Qaçondir tantana qiladi köngil
Javohir OSMON
Muallif haqida:
Javohir (OSMON) Boqijonov — 1993 yili Quvasoy şahrida tuğilgan. Tarjima kitoblari naşrdan çiqqan. Bugungi kunda Farğona politexnika institutining 4-bosqiç talabasi.
SEN
Rangsiz tuşlarimga kirib kelding sen,
Yana qaytib keldi gul, bahorlarim.
Binafşa labida handa, tabassum,
Dilimdan tökildi dilğuborlarim.
Rangsiz tuşlarimga kirib kelding sen,
Osmonim bezatdi rangin kamalak.
Iztirob sop böldi ğamday ezilib,
Qöşiğin boşladi oşiq kapalak.
Men yana şeʼr bitdim nomingga talay,
Işona boşladim kunlar tongiga.
Daqiqalar sayin gullaydi umrim,
Quloğim tutaman hayot bongiga!
Rangsiz tuşlarimga kirib kelding sen!
Özgara boşladi butun koinot.
Köngil kişanlardan qutilar, endi
Jonsiz tuyğularim qaddin tutar şod!
Rangsiz tuşlarimga kirib kelding sen!
KAPALAKLAR YIĞLAYDI…
Vujud qaynab, ruh tortinib bormoqda,
Ğalat hislar qon dilimni tiğlaydi.
Ölsam kerak, bu dardimga yöq davo,
Men ölganda kapalaklar yiğlaydi.
Öksib-öksib köz yoş tökar gulbahor,
Jazirama yoz özini qiynaydi.
Boğlar xazon töşab, bemor bölgaydir,
Men ölganda kapalaklar yiğlaydi.
Kun qisqarar: yil ötadi lahzaday,
Oy osmonda yulduzlarin izlaydi.
Tomir yoyib, qiş qişlaydi ayvonda,
Men ölganda kapalaklar yiğlaydi.
Qaldirğoçlar qöşiq aytar ezilib,
Hijron esa visollarni sizlaydi.
Nur toliqar bu dunyoni kezinib,
Men ölganda kapalaklar yiğlaydi…
* * *
It topmas yöllarda izğiydi umrim,
Kun qaro, tun qaro, navolar qaro.
Bir çimdim nur izlab tentiydi könglim,
Zulumot dunyoda ruhimdir yaro.
Qaçondir tantana qiladi köngil,
Qaçondir oşiyon topar öziga.
Bulutday oqarar kunlarim bir kun,
Tik boqib yaşayman taqdir köziga.
Ammo har tarafda kezinar xatar,
Özimni çöçitar özimning soyam.
Bir najot ötingan devona kabi,
Örtaga çiqadi qalb degan qoyam.
Döst dedim, döst böldi ahli iztirob,
Tun kabi közimga çökdi zalvori.
Işonib yaşayman, qarşimda bir kun,
Qulaydi bu metin ğamlar devori!
KEÇIRGIL…
Keçib ketolmadim muhabbatingdan,
Nohaq kamsitişlar uçun keçirgil.
Seni farişta deb, şayton men böldim,
Yo işqi halolim, baxtni içirgil.
Közingga termulib hadiksiradim,
Öksigan dilingga nur bölolmadim.
Xasta yuragingga kirgan onimda,
Sening kulging uçun biiir ölolmadim…
Keçirgil, keçirgil, keçirib qöygil,
Gunohga botgan ul iztiroblarni.
Aslida dard uçun tuğilgan yurak,
Hali köp yozamiz baxtkitoblarni.
Keçib ketolmadim muhabbatingdan,
Ranjitgan esam-da, yöllarim tösding.
Barini unutib yaşamoq uçun,
Yuragim törida gul bölib ösding!
SEN KUZNI SEVASAN…
D.ga
Sen kuzni sevasan, men esa seni,
Kuz kabi orzular dilimda mahzun.
Bunçalar rutubat bölmasa dunyo,
Bunçalar ranglarin yöqotmoqda kun…?
Zirqirab oğriydi qovurğalarim,
Sen ham öşa yerda. Bölgin ehtiyot.
Dunyoda bormikan mendayin seni,
Avaylab, asrovçi, yozguvçi bayot…?
Sen kuzni sevasan, men esa seni,
Izhorga söz oçsam, kelar quyilib.
Ozgina tinglagil, ozgina, xolos.
Qoşlaring ketmasin sira uyilib.
Sen kuzga oşiqsan, sevasan uni,
Men esa kuz kabi sarğaygan oşiq.
Faqat farqimiz bor: kuz tabiatga,
Men esa sen uçun jon etgum tortiq.
Sen kuzni sevasan…
ZERIKIŞ…
Bilaman, yuraging soğinayotir,
Içikib boryapsan, xuddi meningdek.
Köksingga qörğoşin quyilayotir,
Tomçilab boryapman men ham seningdek.
Xotirang dilimda qolgan asotir,
Ruhimni kemirib boradi tinmay,
Yurakni ğijimlab ötar yillarim,
Siniqib boradi hislarim sinmay.
Negadir sarosar tentiyman tunlar,
Kezaman xayolning jin köçalarin.
Hijron quyoşida qovjiragan qalb,
Unuta olmaydi baxt keçalarin.
Oh. Yana ösmoqlab ketayotir dard,
Tiğsiz tilkalaydi bağrin visolning.
Men kabi işq deya öksigan behol,
Köngli ham, bağri ham yarim hilolning.
Bilaman, yuraging soğinayotir…
