Yoş ijodkorlar seminari — iqtidorlar fabrikasi
Jazirama yoz ham kirib keldi. Deyarli barça ilm maskanlarida öqişlar yakuniga yetay deyapti. 9-10 oy davom etgan taʼlim jarayonlaridan söng taʼtilni kim qanday ötkazmoqçi? Şaxsan men taʼtilni Zomin tumanida joylaşgan “Öriklisoy” oromgohida ötkazişni niyat qilganman. “Ohho, iştahalaringiz karnay-ku, pulingiz şunçalar köpmi?” deyişingiz mumkin. Yöğ-ye, men Zomin seminari iştirokçisi bölib ketişni maqsad qilganman. Xöş-xöş, buning uçun nima qiliş kerak deysizmi? Javobi oddiy! Şunçaki tinmasdan ijod qilasiz!
Bugungi kunda ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi islohotlardan közlangan maqsad xalqimizning maʼnaviy yuksaliş yölidagi imkoniyatlarini kengaytiriş, jamiyatda maʼrifatparvar, ziyoli qatlamni şakllantirişga qaratilgan. Şu örinda yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijodida yangi qirralarni kaşf etiş maqsadida har yili respublika Zomin seminari ötkazib kelinadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Zomin tumanidagi “Öriklisoy” oromgohida yoş ijodkorlarning Zomin seminari bölib ötadi. Yoki uşbu seminar Toşkent viloyatida joylaşgan ijodkorlarning Dörmon boğida, yoxud yurtimizning boşqa gözal tabiatga ega maskanlarining birida ham ötkazilişi mumkin. Eng muhimi, bunda 19 yoşdan 30 yoşgaça bölgan ijodkorlar hududiy saralaş orqali aniqlanadi. Seminar 7 yönalişda ötkaziladi. Bular: nasr, nazm, dramaturgiya, badiiy publitsistika, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti, adabiy tanqid.
Hozir seminarning hududiy saralaş bosqiçi ham öz nihoyasiga yetay deb qoldi.
Joriy yilning 5 iyun sanasida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi tomonidan taşkil etilgan seminarda Sirdaryo va Toşkent viloyati yoş ijodkorlari uçraşdi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Yozuvçilar uyuşmasi örinbosari Botir Ergaşev, Özbekiston Xalq şoiri Mahmud Toir, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Hayotxon Ortiqboyeva, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Qozoqboy Yöldoş, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Toşkent viloyati bölimi boş mutaxassisi Zohidjon Olov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi harbiy-vatanparvarlik bölimi boşliği Maʼmura Ergaşeva va bir qança adabiyotşunos va murabbiylar iştirok etişdi. Saralaş bosqiçida ustozlar tomonidan iştirokçilarga juda ham qiziq va foydali maslahatlar berildi. Ustoz-şogirdlik anʼanasini davom ettirgan holda iştirokçilarning orasidan hakamlar hayʼati aʼzolari baʼzilarini öziga şogird qilib ham oldi. Örtada bölgan şaffof raqobat va döstona muhitda hamma özi uçun tajriba va könikmalar oldi.
Şu kabi tanlovlar ötkazilar ekan, ösib kelayotgan avlod ham maʼrifatga ergaşadi. Köproq ilm oladi, kengroq fikrlaydi va özi kabi ijodkorlar bilan tajriba almaşadi. Ana şunday qilib yetuk şoirlar, xalq mehrini qozonuvçi yozuvçilar, Ozod Şarafiddinov kabi yetuk adabiy tanqidçilar, Abdulla Qahhor, Şukur Xolmirzayev singari mohir hikoyanavislar adabiyotning keng maydoniga olğa va şahdam kirib kelajak.
Dildora DÖSMATOVA,
ÖzJOKU talabasi
