Surxondaryo farovon göşaga aylanadi

Tan olaylik, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning nafaqat uzoq yurtlarga, katta-kiçik mamlakatlarga, balki yurtimiz hududlariga qiladigan taşriflari ham odamlarda hamişa ertangi kunimizga işonç, yoruğ umid va ezgu rejalarni yanada mustahkamlaydi. Şu yilning 13 mart kuni Prezidentimizning hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan tanişiş maqsadida Surxondaryo viloyatida bölgani ham xuddi şunday böldi: bu barça surxonliklarni, qolaversa, jamiki yurtdoşlarimizning ham diqqat-eʼtiborida böldi.

Bugun hayot şu qadar tezkor, şiddatli-ki, endi biron-bir yangilikni bir zamonlardagidek faqat gazetadan öqib bilişmaydi odamlar. Şu bois Prezident taşrifiga oid xabar va jamiki tafsilotlar avval internet naşrlari, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingani, telekanallar keng yoritgani uçun asosiy tafsilotlar haqida söz yuritişdan yiroqmiz. Ammo ğurur bilan aytişni istardikki, Yurtboşimiz viloyatdagi safari davomida Surxon elining dilidagi gaplarni, orzu-­umidlarni tilga oldi. Bir qança yangidan taşkil etilgan korxonalar faoliyati bilan tanişdi, fermer xöjaliklarida böldi. Vatanimiz sarhadlarini kunu-tun qöriqlayotgan çegaraçilar, xususan, Özbekiston-Afğonis­ton çegarasini qöriqlaş jarayoni bilan yaqindan tanişdi. Hatto, eng katta muammolardan biri Surxondaryo yöllari böyiça odamlardan tuşayotgan eʼtirozlarni inobatga olib, Prezidentning özi avtomobil haydab körişga qaror qildi. Yöllarni ravon, zamonaviy tarzda taʼmirlaş uçun mutasaddilarga topşiriqlar berdi. Bu esa öşa soatlardayoq turli internet tarmoqlarida, telekanallarda namoyiş etildi, millionlab odamlarning eʼtiborini qozondi. Hatto, “Mir 24” telekanalida ham efirga uzatildi.

Prezidentimizning Yangi Özbekistonning jahon siyo­sat maydonida kim tomonda bölişi haqidagi mana bunday dangal aytgan: “faqat javob bitta: millatim, xalqim, buyuk Özbekistonimiz manfaati deyman” degan sözlari esa har qanday vatandoşimizni ğururlantirdi, tölqinlantirib yubordi.

Viloyat faollari bilan bölgan uçraşuvda garçi taşkiliy masala, viloyatga birinçi rahbar tayinlanişi bir tomon bölsa, asosiy mezon mamlakat yetakçisining faollar bilan bölgan ana şunday samimiy suhbati böldi. Unda davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatini sanoati rivojlangan osuda va obod hududga aylantiriş, yoşlarining bilimli va ertangi kunga javob beradigan salohiyatli kadrlar bölib yetişişi yölida qilinişi lozim bölgan vazifalarga alohida töxtaldi. Jumladan,   buning uçun Surxondaryoda ijtimoiy muammolarni hal qilişga joriy yilgi davlat dasturlarida közda tutilgan 1,5 trillion sömga qöşimça 465 milliard söm ajratilişi belgilandi. Şuningdek, agrar soha, içimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qöşimça 328 million dollar jalb qiliş böyiça topşiriq berildi.

Bular orqali 325 ming aholini daromadli mehnat bilan taʼminlab, vohani kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilib qöyildi.

Şubhasiz, bu ezgu mujda barça-barçani tölqinlantirib yubordi. Uzoq yillar davomida köpdan-köp muammolar yiğilib qolgan Surxon vohasida ham ke­yingi yillarda röyobga çiqarilayotgan işlarni, yangilik­larni sanasak kam emas, albatta. Lekin yurtimizning janubiy hududi yanada farovon, rivoj topgan göşaga aylanişiga imkoniyatlar eşigi oçilmoqda.

A. PARDAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan