Bugunning haqiqati ertaning yolğoni bölmasin

Bolaligimdan yoşi katta, nuroniy insonlar bilan suhbatlaşişni yaxşi köraman. Ularning aksariyati garçi bugungi omon-omon zamonlarga şukurlar keltirsa-da, iç-içidan sobiq tuzum davridagi hayoti, undagi tökin-soçinlik haqida gapirib, maqtanib qolişi ham bor gap. Tabiiyki, mustaqillik farzandi bölganim uçun bizga tuşuntirilgan çirkin tuzumni nega bunçalik maqtaşlarini anglolmasdim. Ammo ularga qarşi çiqişga ham urinmaganman.

Bu, birinçidan, yoşi katta insonga nisbatan hurmatsizlik sanaladi deb hisoblagan bölsam, boşqa tomondan nima deyiş va biror-bir masalaga xolis fikr bildiriş har bir şaxsning töla huquqi ekanligi sabablidir. Avvalo, istiqlol davrida tuğilib, hali öz davrimizda qo­yillatib biror işni bajarmay turib, boş­qalarning fik­riga tayanib ötmiş haqida hukm çiqarişni töğri deb baholamayman. Çunki har  kim öz fikriga ega bölişi lozim. Men öz zamonamdagi erkin va ozod hayotda tinç va totuv yaşayotganim uçun bugunimdan mamnunman. Ammo nega öşa davrda yaşagan kişilarning fikrlari bunçalik qotib qolgan? Şu savol meni köp öylantirib kelgan, toki Ozod Şarafiddinovning “Eʼtiqodimni nega özgartirdim?” maqolasini öqib çiqmagunimça. Biror-bir narsaga çin dildan ixlos qöyib, butun umr u haqida faqat va faqat yaxşi fikrlar bilan yaşab, keyin birdan undan yuz buriş qançalik töğri? Adabiyotşunos bu borada öz fikrlarini aytib ötadi. Sobiq ittifoq davrida yaşagan ijodkor ham umrining katta qismini unga xizmat qilişni oliy maqsad deb qaraganini, partiyaga aʼzo böliş şarafli ekanligini his qilib xolis va sidqidildan xizmat qiladi. Uzoq yillik faoliyatidagi öz közi bilan körgan adolatsizlik va nohaqliklarga guvoh bölgan olim sekin-astalik bilan fikrlaşini özgartira boradi. Sovet ittifoqining asl maqsadi umumiylikni, hamma teng bölişini taʼminlaş ekanligi, unda inson huquqlari, uning qadri birinçi örinda turişi davr odamlariga mahorat bilan singdirilganligi haqida maqolada batafsil keltirib ötilgan. Masalan, talaba yigitning sovetça mafkura haqidagi salbiy fikri sabab u öqişdan uzoqlaştirilgani, Said Ahmad nohaq qamalgani, şundan söng oliygohda tahsil oladigan rafiqasi Sai­da Zunnunovaning eridan voz keçişini talab qilgan hukumat, natijaga erişolmagaç, yoş şoiraning öqişdan çetlatilişi, bir qator yozuvçi va şoirlar Maqsud Şayxzoda, Şuhrat, Şukrullo, Mirzakalon Ismoiliy kabilarning qoralanişi sobiq tuzumning ziyolilar hamda xalq orasida qilgan öyinlaridan dalolat beradi. Çunki ziyoli köpaysa, dunyoqaraş şakllanişi mumkin edi. Maşhur fransuz sarkardasi Napoleon Bonapartning bir gapi bor: “Duşmanlik ruhida suğorilgan 4 ta gazeta minglab qöşindan köra qudratliroq”. Şu sabab odamlarning orasidagi har qanday yangiça fikrlaydiganlar xalq orasidan çetlatila boşlangan ekan-da.

Eng taʼsirlantiradigan nuqtalardan biri Pasternak voqeasi bölib, uning tuzumni qoralagan “Doktor Jivago” romanini Yozuvçilar uyuşmasida tanqid qiliş topşiriği kelganligidir. Açinarlisi, majlisga töplangan ijodkorlarning köpi asarni varaqlab ham körmagani, uning içidagi asl mazmun nimaligini bilmay turib, bu haqida fikr bildirişi böladi. Uzoq yillar davomidagi halol va sidqidildan xizmat qilgan olimning onasi kasallikka çalinib, töşakka mixlanib qolganidan söng uni partiya safidan çetlatişga urinişi oxir-oqibat Ozod Şarafiddinovning butun umrlik qaraşlarini puçga çiqaradi. Adabiyotşunos maqolasida sobiq sovet ittifoqi qulaganidan söng özi kabi köp ijodkorlarning közi oçilganini izohlaydi. Çölponning bir satrini keltirib ötadi:

Neçun oçildi közim,

                 qayga ketdi uyqularim…

Ittifoq qulaganidan söng millionlab insonlarning öz aqidalarida sobit qolişi şubhasiz. Sababi yillar davomida singdirilgan, tarğib qilingan va maqtalgan jamiyatdan birdan yuz ögiriş, ayniqsa, bizning xalqimiz ongida tuzini yeb tuzluğiga tupurişdek iş sifatida qaralgani tabiiy, albatta. Şu sabab bugungi kunda eski davr odamlarining aksarida bunday fikrlar bölişi tabiiy.

Şuningdek, yillar davomida hukumatning işlariga zör berib ikki qöllab qarsak çalganlarning dunyoqaraşi özgarişini ham oddiy qabul qiliş kerak. Çunki inson subʼyektiv bölib, u bir joyda qotib qolmaydi. Ongli ravişda ösadi. Bugungi qaraşlar ham ertaga özgarişi mumkin. Xulosa qilib aytadigan bölsak, eʼtiqod mustahkamligi asrlar silsilasiga doş berişi jihatidan emas, mohiyati anglanişidan kelib çiqib asliy böladi. Şu sabab u vaqt ötib özgarişi mumkin va bu tabiiy jarayon, aslida. Çunki bugun inson çiqargan xulosa unga atrofdan qilinayotgan taʼsirlarga boğliq. Bugunning haqiqati sifatida qaralayotgan hamda maqtalayotgan işlar va taşabbuslar, 10 yil ötib, aynan öşa çalingan qarsak sohiblari tomonidan qoralanişi ham mumkin.

Yana bir gap. Har qaysi davrning öz siyosati va katta-kiçik maqsadlari bölişi tabiiy hol, deylik. Lekin hur tuğilgan inson uçun istiqlol, erk, mustaqillik tuşunçalari hamişa uluğ, özgarmas va çinakam bölişi kerak. Zero, şuning uçun ham öşa qahri qattol davrlarda ham Hamza, Qodiriy, Çölponlar yonib çiqdi. Yurt ozodligi uçun jonlarini tikdilar. Faqat eng yomoni, eng dahşatlisi munofiqlik bölsa kerak deb öylayman. Çunki ming afsuski, şunday odamlar ham kam emaski, ular bir yumalab faol firqaçi, bir qarasang, “istiqlol kuyçisi”ga aylanib oladilar. Zamonga qarab turlanadilar — eng xavflisi şular, turlanib, tuslanadiganlardir, şaksiz. Haqiqiy inson eʼtiqodi butun kişidir. Bugun ham, erta ham vijdoni uyğoq, eʼtiqodi sobit odamlar köpaysin!

Nafisa QURBONOVA,

Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 4-bosqiç talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan