“Yaxşilarni yöqlab baxt kelaversin”

Mahmud TOIR,

Özbekiston xalq şoiri

                   BAXT

Ota eşik oçar yangi orzuga,

Ona beşik oçar yangi orzuga,

Illo, köz tegmasin bunday tuyğuga,

Yaxşilarni yöqlab baxt kelaversin.

 

Farzandlar quvonçning qanoti bölsin,

Otalar duosin bayoti bölsin,

Izdagi eng gözal hayoti bölsin,

Yaxşilarni yöqlab baxt kelaversin.

 

Oila osmonining toza havosi,

Yuzlarda balqigan baxtning bahosi,

Xuş esar xuşxabar sarrin sabosi,

Yaxşilarni yöqlab baxt kelaversin.

 

Tinçlik tilagida yayrasin dillar,

Baxtin köz-köz qilsin elatlar, ellar,

Qöllarga yaraşsin eng gözal gullar,

Yaxşilarni yöqlab baxt kelaversin.

 

Yangi Özbekiston – yangi baxt bilan,

Milliardlar safida yangi ahd bilan,

Baxtga yaraşadi muqaddas Vatan,

Yaxşilarni yöqlab baxt kelaversin.

22.02.2023 y.

 

                   KÖNGIL SÖZI

Köngildan tökilgan sözni soğindim,

Köngilni körsatgan közni soğindim,

Nopokni körmagan tuzni soğindim,

Buningdek soğinçga siz ham zormisiz,

Soğinganlar içra siz ham bormisiz?

 

Nodonu nojinsni ğubori bölgay,

Ozoda xayolni ifori bölgay,

Qiş kelsa ortida bahori   bölgay,

Kelar bahorlarga siz ham zormisiz,

Soğinganlar içra siz ham bormisiz?

 

Maysa ham böyini terakka böylar,

Xuş körgan özini kerakka böylar,

Tilini topsangiz qarğalar kuylar,

Kuylovçi dillarga siz ham zormisiz,

Soğinganlar içra siz ham bormisiz?

 

Odamning odami nolasi borlar,

Xudoga yiğlasa jolasi borlar,

Boşlarining oppoq tolasi borlar,

Oppoq duolarga siz ham zormisiz,

Soğinganlar içra siz ham bormisiz?

 

Qöl taşlang, qaytmasin, şoirning şaşti,

Iloho omin deng, niyatim yaxşi,

Bu sözlar ökinçmas, könglimning naqşi,

Köngli gözallarga siz ham zormisiz,

Soğinganlar içra siz ham bormisiz?

24.02.2023 y.

 

                   DAʼVAT

Bola döstmiz, omon böl, omon,

Heç jiğingga tegmoqçimasman.

Öjarliging özingga yomon,

Supurgi böl demoqçimasman.

 

Öşal zotning keng soyasida,

Rizqing oşa yoğli tuz bilan.

Odamiylik himoyasida,

Lekin yaşa yoruğ yuz bilan.

27.02.2023 y.

 

                SOĞINÇ SADOSI

Bahor – boşingdagi balqigan oydir,

Bahor – qoşingdagi qalqigan soydir,

Bahor – bu olamga mangu çiroydir,

Seni soğingandek soğindim uni.

 

Majnuntol zulfingdan ibrat olganmi,

Qaldirğoç mehringdan himmat olganmi,

Uning gözalligi senga qolganmi,

Seni soğingandek soğindim uni.

 

Lolalar yurakda öt yoqar sendek,

Maysalar muloyim xuş boqar sendek,

Soğingan bormikin sizlarni mendek,

Seni soğingandek soğindim uni.

 

Irmoqlar irğişlar kulgungga öxşab,

Şabnamlar titraydi tuyğungga öxşab,

Yotibman yölingga jonimni töşab,

Seni soğingandek soğindim uni.

 

Bahorni bağrida olam entikar,

Meningdek oşiqlar har dam eşitar.

Aytgin, kim yölingga mendek köz tutar,

Seni soğingandek soğindim uni.

24.02.2023 y.

 

         HAQIQAT HUKMI

Töğri inson tanobin tortmoq,

Kimlar uçun oddiy xayoldir.

Bilmaydiki, haqiqat sirtmoq,

Haqiqatning hukmi haloldir.

 

Kunlar ötar, ötadi oylar,

Yillarni ham oqizar soylar,

Ketmas betga çapilgan loylar,

Haqiqatning hukmi haloldir.

 

Balki darddan dili çok-çokdir,

Lek töğrining iymoni pokdir,

Öz qalbiga özi çiroqdir,

Haqiqatning hukmi haloldir.

 

Tilin tişlab baʼzan jafoga,

Kim muhtojmas ayting, vafoga,

Ojiz qolsa solar Xudoga,

Haqiqatning hukmi haloldir.

 22.02.2023 y.

 

                ÖZINGDAN UYAL

Toş bilan tillaşsang toşdan andoza,

Özin şovqinidan uyalmaydi soy.

Şoirlarning doim tilagi toza,

Özingdan uyaliş iymonga çiroy.

 

Nasihat heç kimga navo bölmagay,

Yomon söz dardingga davo bölmagay,

Baʼzan tabibdan ham sado bölmagay,

Özingdan uyaliş iymonga çiroy.

 

Tegramda heç qaçon köz yöq demagin,

Ortimdan otilar söz yöq demagin.

Dengiz ham tanirmiş özin kemasin,

Özingdan uyaliş iymonga çiroy.

 

Olam odam bilan olamligi bor,

Odam odam bilan odamligi bor.

