Şaxsiy daftarim hoşiyasidagi bitiklar

Yurtimizda Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimovning “Ikki eşik orasi”, “Tuşda keçgan umrlar”, “Begona bahor”, “Dunyoning işlari” kabi asarlarini öqimagan yoki nomini eşitmagan insonni topiş muşkul, menimça. Öylaşimça, ular orasida “Daftar hoşiyasidagi bitiklar”ning ham alohida örni bor. Quyida yozuvçining uşbu kitobini öqigaç, havas bilan yozib qöyganlarimni eʼtiboringizga taqdim etmoqdaman.

 

Bizga Nobel mukofoti uçun yozilgan asarlar emas – odamlar uçun yozilgan asarlar kerak. “Navoiy” romani, “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, hatto “Xamsa” va “Boburnoma” ham Nobel mukofotini olgani yöq. Ammo odamlar sevib öqişadi. Çunki bu asarlar Odamlar uçun yozilgan. Ularni tarbiyalaş uçun yozilgan. Muhimi şu. Adabiyotning ham maqsadi — odob örgatiş. Mukofot oliş emas.

                             * * *

Qörquvning otasi – bilmaslik,

Onasi – bilişni istamaslik.

                            * * *

Yaxşi insonlar öz yaxşiliklarini odamlarga köz-köz qilişmaydi. Balki şu boisdir ularni heç kim tanimaydi.

                            * * *

Yomonlikni unutiş kerak, ammo yomonligini emas. Yomon yomonligini davom ettiradi. Ilon heç qaçon zahrini soçişdan qaytmaydi. Şu bois kim yomon ekanligini bilib qöyiş, yaxşini yomondan farqlay olişda as qotadi.

                             * * *

Xotin gözal bölsa – erda qörquv böladi,

Xotin xunuk bölsa – erda armon böladi,

Xotin aqlli bölsa – er boy böladi,

Xotin aqlsiz bölsa – er xor böladi.

                            * * *

Xalqlar uruşi – insoniyat palagining qurişi.

                            * * *

Isaak Nyutonning boşiga tuşgan olma har kimning ham boşiga tuşadi. Ammo hamma ham Isaak Nyuton bölmaydi. Demak, sir olmada emas, boşda.

Alişer TOIROV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan