Tadbirli çol
Qadimgi zamonda Xajjoj degan öta bir zolim hukmdor bölgan ekan. U elga zulm qilişda tengsizlardan ekan. Nimadir bölibdi-yu bir kuni oddiygina kiyinib qişloqlarga çiqibdi. Yölda unga bir qari çol yöliqibdi.
— Xö-öş, bobo, ahvollar qalay?
— Juda yomon. Hammamiz ölarday oç, faqat tölaymiz xiroj, — debdi.
— Hukmdoringiz qanday odam, rozimisizlar?
— E, sörab nima qilasan. Umuman rozi emasmiz. Öta zolim-ku.
Bu gapdan Xajjoj ğazablanib:
— Hoy bobo, mening kimligimni bilasanmi özi, — debdi.
— Yöq, kimsan?
— Öşa zolim deganing Xajjoj men bölaman!
Çol qarasa iş paçava. Endi biron narsa öylab topiş kerak.
— Sen özing-çi, mening kimligimni bilasanmi? — deya böş kelmabdi çol ölguday qörqib ketgan bölişiga qaramay, özini pinagini buzmaganday körsatib.
— Kimsan?
— Bilmasang bilib qöy. Men şu qişloqning maşhur devonasi bölaman. Har kun şu mahalda devonaligim tutib, oğzimga kelganini gapiraveraman.
Xajjoj çolning dono, ustamonligidan zumda jahldan tuşib, qah-qah otib kulib yuboribdi. Söng:
— Devona bölsang ham mard ekansan. Xajjojga hali heç kim bunday gap aytmagandi, — deya unga hadyalar beribdi. Eng muhimi, xalqqa zulm qilişdan tiyilib, elga qayişadigan köp xayrli işlarga boş bölibdi.
Azamat XUDOYBERGAN