Özingdan gumondir, özingdan iqror,

Özingdan uyaliş iymonga çiroy.

 

Öz köngling özingdan ginalar qilsin,

Aqlingni ahdingga zinalar qilsin,

Ham yana özingga taʼnalar qilsin,

Özingdan uyaliş iymonga çiroy.

25.02.2023 y.

 

                       FIDOLIK

Çiroq çaşmasining mirobi asli,

Yonib kul bölguvçi jonbaxş pilikdir.

Köngilda yuz oçar falsafa fasli,

Ezgulik fidolik bilan tirikdir.

 

Rahmat yomğirini osmon elaydi,

Baxtini beşikka ona belaydi.

Kim undek Vatanning umrin tilaydi,

Ezgulik fidolik bilan tirikdir.

 

Haqiqat Xudoning hukmidek gözal,

Dunyoda ne topding joningdan afzal?

Sen aql axtarsang inson mufassal,

Ezgulik fidolik bilan tirikdir.

 

Oltinning mevasi – oltin qoziqlar,

Mehring şarbatidan kimdir oziqlar,

Taqdir – peşonangga tuşgan çiziqlar,

Ezgulik fidolik bilan tirikdir.

 

Fidolik insonning maşaqqat yöli,

Qadoqlar qaritgan duogöy qöli,

Yurakda yuz oçar ildizin guli,

Ezgulik fidolik bilan tirikdir!

26.02.2023 y.

 

             UMID UMRI

Oşiqlarning ovozi öktam,

Baxt haqida bayot bor ekan.

Muhabbatga sohiblar körkam,

Soğinganda sabot bor ekan.

 

Sevib yaşa, sevilib yaşa,

Quçoğingga qumrini bersin.

Baxting kelsin qöşa va qöşa,

Umidingni umrini bersin.

24.02.2023 y.

 

                  DIL TUĞYONI

Boğlar himmatini dariğ tutmasa,

Toğlar siyratini dariğ tutmasa,

Inson hayratini dariğ tutmasa,

Gözallik bizlardan yiroq ketmasdi.

 

Insof – inson uçun közgu bölolsa,

Muhabbat pokiza tuyğu bölolsa,

Gunoh – keçirilmas qayğu bölolsa,

Gözallik bizlardan yiroq ketmasdi.

 

Tulpor tuyoğida toş yiğlamasa,

Begunoh közlarda yoş yiğlamasa,

Nasiba uzilib oş yiğlamasa,

Gözallik bizlardan yiroq ketmasdi.

 

Mehr zam-zamidan içiblar yursak,

Qahr keçmişidan keçiblar yursak,

Rahmondan, Rahimdan çöçiblar yursak,

Gözallik bizlardan yiroq ketmasdi.

 

Dunyoda nima bor insondan gözal,

Insonga berilgan iymondan gözal.

Biz buni bilolsak agar mufassal,

Gözallik bizlardan yiroq ketmasdi.

                                           24.02.2023 y.

 

                 ÖRGAN

Quloqqamas közingga işon,

Birovgamas özingga işon,

Kimdir senga yuz yil söylasa,

Diling aytgan sözingga işon.

 

Oftob sendan uzoqda emas,

Köngling seni tuzoqda emas,

Gar özingdan ortib yurolsang,

Mehr sendan firoqda emas.

 

Tökildingmi, tölişni örgan,

Yiğlab turib, kulişni örgan,

Boyliklaring boqiy körinsa,

Ölmay turib, ölişni örgan.

22.02.2023 y.

 

                  AQL UVOĞI

Bahorning jamoli muzni eritar,

Maysa toşni yorsa köklam körinur.

Boyçeçak bolalab qişni qaritar,

Ne borki, bu guldan körkam körinur?

Tunni nursiz körsang titraydi vujud,

Aql çiroğida olam körinur.

Xudoni xuşlasang, unutma, Mahmud,

Aql uvoğida odam körinur.

                                             18.02.2023 y.

 

                  ŞUKR ŞARBATI

Şamolning şaklidan hikoyat qilma,

Qalampir qahridan şikoyat qilma.

Aql egasiga barçasi ayon,

Rahmonning rahmidan rivoyat qilma.

 

Qalbingni qatini oçib yursang bas,

Mehringni nurini soçib yursang bas.

Şukring şarbatini zam-zamdek içib,

Şaytoni laindan qoçib yursang bas.

24.02.2023 y.

 

        HAQDAN SÖRAYMAN

Tiniq tuyğularning tarovatida,

Şukronam şaklining ibodatida,

Kalomi Qurʼonning tilovatida,

Yurtim tinçligini Haqdan sörayman.

 

Nabiram baxtiga beşik oçsin deb,

Avlodlar ahdiga eşik oçsin deb,

Allohim, özining nurin soçsin deb,

Yurtim tinçligini Haqdan sörayman.

 

Uluğ ajdodlarning ruhi yor bölsin,

Elning azizligi barqaror bölsin,

Parvardigor özi madadkor bölsin,

Yurtim tinçligini Haqdan sörayman.

 

Onalar yuzidan oftob tuşmasin,

Bolalar qölidan kitob tuşmasin,

Öğlonlar dilidan şitob tuşmasin,

Yurtim tinçligini Haqdan sörayman.

 

Siz ham qölingizni oçing, yurtdoşim,

Kaftimga tomyapti jiq-jiq köz yoşim,

Yolğiz Alloh uçun egilgan boşim,

Yurtim tinçligini Haqdan sörayman!

                                               26.02.2023 y.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan