Yuragimda maktubim bor
Ruxsora SAPARBOYEVA
Muallif haqida:
Ruxsora SAPARBOYEVA — 1993 yil Qöşköpir tumanida tuğilgan. Şu tumandagi 28-maktabning matematika fani öqituvçisi.
Respublika yoş ijodkorlarining “Zomin qaldirğoçlari-2020” seminari iştirokçisi, 2021 yildaötkazilgan “Duel” respublika ijodiy tanlovi Respublika bosqiçi iştirokçisi.
Yuragimda maktubim bor
Bilasanmi siniq çiziqlarni?..
Yoki köksingdagi duk-duk ovozning
Qoğoz tasmasida uzun rasmini?
Şunday çuvalaşib yotar qamişlar
Seni xayol surib ketar yölimning
Öng tomoni uzra ötgan soyida…
Nega qamişlarni esladim özi?
Şu yölga çiqdim degunça
közim soydagi qamişzorga tuşadi.
Sen esa yodimga…
Ajinlar
Ğalati bu tor köçalarga
Nigohimni qadagan zamon,
Sanoği yöq tugunçalarda
Osiğliq turardi, onajon!
Metin bardoşingiz va yana
Bizga ataganingiz mehr.
Qaçonlardir bu köçalarda
Taqdir sizni yiğlatgan ekan.
Közlar bazör kulib, dil pinhon
Neçun özin tiğlatgan ekan.
Onajon bu köçalarni men
Közlarimga suray yuz bosib.
Siz ham dardingizni bölişing
Qizingizga könglingiz yozib.
Xudo haqqi yaxşi köraman
Öksinmangiz zinhor-bazinhor.
Öşa ajin “köça”lar içra
Minglab fariştaning uyi bor.
* * *
Poyezd ketdi…
Vokzal sensiz.
Temiryöldek töqildi işq
Temirdilsan, oğrinmading.
Duo kabi
Vido kabi
Söngsöz bölib öqildi işq.
Anglolmadim
Xatomi bu
Ketmaslikka kelgan kim bor?!
Ötli kunlar öyib bitgan
Yuragimda maktubim bor.
Poyezd ketdi
Vokzal sensiz.
Oy ham tölgan,
Paymona ham.
Menda çipta yöq borişga
Ketmoq oğir tört yona ham.
Sening yuking bir çamadon
Va ön ikki soatlik yöl.
Çap köksimda mening yukim
Tilga kirar: — bardoşli böl!
Poyezd ketdi
Vokzal sensiz
Söngsöz bölib öqildi işq…
* * *
Mayin sevaladi bahor yomğiri…
Olis şaharlarda bormisan hanuz?
Ikkimiz sira ham uçraşmaydigan
Bahor kelaverar menga yuzma-yuz.
Quyuq tuman çökkan tongli ölkada
Ravonmi yöllaring, boşing omonmi?
Yaxşi bölolmadik, nedir yaxşilik?
Yomon körolmadim sendek yomonni.
Na-da bir xabar bor menda özingli
Va yoki na-da bir xayolingsiz kun.
Faqat bulutlarim bordir boşingdan
Örgilib-örgilib qaytgan men uçun.
Mukarram hislarni keltirib yomğir
Soğinç gullariga yoğar maydalab.
Navosidan qolmay, deya benasib
Xirgoyi qilaman qaytaaa-qaytalab.
Mayin sevaladi bahor yomğiri,
Olis şaharlarda bormisan hanuz?..
