“Töra Sulaymon bir yon…”

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyunda eʼlon qilingan “Özbekiston xalq şoiri Töra Sulaymon uy-muzeyini taşkil etiş töğrisida”gi 321-sonli qarori Sirdaryo viloyatida yana bir tabarruk qadamjoning paydo bölişiga turtki berdi. Mirzaobod tumanidagi “Turğun Ahmedov” mahallasida uzoq yillar xalq şoiri umrguzaronlik qilgan uyda Töra Sulaymon uy-muzeyi barpo etilmoqda. Garçand hukumat qarorida uy-muzeyi 2022 yilning 31 dekabrida foydalanişga topşirilişi belgilangan bölsa-da,   maʼlum sabablarga köra obʼyektning bitişi orqaga surilib ketayotir.

Qarorda uy-muzeyiga kiraverişda xalq şoirining muhtaşam haykali örnatilişi ham belgilangan.     Taniqli haykaltaroş, “Döstlik” ordeni sohibi Azamat Xatamov Özbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda ğolib çiqib, şoir siymosining bir neça variantlarini yaratdi. Biz maşhur haykaltaroş bilan şu haqda suhbatlaşdik.

— Azamat aka, şoir siymosini yaratişda qanday manbalarga tayandingiz?

— Şoirning taşrif qoğozi uning asarlari, degan gap bor. Töra akaning şeʼrlarini sevib öqiyman. Xalqçil, dilga yaqin. Mutolaa qilganingizda köngilga çippa yopişadi. “Oynai jahon”, radio tölqinlaridan şoir şeʼrlari bilan kuylanadigan qöşiqlarni ting­laganimda içim yorişib ketganday böladi. Birdan köz oldimda şoirning muborak siymosi namoyon böladi.

Qolaversa, men Surxon farzandiman. Töra akaning şeʼr qurilişida bizning yurt şoirlari bilan ajib öxşaşlikni sezaman. Şundanmikan, şoir siymosini yaratişda ança emin-erkin harakat qildim. Bu öz natijasini berdi.

Şu örinda yana bir gapni aytib ötay: yozuvçilarning “Dörmon” ijod uyida ikki-uç marta Töra akaning gurungini ham olganman. Eldoşim, Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev xonasiga bir gal xabar olişga borganimda Gulistondan mehmon taşrif buyurgan ekan. Şukur aka: “Azamat, bu şoir akang­­ni tanib qöy. Gulistondan kelgan haqiqiy xalq şoiri Töra Sulaymon böladilar. “Göröğli sulton bir yon, Töra Sulaymon bir yon”, degan qöşiqni eşitganmisan? Ham haykaltaroş, ham grafik rassomsan. Mana şunday kişilarning obrazlarini yarat. Tarixda qolasan”, degandilar.

Zingil nazar solib Şukur aka va Töra Sulaymonning taşqi qiyo­falarida ham ajib bir öxşaşlikni kaşf etdim. Mana şu ilk uçraşuvdan keyin ham Töra aka bilan ikki marta muloqotda bölganman. Uşbu manbalar menga şoir siymosini yaratişda asqotdi desam, mubolağa qilmagan bölaman.

— Siz şoir siymosini bir neça körinişda yaratgan ekansiz. Buyurtmaçilarga qay biri maʼqul keldi?

— Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston xalq şoiri Töra Sulaymon uy-muzeyini taşkil etiş töğrisida”gi qarorida şoir haykalini yaratiş böyiça buyurtmaçi etib Sirdaryo viloyat hokimligi belgilangan.

Buyurtmaçi, yaʼni Sirdaryo viloyat hokimligi şoirning egnida özbekça tön, boşida qoraköl papoq, qölida kitob, viqor bilan uzoqlarga tikilib turgan variantini maʼqulladi.

Biroq haykalni qanday materialdan yasaş borasida fikrlar xilma-xilligi paydo böldi. Kamina bir umr turadigan haykalni bronzadan yasaş maʼqulligini aytdim. Zero, Adiblar xiyoboniga qöyilgan şoir va adiblarning haykallari ham bronzadan quyilgan. Mening fikrlarim inobatga olindi. Şoir haykali bronzadan quyiladigan böldi.

Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov: “Töra Sulaymon sof özbekça fikrlardi va yozardi. Suluvlarni taʼriflaganda, ularning bor taqinçoqlari-yu jiğalarini közdan qoçirmasdi. Özini ham unutmas: “Göröğli sulton bir yon, Töra Sulaymon bir yon”, deb qöyardi. Bunday fikrlaş yösini Töra akaga ğoyatda yaraşardi”, deb yozgandi. Darhaqiqat, Töra Sulaymon uy-muzeyi va uning oldiga örnatiladigan haykal xalq şoiriga bölgan yuksak ehtiromdan mujda beradi. Ölaymizki, bu maskan nafaqat sirdaryoliklarning, balki butun şeʼriyat şaydolarining madaniy-maʼnaviy markaziga aylanajak. Şoir “Iltijo” şeʼrida yozganidek:

Ölmaslikka işora –

           ölanga oşiqligim,

Saodatga işora –

           zamonga oşiqligim,

Teranlikka işora –

           ummonga oşiqligim,

Gözallikka işora –

           böstonga oşiqligim…

Oşiq şoirimizning nomi mangulikka abadiy muhrlanajak.

Suhbatdoş:

Muhammadali AHMAD

 

SURATLARDA: haykaltaroş Azamat Xatamov;

tanlovda ğolib çiqqan

Töra Sulaymon haykali eskizi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan