Gunohlar botmonlab ölçanur,

Savoblar misqollab yeçilur.

Ölgunça qolaman deganlar

Şuurin qoplagaç bitta nur —

Bu foniy dunyoni kördilar,

Örnida boşqalar erdilar.

Zamona özgargan bölsa ham

Lekin bir illatda birdirlar —

Ölgunça qolaman deyişar,

Ölgunça olaman deyişar.

Dunyoda ustun yöq deyişsa

Ustun ham bölaman deyişar.

 

* * *

Yomğir yoğayapti Toşkentda,

Ötayotgan kunlarni eslab,

Ketayotgan kunlarni eslab,

Soat 3 da tungi Toşkentda,

Net içida şahri boş kentda,

Yomğir şivirini tinglamoq,

Yaşaş qadrin bilmoq anglamoq,

Xarobada yaşasang hamki,

Nonni halol oşasang hamki,

Dilda kezsa gözal tuyğular,

Qoçib ketsa közdan uyqular,

“Ey, hayot…” deb qiçqirsang şunda,

Hayot qadrin anglasang tunda,

Hayot ğazal bölib körinsa,

Ölim gözal bölib körinsa,

Soniyalar şirin sezilsa,

Hislar munçoq kabi tizilsa,

Ayting, bunday baxt qayda bordir,

Demak, Xudo bizlarga yordir.

Avgust yettisida boş kentda,

Yomğir yoğayapti Toşkentda…

 

* * *

Taqdir yöllarimga yöllagani kim,

Yana yöllarmikan yölçi yöldoşni?

Men seni izlayman. U — sensan, balkim

Izlayman bir qizni… tungi quyoşni…

Izlayman bir qizni … notaniş qizni

Mendan uzoqdagi… bilmagan meni…

Şunçaki unutmam men öşa közni,

Öşa nigohlarni, öşa maʼnoni-

Qaydasan?

Qaydasan?

Qaydasan, qayda?

Zangori ekranda har kun orazing-

Köraman… “qay tomon” degan bir öyda…

Şimollik malika… balki, Xorazm

Ammo bilarmisan buni sen özing?

Bir umr intilgan senga… intilgan… —

Bir umr yaşagan, topmagan tözim

Intilgan, körmagan, asli bilmagan —

Bir-birin bilmagan ayol va erkak,

Umr, kutiş bilan yonayotgan umr…

Meni topiş uçun senga tuş kerak

Menga ölim kerak, kengroq bir qabr…

 

     QIZLAR ÖZGARDILAR

Lablarda birinçi bösalar izi.

Qaynona böldilar, ona böldilar.

Ayollik husnidan yaşnaydi yuzi,

Eslaridan çiqdi tokim tonggaça,

Köçalarni kezib çiqqanlarimiz.

Biz bilan har qanday xatarga tayyor

Yoşlik daryosida oqqanlarimiz…

Qizlar özgardilar… Gözallaşdilar,

Köşkli saroylarda yaşarlar omon.

Qizlar özgardilar… biz özgarmadik,

Yigirma yaşarli oşiqlar hamon…

 

                               * * *

Men seni sevardim, sevardim fevral,

Ayozlaring bilan, qorlaring bilan,

Quyoşli kunlaring sevardim fevral,

Sevardim, sen misli yam-yaşil gilam—

Kirib kelar eding rutubat tölgan

Yuraklar darz ketgan ijara uyga.

Kirib kelar eding yurakni tilgan

Çolğuni jör qilib eski bir kuyga,

Baribir, sen kelar eding kirmoyi.

Çiroyli, qadrdon, qadrdon eding.

Mening sevgilimdek sodda, çiroyli

Neçun, öşa kabi işqingdan tonding?!

Men seni sevaman baribir fevral,

Menga öxşagansan, men ham — fevralman…

Sendek isitmayman issiqlik aro,

Sendek sovutmayman — muzlarda borman…

Kirib kelajaksan misli bir tuğyon

Lablaring şivirlar — otlaringdaman.

Yurak tölğondingmi, yana bir tölğon,

Hamon fevraldaman — yodlaringdaman…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan