Hamma ham jurnalist böla olmaydi

yoxud özini muxbir deb taniştirayotgan ayrim soxta “hamkasblar”ga daşnom

 

Oliy dargohda taʼlim olayotgan paytlarimizda ham, amaliyotda ham ustozlarimiz jurnalistikaning noni qattiq bölişi haqida köp va xöp gapirişgan. Lekin öşa qattiq burdani yeyişda, albatta, jurnalistik axloq-­odob doirasidan çiqmaslik milliy jurnalistikamizning muhim şarti ekanligini obdon tuşuntirişgan. Biroq bugun oçiqlik siyosati asnosida bosma naşrlarni özlariça “ortda qoldirayotgan” internet jurnalistikasi, u bilan şuğullanayotganlar kasb etikasiga neçoğli amal qilişmoqda?!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Men falon saytning jurnalistiman” deb özini taniştirayotgan ukalarimizning omma oldida özini tutişlari milliy jurnalistikamizga putur yetkazib qöymayaptimi?!

Uç-tört yil oraliğida nafaqat jurnalistikani, balki umuman biror-bir oliygohni tamomlamagan ayrim yoşlarning jamoat va mehnat joylariga, aholi xonadonlariga muammo yoki murojaatni örganiş jarayonidagi equvsizligi, masalaga oldindan tayyorgarligi yöqligini   kuzataman.

Ayniqsa, şunday kezlarda “jurnalistman” deb özini taniştirayotgan ijtimoiy tarmoq “yulduz”lariga aytar sözlar yoğilib keladi: media maydonida “bayroq” kötariş uçun, avvalo, sohaga doir biror-bir kitob öqidingizmi yoxud kimdandir ozmi-köpmi saboq oldingizmi?! Gapni hamma biladi. Hammada ham gap köp. Lekin xalqimizda   “Öynab gapirsang ham, öylab gapir” degan maqol bor. Bu hikmat zamirida esa olam-olam maʼno mujassam. Siz kabilar buni qayerdan ham bilardingiz. Afsus…

Çinakam jurnalistika bilan şuğullanayotgan internet saytlaridagi köplab hamkasblarimiz, haqiqatan ham, öz mahoratlarini tölaqonli işga solib, zamon bilan hamnafas bölişmoqda. Ularga aytar sözimiz — omad yor bölsin!

Biroq bugun ijtimoiy tarmoqda qaysidir arizaçi-murojaatçi yoki ikkinçi tomon — tegişli mutasaddilardan manfaatdor bölib, mablağ topiş ilinjida piar qilayotganlarni ham omma bilib, körib turibdi. Aslida bundaylarni oddiy ğişt teriş, suvoq qiliş yoki boşqa bir hunarning boşini tutolmay yengil yöl bilan ijtimoiy tarmoqlarda “rizq terib yurganlar” deyiş mumkin. Media, aniqroği, jurnalistika şunçaki piar hamda savodsizlik bilan rizq teriladigan maydon emas! U har bir mavzuga qöl urişda mukammallik, xolislik, aniqlik va çuqur tahlilni, halollikni talab etadi. Demak, yuzaki, xom-xatala materialni elga şoşma-şoşarlik bilan yetkaziş faqat odamlarni çalğitişga xizmat qiladi, milliy jurnalistikamiz şaʼniga doğ tuşuradi, xolos.

Xususan, yuqorida qayd etganimdek, bu bilan butun boşli özbek internet jurnalistikasini qoralaş fikridan yiroqman, albatta. Faqat har bir işda meʼyor bölganidek, qölingizdan boşqa iş kelmasa, özingizni tarmoqqa urib, jurnalistlikka daʼvo qilmang, demoqçiman. Agarki, Siz şu millat vakili bölsangiz, iltimos, milliy jurnalistikamizga putur yetkazmang! Öz işingizni qiling. Ayrimlarga öxşab yuzingiz qora bölişidan oldin bu haqda öylab köring. Agarda, çindan ham, jamiyat va xalq dardi bilan yaşaş, şu kasbni egallaş niyatingiz bölsa, jurnalistik kasb mahoratingizni oşirişga ham vaqt ajrating, erinmang!

Bu sohada mikrafon yo diktafon yoxud telefon tutib olib, odam bir yumalab jurnalist, muxbir bölib qolmaydi. Bu kasbning ham qança zahmati bor! Birinçi navbatda savod kerak. Jurnalistika sohasida savodni oşiriş uçun esa qaysidir… emas, eng maqbuli jurnalistika, heç bölmasa, filologiya yönalişida 4-5 yil öqiş kerak. Katta ustozlarning saboğini oliş zarur. Ana endi şuning özi yetarli deb bilsangiz, katta xato qilasiz. Yana bilib qöyingki, diplom bilangina ham heç qaçon heç kim haqiqiy jurnalist bölib qolmaydi. Aksinça, yillar davomida öqib yurgan paytingizda telekanallaru gazeta-jurnallar tahririyatlarida, boringki, bugungi talab bölmiş —haqiqiy internet naşrlarida amaliyot ötaş, gazeta-jurnal, kitob öqişdan boşqaga vaqtingiz bölmasligi şart!

Bundan ham muhim şartni aytaymi sizga? Aytsam, ijodga, jurnalistikaga xos Xudo yuqtirgan yana nimadir, isteʼdod degan narsa ham bölişi kerak-da.

Siz-çi, ey özini bloger, jurnalist, muxbir sanayotgan ayrim soxta “hamkasb”lar, böm-böş boşingiz bilan nimani qoyillatmoqçisiz?

Agarda jurnalistika bugun siz kabilarga qolgan bölsa, u yöq, şuni biling. Va albatta, xomtama ham bölmangki, odamlar bugun kim kimligini baribir farqlay boşladi. Niqobingizni yeçsangiz ham, yeçmasangiz ham farqi yöq. Çunki xohiş bölak, istak bölak. Holva degan bilan oğiz çuçimaydi.

Odiljon INOMOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan