O'zbek adibining kitobi Turkiyada chop etildi

Turkiya poytaxti Anqara shahridagi “Kültür Ajansı” nashriyoti tomonidan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Qulman Ochilning “Erkekçe sözüm” (“Yigit so'zim”) kitobi chop etildi.

Mazkur kitobda muallifning turli yillarda yaratilgan “Nedur xayoling”, “Yigit so'zim”, “Bir kapgir osh”, “Lafz”, “Qizil ko'rpacha”, “O'g'ri” singari o'ndan ortiq hikoyalari joy olgan. Asarlarni turk tiliga uyushma a'zosi, yozuvchi va tarjimon Rustam Jabborov tarjima qilgan.

Kitob Turkiya Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan tashkil etilgan Jahon so'z akademiyasi raisi, taniqli adib, filologiya fanlari doktori, professor Xayriddin Ivgin tahriri ostida chop etildi.

Xayriddin Ivgin mazkur kitobga yozgan so'zboshisida: “Bu yorug' olamda kitob nomlig' mo''jizaning o'rnini hech narsa bosolmaydi, – deb ta'kidlaydi. — Ko'nglingizga oydinlik, hayotingizga mazmun olib kiradigan buyuk mo''jiza. Adibning “Yigit so'zim” kitobi ham qalblarga nur va ishonch bag'ishlaydigan ana shunday mo''jizalardan biri ekaniga shubham yo'q”.

Kitob Turkiyadagi kitob do'konlarida sotuvga chiqariladi, shuningdek, kutubxonalar, ta'lim maskanlari, ijodiy tashkilot va uyushmalarga tarqatiladi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × 2 =