Ertamizni matbuotsiz tasavvur qilib bölmaydi

Bugun Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan köpgina işlarni, ulkan islohotlarni eʼtirof etmaslik mumkin emas. Köpçilik “imkoni bölmasa kerak” deb yurgan qança masalalarga yeçim topildi. Aytaylik, uzoq yillar davomida maktab öquvçilari, oliy taʼlim öçoqlarining talabalari majburiy haşarga çiqmasa ham dehqon yil davomida yetiştirgan paxta qor-yomğir tagida qolib ketmasligi mumkin ekan. Qişloq xöjaligi töğri boşqarilsa, yer öz egalariga berilsa, hammasini eplaşning iloji bor ekan.

Umuman, majburiy mehnat masalasi öz ijobiy yeçimini sönggi 6-7 yil davomida topdi. Buni butun dunyo afkor-ommasi bejiz eʼtirof etayotgani yöq.

Yoki banklardagi ur-surlar, valyuta ayirboşlaş şaxobçalaridagi ğirromliklarga ham çek qöyilgani-çi. Marhamat, kimga qança xorijiy valyuta kerak bölsa, sotib olaversin.

Bölar ekan-ku. Bularning bari, albatta, Prezident Şavkat Mirziyoyevning qatʼiy irodasi, Yurtboşi sifatidagi keskin talabi tufayli amalga oşdi deb öylayman.

Bundan taşqari, oliy öquv yurtlariga öqişga qabul qilişdagi ming xil “öyin”lar yoki xalqqa körsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy yuzlab xizmatlarning şaffofligiga erişilgani ham katta qadamlar böldi desak yanglişmaymiz.

Endi bugungi kunda uzoq yillardan buyon çop qilinib kelinayotgan qator gazeta va jurnallarning ahvolini yanada yaxşilaş, matbuotni, aniqroq aytganda, bosma naşrlarni qöllab-quvvatlaş muhim masalaga, oğir muammoga aylanib qolgani haqida ayt­moqçiman. Nega deganda, bir paytlar qariyb bir million nusxada çop etilgan nufuzli gazetalarning hozir ming nusxa nari-berisida çiqayotgani baribir öta uyatlidir. Yoki bolalar naşrlarini olaylik. Mamlakatda ön mingdan ziyod maktablar bor ekan-u, ularda millionlab farzandlarimiz tahsil olişar ekan-da, kelajagimiz egalarining naşrlari atigi 2-3 ming adadda çiqib tursa?

Hamma biladi, bugun “majburiy obuna” mumkin emasligini. Şu bois, obuna qiliş — ölimdan qiyin. Ammo davlat rahnamolik qilsa, homiylik qilsa, gazeta va jurnallar, heç bölmasa mamlakatdagi asosiy naşrlar, yaʼni hammaga kerak, davlat siyosatini, maʼnaviyatini, maʼrifatini kötaradigan naşrlarning qaddini tiklaş mumkin böladi.

Axir nima uçun dunyoda Amerika, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Angliya va boşqa taraqqiyoti yuksak rivoj topgan davlatlarda bir million va undan yuqori adadda çiqayotgan naşrlar bor. Ularda odamlarning uyiga gazetalar keladi. Misol uçun Niderlandiya misolida köp gapiriş mumkin. Bu yurtda xonadonlarga erta tongda eng sara naşrlar kelar ekan. Afsuski, bizda ming-minglab mahallalar, qiş­loqlarga deyarli gazeta va jurnallar bormay qoldi. Açinarli hol bu.

Töğri, bugun zamon özgardi. Bir paytlardagidek odamlar gazeta dökonlariga navbatda turmaydi. Tezkor xabarlarni ham, yangiliklarni ham hamma qölidagi şapaloqdek telefondan bilib oladi. Biroq internetni deb matbuotdan voz keçilsa, töğri böladimi? Albatta, xato böladi. Çunki internet va ijtimoiy tarmoqlar qançalik muhim bölmasin, undan xotira sifatida foydalanib bölmaydi.

Mening fikrimça, “bozor gazetalari”ni öziga qöyib beriş kerak. Ular tijorat, reklama bilan yaşasa, yaşab ketaveradi. Ammo… “Xalq sözi”, “Yangi Özbekiston”, “Özbekis­ton adabiyoti va sanʼati”, “Hurriyat”, “Jamiyat”, “Qişloq hayoti”, “XXI asr”, “Milliy tiklaniş”, “Adolat”, “Işonç”, “Yoşlar ovozi”, “Şarq yulduzi”, “Tafakkur”, “Maʼnaviy hayot”, “Jahon adabiyoti”, “Saodat”, “Fan va turmuş” singari naşrlarni yöqotib böladimi? Agar yöqotadigan bölsak, ularning örniga nima bera olamiz? Axir bu naşrlar ildizi çuqur, hamişa va hammaga kerak naşrlar. Zero, fikri ojizimça, Uçinçi Renessans ğoyasini matbuotsiz elu-yurtga tölaqonli singdirib bölmaydi. Qolaversa, şunça oğir yumuşlarni, uluğ bunyodkorliklarni bajarayotgan Özbekistonimiz uçun yuqorida men sanagan va sanamagan, aytaylik, jami bölib 20ta nufuzli naşrni xonadonlarga, öqişga çanqoq aholiga yetkazib beriş ham çöt ekanmi?

Kamina uzoq yillar turli matbuot naşrlarida mehnat qilganim, butun umr hayotimni adabiyotga, maʼnaviyatga bağiş­lagan bir ziyoli sifatida muhtaram Prezidentimiz tomonidan sönggi yillarda kitobxonlik va umuman maʼnaviy-maʼrifiy sohalarga eʼtibor, ğamxörlik qilib kelayotganlarini doimo olqişlayman. Işonçim komil, özbek matbuoti yaqin vaqtlar içida qaddini ğoz kötaradi, özini hurmat qilgan katta-kiçik baribir matbuotga albatta qaytadi.

Ibrohim ĞAFUROV,

Özbekiston Qahramoni,

adabiyotşunos olim.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan